Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.04.2025 | 15:04

img822

“BESH” KETDIM

To‘y qiling deb do‘q qilding, jonim,
Uy qiling deb do‘q qilding, jonim.
Ko‘mib turmush tashvishlariga,
Zo‘r shoirni … yo‘q qilding, jonim.

– deganda oxirat uyi obod bo‘lgur shoir Bahodir Iso yuz martalab haq edi.

Dabdabali to‘y kerakmas, men o‘lsamam pul sochib arzon shuhrat payida bo‘miyman, to‘yimni kamxarjgina o‘tkazaman, it bo‘lay agar, deya qasam ichadiganlarga ishonib yurma, xo‘pmi?

Hammamizam ko‘cha-ko‘yda, choyxonada, maylislarda nasihatgo‘y kamtarni “yoqvolib”, ich-ichimizda o‘z gapimizga kulib o‘tirganimiz o‘zimizga va bir Xudoga ayon, jo‘ra. Chunki uyda xotin degan Xudoyimning balosi bor. Bir gapiga kirmiysan, ikki qovog‘ingni solasan, uch o‘qrayasan, puchinchisida baribir bo‘yningni qiyshaytirib ko‘rsatmalariga “yest” deb do‘ppingga shapalog‘ingni tirab turibsan-u… Bu egov kecha-yu kunduz tinmay asabingga g‘ijjakning kamoniday ishqalanib tursa, Abduhoshim ustaning skripkasiyam turish berolmasligiga men kapil. Alqissa, bizam kenjatoyning boshini ikkita qiladigan bo‘pqoldik. Tagini so‘rasang, o‘zi bosh degan jonivor yo‘q kenja botirchada. “Lalaku” bilan kecha oqshom “bay-bay” qildirib, bugun peshinda “Nan”dan nonga zo‘rg‘a o‘tkazvoganmiz.

Bularing “zed avlod”mish. Yo‘q, bezbet avlod… Kecha-yu kunduz tilpon jonivordan bosh ko‘tarmaydi. Gapingni uch daqiqadan keyin taxminan ilg‘aydi. Sochini laylakning inidek hurpaytirib, ishtonni to‘piqdan, paypoqni bir poy qizil, bir poy zangoridan ilvoganiga o‘lging qistaydi.

Bu bachchag‘ar xotinni eplab, aravasini tortib ketarmikin, deb “ajdarbonu”ga gap tashlasam, “to‘shakning ichidayam tilpon bilan yotibdi-yu”, deb negadir iljayib qo‘ydi.

Xullas, har kuni uch mahal desertga “uylanish qiyomi”ga qoqnon botirib yedim. Tushunmadingmi? Xullas, xotinni chakagi tinmaydi. Oxiri sindim…

Bor-e, dedim, menga nima, dedim, jabrini o‘zing tortasan, dedim. Pismiq ona-bola ishni pinhona bitirib bo‘lgan ekan. Kelin naqd, quda derazadan kaftini durbin qilib, yo‘l qarab o‘tirganmish. Sovchi borar-bormas rizolik berilib, “qulluq bo‘lsin”lar boshlanib ketibdi.

Chamamda, yana o‘sha tilpon ish bitirdiyov. Aravani tortgan ot, hansiragan sayoq kuchuk, deganlaridek, ana endi to‘yning tashvishi yelkamga Qo‘qon aravadek ag‘nadi.

Ixchamgina to‘ychiq qilamiz, deb boshlangan kamtarona maslahat oshidan “Kenjatoyginamni visol kechasi Murod o‘risni yubileyidan kam bo‘lsa to‘y ham, uy ham buziladi”, degan vahshatli dag‘dag‘adan rangim kapannusxa bo‘lib chiqdim.

