Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 07:04

img328

BUYUK SARKARDA YODI

Adib, olim, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Zahiriddin Muhammad Bobur merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ziyolilar, yozuvchilar, shoirlar, harbiylar, yoshlar jam bo‘lishdi.

Dastur avvalida Zahiriddin Muhammad Bobur va uning askarlari hamda harbiy xizmatchilar va yoshlarning tantanali saf yurishi o‘tkazildi. Shundan so‘ng, Bobur haykaliga ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida gullar qo‘yildi.

Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida “Shoirligi shohligidan, shohligi shoirligidan ulug‘” hazrati Bobur qisqa bo‘lsa-da, nechog‘li ziddiyat va qarama-qarshiliklar, matonat va jasoratlarga boy, sertahlika va sermazmun hayot yo‘lini bosib o‘tgani barchaga yaxshi ma’lum ekanligini ta’kidladi. Vaqt o‘tgani sari ulug‘ ajdodimizdan qolgan ulkan ijodiy merosning qadr-qimmati yanada zalvor va salmoq kasb etayotganini aytdi.

– Bugun yurtimiz bo‘ylab Bobur ilmiy-adabiy merosini o‘rganishga keng e’tibor qaratilmoqda, – dedi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Ikrom Mahmudov. – Uning hayot va ijod yo‘li yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta maktab vazifasini o‘tamoqda.

Unda yosh ijodkorlar, kursantlar tomonidan Vatan madhini tarannum etuvchi Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qildi, hofizlarning qo‘shiqlari tinglandi. Harbiylar shoirning hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlarini namoyish qildi. Yosh rassomlarning rasmlar ko‘rgazmasi esa barchani o‘ziga jalb etdi.

Zulayho AHMADJONOVA, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi

2024-yil 16-fevral 8-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599