Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Iqbol MIRZO: ÖMONDAN TO NAMANGANGAÇA ✏️Halima XUDOYBERDIYEVA: DA’VAT ✏️Mirtemir QURBONOV: IZLANIŞDAN NATIJAGA ✏️Otabek ISROILOV: TAQDIRLAR ÖZGARMOQDA ✏️Yorqin INOĞOMOV: ŞAXMAT HAM, ŞE’R HAM ABADIY... ✏️Zulayho ALIMOVA: ULKAN XAZINA ✏️Jasmina ISROIL: ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI ✏️Bahodir KARIM: XARAKTER MUSAVVIRI ✏️Abdumutallib ÖKTAMOV: ZIYOLI MAS’ULIYATI ✏️Diyorbek SOATALIYEV: BARI BOLA BIRDAY ✏️Z.MAMATOV: BIR BAYROQ OSTIDA ✏️Valişer ABIROV, E’zoza MAMASIDDIQOVA: TILNI ASRAGAN JADIDLAR ✏️Jamoliddin BADALOV: TEATR KUNLARI ✏️Örolboy QOBIL: ABDULLA GULŞANIY KIM EDI? ✏️Muyassar IBROHIMOVA: SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI ✏️Abbos ŞOYIMOV: “ÖTKAN KUNLAR” BUGUNGI KUNIMIZDA ✏️Nigina ISKANDAROVA: TARIX PARÇALARI

TAVSIYA QILAMIZ


23.01.2025 | 18:30

img1152

“TUJJOR” GAZETASI

1907-yilning 21-avgustidan Said Karimboy Said Azimboyev muharrirligi va noshirligida chiqa boshladi. Gazeta asosan, aholining savdogarlar tabaqasiga mo‘ljallangandi. “Tujjor”ning 1-sonida “Matbuot olami yoki sababi ta’sisi g‘azetai “Tujjor” sarlavhali bosh maqola e’lon qilingan. Unda mazkur nashrning yo‘nalishi, maslagi bayon qilingan. Muharrir bayon etishdan oldin gazetaning tavsifini keltiradi. Gapni “…zamonamiz matbuot olamining eng taraqqiy qilg‘on zamonidir” degan fikrdan boshlagan.

Muallif matbuotni “oinai jahonnamo”ga qiyoslaydi. So‘ng shunday xulosa chiqaradi: “Har qavmki, ushbu yigirmanchi asrda turub o‘z tilida yozilmish matbuotdin mahrumlik ila yashasa, ul qavmning vahshiy va madaniyatsizlikina zamon o‘zi hukm etmakdadur”. Muallif o‘zining niyatini oydinlashtirishga o‘tadi: “Man esam, ko‘b zamonlardin beri suyuklik millatimg‘a xolis xizmat etmak orzusida edim. Lekin na yo‘l ila yaxshiroq xizmat etmak o‘lurmukin, deb fikr va andisha qilmoqda edim. Emdi bildimki, Turkiston musulmonlari hech bir narsag‘a o‘z tillarida yozilmish bir g‘azeta kabi muhtoj emas ekanlar”. Chunki har bir kishi o‘zining diniy va dunyoviy huquqlarini, milliy va moddiy ehtiyojlarini faqat matbuot orqaligina talab qila oladi. Shu bois u gazeta nashr etishni millat uchun hamma narsadan foydali deb biladi. Muallif ta’kidlaydi: “Mani orzum g‘azeta nashridin o‘z manfaatim o‘lmay, yolg‘uz millatimg‘a qo‘limdin kelganicha xizmat etmakdur”. Muallifdagi bu fikrlar Toshkent shahrida tashkil etilganiga ikki yil bo‘lgan milliy gazetalarning tajribasi asosida tug‘ilgan, albatta. Bu tajribalardan u ma’lum saboq ham chiqarishga intiladi. “Taraqqiy” va “Xurshid”lar kabi “Tujjor”ni ham hukumat to‘xtatur, deb hech bir xavf etilmasun, – deb yozadi u, – chunki “Tujjor”ning siyosiy va maishiy maslagi “Taraqqiy” va “Xurshid”larning maslagi kabi hukumatka xilof va qarshu emasdur. Balki Russiya davlatining do‘sti va tarafchisidur”. Muallifning ta’kidlashicha, “Tujjor” Turkiston musulmonlari uchun har turli foydali maqolalar va xabarlar chop etadi, ularni dunyoda bo‘layotgan voqealardan xabardor qiladi, politsiya mahkamasi kabi muassasalarda bo‘layotgan hodisalardan voqif etadi. Ayni paytda, u savdogarlarga mo‘ljallangani uchun turli viloyatlardagi mol va ashyolarning narxlarini ham ma’lum qilib boradi. Xullas, gazeta millatga, jumladan, uning tijoratchi tabaqasiga xizmat ko‘rsatadi.