Shoshmay tur, hangoma endi boshlanadi. Yo‘q, men sarpo-suruq, oldi-berdi, “bor tavog‘im – kel tavog‘im”, “otayupatar”, “onasi xo‘rsindi”, “jiyan ko‘rdi”, “buvisi qani?”, “qo‘shnilar xapa”, “ulpat soldi” va boshqa jiddiy marosimlarga to‘xtalib o‘tirmayman. Bu yog‘i xotin-xalajga tan. Menga bor-yo‘g‘i to‘yxona topish-u, dasturxon to‘ldirish, konsert dasturi, kortej uyushtirish, mushakbozlik, pul sochish kabi mayda-chuyda masalalar tegdi xolos. Arabboy oshnamdan, Lazizbek bojamdan, Jamol qo‘shnimdan, Mansur taksidan, Shukur kassirdan, Shahriyor po‘rimdan, Zikrillo karvondan “besh-besh” yig‘ib, picha sarmoya qantardim. Bir kunlik to‘y g‘at-g‘ut o‘tadi deganlari ja unchaligam to‘g‘rimasakan. Ishing tushsa to‘yxona egalari o‘zini Xudoyorxonni qaynatasiday tutarkan. Voybo‘-o‘y, bularning dimog‘ini! Bittasi stol sanab, ikkinchisi stul chamalab, uchinchisi idish-tovog‘ini maqtab, to‘rtinchisi oshpazini bozorga solib, otasini narxini bicharkan. Birpasda kalondimog‘ oldida yer chizib, chusha qip qo‘ygan bolachoqdek mulzam bo‘lib qolarkansan. Baxtimga mahallaqo‘m Dilmurod do‘stim bor. Yangiobod bozorida eski muzlatkichimga xaridor izlab tursam, chirpit hidi anqigan namatni “gilamketdi” qilib yelkalagancha yo‘rg‘alab kepqoldi. Kaftga kaft tegmasdan dardimni to‘kovdim, shuyam muammomi degandek, o‘rischa “o‘yna” deganga o‘xshagan tovush chiqardi-yu, yelkamga qo‘l tashlab, bir to‘yxonachi sinfdoshi borligini, nihoyatda olijanob, odamparast, savobtalab shaxs suratini ko‘z harakati va barmoq ishoralari bilan chizib tashladi.

Bordik. Ko‘rdik. Kelishdik. Aytganicha bor ekan. “Besh” ketdim. “To‘yni xarajati ot bilan tuya bo‘lmaydi, menga pul kerakmas, duo bilan oqibat kerak”, deb ko‘ksiga iyagini qo‘yib, sukutga ketganda jichcha ko‘zyoshi ham qivoribman. Mana, bo‘lar ekan-u!

