Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.01.2025 | 10:34

img527

“MA’NAVIY YUKSALISH POLIGONIDAN GAPIRAMIZ!”

Xalqaro maydonda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘lib borayotgan Qurolli Kuchlarimizning hozirgi jangovar salohiyatini o‘tgan yillar bilan sira taqqoslab bo‘lmaydi. Tizimda kechayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, mashg‘ulotlarga singdirilayotgan professional yondashuvlar, xususan, qo‘shinlarning jangovar va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini oshirishdagi nostandart qadamlar harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasining o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Yil davomida zamonaviy poligonlarimiz harbiy xizmatchilarimizning jangovar mashg‘ulotlari, mehnat-u mashqlaridan bir dam tinmagan bo‘lsa, ma’naviy poligonlarda ham g‘ayratli, shijoatli o‘g‘lonlarning bilim va ma’naviyatini oshirish chora-tadbirlari aslo to‘xtagani yo‘q.

Qo‘shinlarimiz salohiyatini yanada oshirish masalasi kun tartibida turar ekan, harbiy xizmatchilarimiz yilning to‘rt faslida – jazirama-yu qahratonda, yer-u samoda ham qo‘yilgan vazifalarni bajarishdan sira ortga chekinmaydi.

Burchimizni anglatgan lahzalar

Ayni damlarda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami keng nishonlanmoqda. Bu yilgi “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida olib borilmoqda. Bir-biridan salmoqli ko‘rgazmalar, harbiy-vatanparvarlik va sport tadbirlari, atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari, taniqli sportchilar, Mudofaa vazirligi faxriylari bilan uchrashuvlar “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!” tamoyili asosida bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, Vatan himoyasi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan qahramonlarimiz xotirasini yod etish, e’tibor va ko‘makka muhtoj urush qatnashchilari va faxriylari holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish tadbirlari yuksak saviyada tashkillashtirilmoqda.

Sa’y-harakatlar mohiyatidagi muhim anglamlardan biri shuki, yil bo‘yi davom etadigan ushbu tadbirlarda yurtdoshlarimiz shu Vatan tinchligi va daxlsizligi yo‘lidagi javobgarlik, oila oldidagi burch, dunyoda kechayotgan notinchliklar ichida tinchlik naqadar ulug‘vor ne’mat ekanini teranroq anglaydi.

Jangovar madaniyat birlashgan nuqta

Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududida yangidan bunyod etilgan Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat departamenti binosining tantanali ochilishi chin ma’noda milliy armiyamizning “ma’naviy poligoni” sifatida baholandi.

Mazkur inshootda vazirlik tasarrufidagi Ma’naviyat va madaniyat hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Departament mutlaq yangi tarkibiy-shtat tuzilishida tashkil etilib, unga Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, Alohida ko‘rgazmali-namunali harbiy orkestr, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi, “Turon” davlat harbiy teatri biriktirildi.

Shuningdek, joylardagi 5 ta garnizonga qarashli Ma’naviyat va ma’rifat markazlari, 16 ta harbiy orkestr hamda 56 ta harbiy qism madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish ham departament zimmasiga yuklatildi.

Muassasada 277 o‘ringa mo‘ljallangan katta anjumanlar zali, teatr xonalari, ansamblning vokal, xor, balet va sozandalar guruhlari uchun alohida repetitsiya xonalari hamda ovoz yozish studiyasi barpo etilib, so‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlandi. Universal anjumanlar zalida nafaqat anjumanlar, balki ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jonli ijrodagi konsert dasturlari, teatr tomoshalari, hatto kinozal sifatida foydalanish uchun ham barcha zaruriy sharoitlar yaratildi.

Ayni paytda departamentda telekanallar va maxsus loyihalar bilan ishlash xonalari, ovoz yozish va 7 ta telemontaj xonalari hamda “Armiya studiyasi” doimiy ravishda ishlab turibdi.

Majmuada joylashgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ham mudofaa sohasidagi islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish, vazirlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, armiya hayotiga oid ma’lumotlarni aholiga tezkor ravishda yetkazishda faollik ko‘rsatmoqda. Ushbu departament Axborot-media va “Vatanparvar” birlashgan tahririyati boshqarmalari, Elektron ommaviy axborot vositalari va veb-resurslar bilan ishlash hamda faoliyatni ta’minlash bo‘lim va bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.