Gazeta “Russiya davlatining do‘sti va tarafchisidir”, degan gapiga izoh berishni lozim deb bilgan shekilli, 2-sonida yozadi: “Taraqqiy” hukumatga xiyli nomunosib so‘zlarni yozgan edi… biloxir hukumat tarafidin zabt qilinib, noshiri bu mamlakatlardin ixroj bo‘lundi. (Turkistondan chiqarib yuborildi ma’nosida.) Chunki har nimarsa o‘z haddidan tajovuz qilsa, albatta, ango zavoli hulul qilur. “Murchag‘a qanot paydo bo‘lsa, ta’mai gunjishak”, degan so‘z bor (ma’nosi: qumursqada qanot paydo bo‘lsa, o‘zini qush deb da’vo qiladi). Bul hukumat hamag‘a ma’lum, nihoyatda katta hukumat va bir zo‘r katta davlatdur”.

“Tujjor” butun faoliyati davomida Rossiya hukumati bilan “o‘ynashib bo‘lmasligi”ni yodida tutgan holda ish yuritdi. Shu bois u hukumat tomonidan yopilmadi, balki mushtariylari ozligidan to‘xtashga majbur bo‘lgandi.

Shunday bo‘lsa-da, jadidlar o‘rni kelganda “Tujjor”dan minbar sifatida foydalanib qolishga harakat qilgandilar. To‘g‘ri, gazeta jadidlarni o‘ylantirgan muammolarni izchil suratda yoritgan emas, shunday bo‘lsa-da, goho ta’lim-tarbiya bo‘yicha, goho ilmning ahamiyati yuzasidan, gohida u yoki bu hodisa borasida ma’rifiy xarakterdagi maqolalarni chop qilib turdi. Uning sahifalarida birgina Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Duma va Turkiston” (8-son), “Islohi tahsil” (10-, 11-sonlar), “Sankt-Peterburg masjidi” (14-son), “Al-Luzumiyot” kitobi” (15-son) kabi maqolalari e’lon qilindi.

Gazetaning talaygina sonlarida Rossiyaning qonunlari tushuntirildi, sharhlandi, o‘zbek tiliga tarjima qilinib bosildi. Qonunlarni bilish, asosan, tujjorlar uchun juda muhim bo‘lsa-da, umumfuqarolar uchun ham bu foydali ish edi. Gazetaning 1-sonida yozilganidek, qonunlarni bilmaslik fuqaroni mas’uliyatdan soqit qilmaydi. Shu bois qonunni bilish har bir kishining fuqarolik burchidir.

“Tujjor” ijtimoiy, ilmiy-ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy maqolalar bilan bir qatorda, rasmiy xabarlar (janob Turkiston general-gubernatorining farmoyishlari, oliy in’omlar, ya’ni turkistonlik savdogarlarning hukumat tomonidan mukofotlanishi kabi, mavze’ xabarlari, xorijiya xabarlari, telegramma xabarlari, idoraga maktub, feleton rukni ostida turli yangiliklar, xat-xabarlar berib bordi.

