21.01.2025 | 17:40
356
“VAZN”I O‘ZGARGAN “VAZMIN”
O‘zbek tilida tovushlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi ko‘p kuzatiladi. Ayrim hollarda yonma-yon kelgan tovushlar moslashadi. “Yigitcha” so‘zini “yigichcha”, “uch so‘mni” “usso‘m” deymiz.

Ayrim so‘zlarda esa ketma-ket kelgan, joylashuvi talaffuzimizga noqulay bo‘lgan tovushlarni darrov o‘zimizga moslashtiramiz: “qulf” (aslida qufl), “teskari” (aslida tersaki), “kift” (aslida kitf), “yomg‘ir” (aslida yog‘mur) va hokazo…
“Vazmin” so‘zi peshonasiga ham shunday taqdir “yozilgan”. Aslan “og‘irlik”, “o‘lchov” kabi ma’nolarni anglatadigan “vazn” so‘zi “vazmin” so‘zining asosi. Ammo davrlar o‘tishi bilan “n” harfi “m”ga joy bo‘shatib bergan – aslida “vaznin” bo‘lishi kerak. Ammo shakl o‘zgarishi mazmunga ta’sir qilmagan. Asl ma’nodagi og‘irlik o‘z semasi (ma’no-mazmuni)ni yo‘qotmagan holda, bugungi kunda ko‘chma ma’noda og‘ir-bosiq, o‘ylov bilan ish tutadigan, salobatli degan mazmunni ifodalaydi.
Husan MAQSUD
“Jadid” gazetasining 2025-yil 17-yanvardagi 3-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
606
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
604