Demak, harbiy xizmatchilarni muntazam chiniqtirib boradigan maktabni poligon deb atasak, Ma’naviyat va madaniyat departamentini harbiy xizmatchilar va yoshlarning intellektual qobiliyatini namoyon etuvchi, san’at va madaniyat, ilm-ma’rifatga undovchi “ma’naviy yuksalish poligoni”ga mengzash mumkin.

Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining tegishli qarori bilan tashkil etilgan Ma’naviyat va madaniyat departamenti tom ma’noda Mudofaa vazirligi tizimida avval tarqoq bo‘lgan madaniyat va san’at yo‘nalishlari faoliyatini muvofiqlashtirib, ularni aniq maqsad yo‘lida birlashtirdi.

ASKAR OTA-ONALARINI SHARAFLAYMIZ!

Ruhiy xotirjamlik jangchi hayotining muhim bo‘lagi ekani, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Bobur Mirzo kabi shoh va sarkardalarimiz shu orqali o‘z qo‘shinlarida mushtarak birlashuvga erisha olgani barchamizga ayon. Ana shunday ruhiy quvvatning muhim omili sifatida Qurolli Kuchlar tizimida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlarimiz va ularning oila a’zolari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanib borayotganini ta’kidlash joiz. Chunki har bir Vatan himoyachisi oilasidagi tinch va ijobiy muhitdan bevosita ruhiy quvvat oladi.

“Askar ota-onalarini sharaflaymiz” loyihasining qo‘shinlarimiz o‘rtasida ommalashib borayotgani, bu esa borgan sari ko‘ngillarda yuqori kayfiyat va shijoat uyg‘otayotgani ayni haqiqat. Ushbu tashabbus orqali respublikamizning turli hududlarida istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz farzandlarining askarlik hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Toshkent viloyati hududida joylashgan harbiy qismda bo‘lib o‘tgan loyiha doirasidagi uchrashuv ham ko‘pchilikning yodida qoladigan bo‘ldi. Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Toshkent viloyati hokimiyati hamkorligida tashkillashtirilgan uchrashuv shukuhi quchoq-quchoq guldasta bilan ota-onalarini qarshilayotgan navqiron yigitlar yuz-ko‘zida balqib turdi.

“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Jamoatchilik kengashi a’zosi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonov, Qurolli Kuchlar faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va boshqalar ishtirok etishdi. Jizzax, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan ota-onalar askar farzandlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, davlatimiz tomonidan mudofaa sohasida olib borilayotgan ulkan islohotlar samarasini yaqqol his qilishdi. Shu kuni bir guruh ota-onalarga o‘g‘lonlarining namunali xizmatlari uchun tashakkurnomalar topshirildi. Bir dasturxon atrofida o‘z farzandlari bilan tushlik qilgan bu insonlarning chehrasida ishonch va minnatdorlik kayfiyati porlab turdi.

BIZGA ARSLONYURAK ASKARLAR KERAK!

Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida harbiy an’analar xususida to‘xtalib, qo‘shin boshlig‘ida bo‘lmog‘i lozim xislatlar haqida shunday deydi: “Qo‘shinga shunday boshliq kerakki, uning nomini eshitiboq yov lashkarining uyqusi o‘chib ketishi lozim. Qo‘shin boshlig‘i bo‘luvchi shaxs o‘ziga puxta va ishiga pishiq bo‘lishi shartki, lashkarga bosh bo‘lish – og‘ir ishdir. Negaki, u dushman bilan birinchi yuzma-yuz keladi. Unda bir qancha jangovar xislatlar ham bo‘lishi kerak. Unda mardlik va kuchli jismoniy holat, merganlik va saxovat fazilatlari jam bo‘lmog‘i lozim”.

Bugungi qo‘shinlarimiz buyuk sarkardalarimizning mohirona jang san’ati, qadriyatlari va bebaho fazilatlari bilan oziqlanib bormoqdaki, ma’naviy kuch va jangovar mashg‘ulotlar uyg‘unligi Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan har bir o‘g‘lon uchun mardlik, or-nomus va sharaf ishiga aylanib ulgurdi.