Shu narsani ham qayd etish kerakki, Ziyo Said 1927-yilda nashr qilingan “O‘zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar” kitobida “Tujjor” haqida “Azbaroyi bemazaligidan hech bir obro‘ orttira olmadi. Bahs qilgan masalalari Said Karimboy bilan Orifxo‘jaboy o‘rtasidagi ba’zi bir shaxsiy ziddiyatlarni yozishdan nariga o‘tmadi”, deb uning faoliyatiga mutlaqo salbiy baho beradi. Bunda biroz mubolag‘a borga o‘xshaydi. To‘g‘ri, gazeta aholining tijoratchi qatlamiga mo‘ljallangani uchun uning mavzu doirasida cheklanish mavjud. Shuningdek, gazeta muharriri qayd qilganidek, “Tujjor” hukumatga taalluqli muassasalar yuzasidan mutlaqo tanqidiy fikr bildirmadi. “Tujjor” bilan nisbatan bir paytda chiqqan “Shuhrat” va “Osiyo” gazetalarida mavjud tuzumni u yoki bu darajada tanqid qilish tendensiyasi mavjud bo‘lgan. Bularning barchasi “Tujjor”ning mushtariylari kamayishiga olib keldi. O‘sha paytda gazetalar mushtariylarining asosiy qismini ziyolilar, jumladan, jadidlar tashkil etishgan. Natijada, “Tujjor” 36 ta son chiqqach, to‘xtashga majbur bo‘ldi.

Gazeta mushtariylarining kamayishini o‘zicha izohlashga harakat qilgandi. Uning 1907-yil 7-dekabrda chiqqan sonida A.H.Xo‘qandlining (Tatar millatiga mansub Ahlillo Xayrullo o‘g‘li degan kishining imzosi.) “Musulmonlarning gazetadan sovinuvi” sarlavhali maqolasi bosiladi. Unda musulmonlar matbuotning ahamiyatini hali tushunib yetmagani, shu sababli unga beparvo qarashlari ta’kidlanib, har holda keyingi paytda – qulay ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli 40 ga yaqin turli nashrlar yuzaga kelgani, biroq ko‘p o‘tmay, ularning bir qismi yopilgani qayd etilgan. “…Bunlarning to‘qtalushlarining ham har xil sabablari bor, – deya fikrini davom ettiradi muallif, – ba’zi birlari aholining kim ekanliklarini bilmay, ma’qul so‘z toba olmasdan, qandog‘ bo‘lmag‘on safsatalar ila g‘azeta ro‘ylarini (betlarini) to‘lg‘ozub g‘azetxonlarni sovitdilar; ba’zi birlarining “xayrul umuri avsatuho” farmoni yodig‘a kelmay, muhoraba zamoni ila sulh zamonin tafriqa qila olmay (farqlay olmay) ikki vaqtning bir-birig‘a mushoba (aynan, o‘xshash) emas farmonlarni chiqarub tadbiq qilurg‘a yoki tamom ijro qilurg‘a harakat qilub ifrot (haddan oshish) tarafin yo‘l tutkanlari uchun “al-hukmi liman g‘alab” (g‘olibning hukmi ustun) deb hukumat ma’murlari tarafidan to‘qtalurg‘a majbur o‘ldilar; ba’zi birlari mushtariyning ozliqidan xarajotni ko‘tarushka o‘zlarining iqtidorlari yo‘qlig‘idan to‘qtalub qoldilar”.

“Xo‘qandli”ning milliy matbuot xodimlariga yana bir ta’nasi bor. U yozadi: “…g‘azetchi muharrirlar… g‘azetalarini batamom safsata gablar ila to‘lg‘ozub, ulamo bormu, avliyo bormu, eshon bormu, har birlarini qabohat alfozlar ila sab (yosh bola ma’nosida) qilurg‘a nomus qilmay, jasorat qildilar. Ba’zi birlari g‘azetalarini faqat urush-talosh va bir-biridan kulmak va rafiqlari ila dod olushmoq, ahli islom orasig‘a nifoq soluv va “Ittifoqi muslimiyn” (1905-yilning avgustida Nijniy Novgorodda bo‘lib butun Rossiya musulmonlarining syezdida tuzilgan musulmon partiyasining nomi) orqasidan yuruvchi xodimul-millatlarni yodig‘a kelg‘on so‘zlar ila istehzo qiluv kabi maslakni tutuvg‘a boshladilar; ba’zi birlari adab nima, hayo nima, insof nima, bu so‘zlarni(ng) istilohda yo‘qlig‘ini isbot qilurg‘a, urub, oyoq ostig‘a tashlab basiratsiz (ko‘zsiz, ko‘r kabi) bordilar. Muna, g‘azetaning sahifalarida shundog‘ yo‘q-bor, bo‘lmog‘on safsatalar to‘lg‘ozg‘onlaridan g‘azeta o‘quvchilarni g‘azet o‘quvdan sovitub, oldirmay qo‘ydilar!..”

