Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.01.2025 | 10:09

img464

IKKI SOATLIK DABDABA UCHUN BESH YILLIK QORA MEHNAT

Azimjon mehnatsevar yigit. U besh yil umrini chet elda mardikorlikda o‘tkazdi. Vatanni, ota-onaning qadrini bildi. Do‘st bilan dushmanni ajratdi, uyning gapi ko‘chaga to‘g‘ri kelmasligini ko‘rdi, his qildi. Ba’zan bir tishlam nonga zor, hatto, vaqtincha boshpanasiz qolgan kunlari bo‘ldi. Yetishmovchilik ko‘rib ulg‘aygan yigit emasmi, shukr qildi, chidadi.

Yosh ham o‘ttizni urib qo‘ygan, sinfdoshlar ichida uylanmagani bir o‘zi qolgandi. Shu uchun yeyish-ichish, tuzukroq kiyinishdan ham tiyilib, pul yig‘di.

Besh yil hazilakam muddat emas, anchagina mablag‘ to‘pladi. Chog‘roqqina to‘y qilib, bundayroq mashina olsa bo‘ladi. Tejab sarflasa, sutlik sigirga ham yetadi. Otasining aytishicha, uyni ta’mirlab qo‘yishibdi.

Orzular og‘ushidagi yigit Germaniyadagi bir to‘yning videosini ko‘rib, mana, shu marosimni kamchiqim qilib o‘tkazsa ham bo‘lar ekan-a, deb quvondi. To‘y oddiy kafeda bo‘lyapti, stollar bo‘m-bo‘sh. Mehmonlar ismlari yozilgan joyga kelib o‘tirishyapti. Ko‘ngillari tusagan taom yoki ichimlikni yeb-ichishmoqda. Alloh bergan ne’matlarning uvoli yo‘q. Muhimi, sarf-xarajat masalasi cho‘ntakbop. “Agar men ham shunday to‘y qilsam, yig‘gan pulimning ortgan qismi kichikroq biznesni yo‘lga qo‘yishimga bemalol yetar ekan”. Yigitning xayolidan o‘tgan bu fikr uning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.

Ammo u uyga qaytishi bilan shunaqangi dovruqdor to‘y bo‘ldiki, ovozasi yetti mahallaga ketdi. Azimjon onasining “olamshumul” orzu-havaslari oldida yer chizib qoldi, ip esholmadi.

Oradan hafta o‘tgach, dabdabali to‘yga sarf bo‘lgan mablag‘ning bir qismi sudxo‘rdan foiz evaziga olingani ma’lum bo‘ldi. Azimjonning rangi dokadek oqardi. Besh yil musofirlik, mardikorlikda o‘tgan umr va ikki soatlik to‘y uchun foizga olingan qarz balosi. Ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmagan ona esa “Birovdan kam bo‘lma, dedim-da”, deyishdan nariga o‘tolmadi.

Yigit bor alamini ichiga yutib, otasiga yuzlandi: “Otajon, siz er kishisiz-ku, nahotki onamga to‘g‘ri tushuntirmadingiz. Baxt ikki soatda qancha pul sarflash bilan o‘lchanmaydi, axir…”

Bizningcha, kimo‘zar to‘ylar masalasida tartibni joriy qilish uchun otalar jilovni qo‘lga oladigan vaqt allaqachon yetgan. Siz nima deysiz?

Obid QO‘LDOSH
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img84

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img599

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img597