Endi to‘yboshini qo‘y-da, hangomani mahallamdan eshit. To‘y falon kuni deb taklifnoma bostirib qaytayotgan paytim ko‘chamga burildim-u, shundoqqina eshigim oldida ekskavator cho‘michini ostonamga tashlab turganini ko‘rib, kapalagim to‘zib ketdi. Bir jugudnusxa barzangi ko‘zining soqqasini o‘ynatib, qaydadir yerosti kabeli uzilganini, gumon shu joydaligini, hoziroq kovlab tekshirib ko‘rmasa hokim moxovga oshna qilishini pishillab uqtirdi. Yaxshiyam baxtimga mahallaqo‘m Dilmurod o‘jar bor. Valasapetni g‘iyqillatib kepqoldi-yu, ko‘zimga Xizr ko‘rinib ketdi. Jon uka, dedim. Keyingi hafta to‘y, eshik oldi bo‘mba tushganday vayron bo‘lib yotsa, qudalar oldida nima degan odam bo‘laman? Darrov tushundi. Savdolashib, qazilma ishlarini keyingi oyga qoldirib berdi baraka topkur. Shu joyda “besh” ketdim. Ertasiga saharlab eshigimni gazchilar qoqdi. Nima emish, profilaktika ishlari bilan o‘n kunga tarmoqdan uzib turisharmish. Yana Dilmurodga sim qoqdim-u, “besh” ketdim. Keyingi kun suvchilar tashrif buyurdi. Quvurlar eskirgani uchun xalq manfaatini ko‘zlab yangisiga shoshilinch almashtirish kerak ekan. Yasha! Ularning “shoshilinch”ini yaxshi bilasan. Bir kovlashga tushsa, qorbobo bilan ikki marta ko‘rishasan. Telefon qilsam ko‘tarmagandi, o‘zim borib o‘jarni yetaklab kelib tinchitdim. Bundayam “besh” ketishimga to‘g‘ri keldi. Eng xunugi, nikoh kuni saharlab ro‘y berdi. Esnab ko‘chaga chiqsam, ne ko‘z bilan ko‘rayki, ro‘para qo‘shnimni devoriga uzun “temir eshak” tiralib, ustiga atlas yakondoz tashlangan. O‘zi qo‘qondo‘ppini qo‘nqaytirib, ko‘kto‘nni ustidan las belbog‘ tang‘ib olibdi. “Ha, tinchlikmi?” desam, qovog‘ini uyib, “Qaynonam og‘irlashib qoldi, ana ketar-mana ketar bo‘p jon talashib alahsib yotibdi”, deb yengi bilan qovog‘ini picha ishqab turdi. “O‘bba, palakat-e, buyog‘i nechpuldan tushdi endi?” deb merovlanib tursam, baxtim ochilib, Dilmurod hojatbarorim nontugun ko‘tarib yo‘rg‘alab o‘tib qolsa bo‘ladimi! Menga qayishib, qo‘shnim Kamol sopolga dangal “Qaynonang o‘ladigan bo‘lsa, o‘zini uyida o‘lmaydimi, izzatini bilsin-da!” deb zako‘n talashdi. O‘zi qo‘shnim yomon yigitmas, uch-to‘rt marta mayda-chuyda sho‘xlik bilan ozgina “o‘tirib” chiqqanini aytmasang, juda oqibatli bola. “Besh” ketdim. Qaynonasini “ko‘z ochib ko‘rgan” uyidan chiqaradigan bo‘ldi. Odamgarchiligi bor-da!

Menga qara, kallang joyidami? Shashma! Gapni shakalad joyi endi keldi. Birpas chidab tur! Xullas, to‘yni xotin akam senariysi asosida boloxonador qilib o‘tkazdik. Tafsilotini aytgani til ham, yurak ham ojiz. To‘y tugab, kelin-kuyovni chimildiqqa kuzatgach, eng dahshatli ishkal yuz berdi. Haligi to‘yxonaboshi bor edi-yu, muloyim mushuk. Bir payt qarasam, to‘y tarqagach, arslonga aylanib qopti, pista-bodom, qand-qurs, issiq-sovuq, ho‘l-quruq, non-choy, osh-posh, norin-hasip, go‘rdi-balo… narxini eshitsang, kamaring po‘st tashlaydi. Serrayib qoldim. Qarasam, yonimda nontugun ko‘tarib turgan mahallaqo‘m allaqachon quyonni chizvoripti. Nimaymish, faloncha billur idish-tovoqlar, italiyon stol-stullar, ikkita qandil, bitta qozon, uchta somovar, ikkita eshik hamda bir nafar raqqosa betarbiya kuyovnavkarlar tomonidan yakson qilinganmish. Xotinlar tomonidan restoran pardalari, dasturxon-sochiqlar, qoshiq-sanchqi, qadah va likoplar shafqatsiz o‘zlashtirilganmish. Xo‘p, mayda-chuydani so‘mka-po‘mkasiga joylab o‘margandir, lekin kosa-tovoqni qanaqib opchiqib ketishdiykin?

Xullas, nomarddan ikki hissa deganlaridek, akang qarag‘ay o‘n hissa “besh” ketdi. “Bo‘tta xotinlar prichom?” deysanmi? To‘g‘ri, biz erkaklardayam ayb katta. Jilovga qo‘shib pultniyam berib qo‘yganmiz. Dashnomni to‘g‘ri tashlading, qoyilman. Lekin “besh” ketmayman. Ketolmayman, ilojim yo‘q.

Mulla XUNOB

“Jadid” gazetasining 2025-yil 25-apreldagi 17-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596