…Erkak kishi or-nomusini deb yovga otiladi, undan o‘chini oladi. Or-nomus tufayli u yov lashkarini parokanda qiladi. Jangda eng avval benomuslar chekinadi, orqaga qarab qochadi. Nomusni deb qo‘rqoq ham alplik qiladi.

Urushda zo‘r arslon yuragi kerak,
Kurashda-chi, qoplon bilagi kerak.
To‘ng‘izdek hujumkor, bo‘ridek kuchi,
Ayiq shiddatiyu qo‘tosning o‘chi.
Yana usta bo‘lsa qizil tulkidek,
Tuya erkagidek qila olsa kek.
Himmati bo‘lsa bir zo‘r arsloncha bor.
Misli boyqush bo‘lsa tunlari bedor,

– deb yozadi Yusuf Xos Hojib.

Ana shunday metin ruhiyat bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarimizning xalqaro maydonlarda erishayotgan olamshumul natijalari va obro‘-e’tibori zamirida, hech shubhasiz, mamlakatimizda olib borilayotgan strategik puxta siyosat yotadi.

Chindan ham o‘tgan yil milliy armiyamiz uchun ulkan yutuqlarga boy bo‘ldi. Askarni tom ma’noda toblaydigan akademiya – Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yigirmadan ortiq poligon xalqaro talablarga mos ravishda jihozlandi, bo‘linmalar amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy jangovar harakatlarni faol qo‘llay oldi, yangi taktik usul va uslublar yuksak mahorat bilan amaliyotga joriy qilindi.

O‘tgan yil davomida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha xalqaro harbiy hamkorlik rejalari doirasida 30 dan ortiq hamkorlikdagi tadbirlar o‘tkazildi. Turkiya, Ozarbayjon, AQSh, Pokiston, Hindiston, Qozog‘iston, Britaniya, Fransiya kabi davlatlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘quv treninglar, taktik mashqlar davomida harbiy xizmatchilarimiz malaka oshirish barobarida, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida jangni olib borish va boshqarish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdi.

JAHONNING SARA ARMIYALARI SAFIDA

Muhtaram Prezidentimizning e’tibor va tashabbuslari bilan qisqa vaqt ichida milliy armiyamiz zamon talablariga mos ravishda isloh qilindi, yangi namunadagi qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan qayta ta’minlandi. Boshqaruv organlari va qo‘shinlarning operativ hamda jangovar tayyorgarligi darajasi 2 barobarga oshdi. Qurolli Kuchlar va qo‘shini turlari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlandi, harbiy shaharchalar va poligonlarning infratuzilmasi zamonaviy va milliy uslublar uyg‘unligida bo‘y ko‘rsatdi.

Bu jumlalar aytishga oson, uning ortidagi mashaqqat va mehnat, betinim izlanishlarni hamma ham his qilavermaydi. Milliy armiyamizning jangovar shayligi va salohiyati oshib borayotganini AQSHdagi “U.S. News & World Report” yangiliklar jurnalining 2024 yil uchun nashr etilgan reytingi ham tasdiqlayotir. Unga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi jahonning eng sara armiyalari orasida o‘n to‘qqizinchi, Markaziy Osiyo mintaqasida esa birinchi o‘rinni egalladi.

Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz O‘zbekiston Respublikasi aholisining osoyishta hayoti va xavfsizligini, davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlashga har tomonlama qodir, deb ishonch bilan ayta olamiz.

Kelgusida alohida yo‘nalishlarda qo‘shinlarimiz jangovar tarkibini mustahkamlash, turli idoraviy bo‘ysunuvdagi tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlikni va ular bilan birgalikdagi jangovar tayyorgarlik samaradorligini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida qo‘shinlarga eng zamonaviy jangovar amaliyotni joriy etish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi ishlar davom etajak.

Ishonchimiz komilki, Milliy armiyamiz tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jonajon Vatanimizning istiqboli va uning ishonchli himoyasini ta’minlashda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kapitan Bobur ELMURODOV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img105

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img616

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img612