Shuni ham aytish kerakki, “Xo‘qandli”ning Tataristondan kelganiga ko‘p bo‘lmagani uchun u birinchi galda Volga bo‘ylarida chiqayotgan musulmoncha gazetalarni nazarda tutayotgan edi. Uning fikrlarida muayan haqiqat ham yo‘q emasdi. Lekin, umuman olganda, muallif ko‘rsatgan kamchilik va nuqsonlar matbuotning vazifasini tor tushunishdan kelib chiqqan bo‘lib, bu esa gazetalar tutgan yo‘lni, ishlagan maslagini har kim o‘zicha tushunganini ham ko‘rsatadi.

“Xo‘qandli” gazetalar qanday materiallarni bosib borishi kerakligi haqida shunday maslahat beradi: “…ilm o‘quvg‘a doir targ‘ibli maqolalar yozib, maktablarni ko‘baytuv tariqasin ko‘rsatib, hozirda majburiy o‘quv bo‘lmasa ham, g‘azetalarda yozulmish maqolalarning mashviqli o‘ldig‘idan o‘zlari o‘qurg‘a majbur o‘lsunlar. Muna shundag‘ ahvoli olamdan muhim axborlar va goho ulum-fununa tashviqli afkorlar yozub tursalar, shaksiz g‘azetaxonlar g‘azet o‘qushdan sovinmayochaqlar, balki, bil’aks, ko‘bayub o‘qub-o‘qub, istifoda ham qilachaqlar!”

Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki, XX asrning boshiga kelib Turkistonda milliy gazetalarning paydo bo‘lishi mahalliy aholining milliy uyg‘onishida, shu bilan birga, matbuotning juda katta ijtimoiy kuch ekanligini tushunib olishlarida o‘ziga xos omil bo‘ldi.     

Boybo‘ta DO‘STQORAYEV
“O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi” kitobidan


TARIX PARÇALARI

“1865-yilda Toşkentni bosib olgan çor qöşini janubga köz tikdi, 1867-yilda yonginadagi Xovosni egallab, Samarqandga qarab siljidi. Mamlakat bosqinçi oyoği ostida qoldi… Normuhammad hoji qattiq taşvişga tuşdi”… Bundan söng ötgan asrning 30-yillarini tasavvur qiling. Andijonlik Egamnazarboy “quloq” qilinib, Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun bölyapti. Şu yerda qiziq hodisa röy beradi. Akasi Beknazar söfining öğli Rahmatqul: “Egamnazarboy amakim […]

26.11.2026 | 09:21

img199

SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI

Joriy haftada poytaxtimizdagi “Akademiya” galereyasida Özbekiston xalq rassomi, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni sohibi, Özbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Javlon Umarbekovning “Absurdlar” nomli körgazmasi bölib ötdi. San’at arbobi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan asarlar muallifning zamonaviy dunyoga munosabati va inson tafakkuridagi evrilişlar xususidagi muşohadalarini aks ettirgani bilan e’tiborlidir. AKSDAGI ASL KIM? Bugun inson hayotiga kirib […]

25.11.2026 | 16:02

img249

ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI

HAYOTI 1930-yil 15-dekabrda Fransiyaning Bulon-Biyankur şahrida tavallud topgan. Milliy kimyo oliy maktabi va Sorbonna universitetini bitirgan. 1954-yildan 1962-yilgaça Milliy ilmiy tadqiqotlar markazida (CNRS) işlagan. 1960-yilda doktorlik darajasini oldi. Bir neça yil Alen Oro qöl ostida ilmiy xodim bölib işladi va Fransiya kollejida laboratoriya direktorining örinbosari böldi. 1967-yilda Orse şahridagi Parij-Sud universitetining Fanlar fakultetida tadqiqot guruhini […]

25.11.2026 | 09:24

img265