27.01.2025 | 14:25
9841
Motsart haqida qiziqarli ma’lumotlar
27-yanvar – avstriyalik bastakor Volfgang Amadey Motsart tavallud topgan kun.

– Motsartning asl ism-sharifi – Iogann Xrizostom Volfgangus Teofilus. Amadeus nomiga kelsak, o‘sha davrda qaysi mamlakatda bo‘lishingizga qarab ismingizni tarjima qilish odatiy hol edi. Shuning uchun u Italiyada Volfgango Amadeo, Germaniyada esa Volfgang Gotlib bo‘lgan. Konstanze Veber bilan tuzilgan nikoh shartnomasida ko‘rinib turganidek, u «Volfgang Amade» nomini ma’qul ko‘rgan.
– XVIII asrda Motsartni bilyard stoli atrofida zodagonlar va boshqa san’atkorlar orasida ko‘rish tabiiy hol edi. Muloqotdan tashqari, ushbu o‘yin uning tabiatiga ham juda mos kelardi. Aytishlaricha, u hatto 1780-yillarning o‘rtalarida o‘zi uchun bilyard stolini sotib olgan ekan.
– Motsart bolaligidan Yevropa bo‘ylab sayohat qildi. Shuni yodda tutish kerakki, o‘sha davrlarda asosiy transport vositasi ot-arava bo‘lib, uning harakati noqulay va juda sekin edi. Venaga sayohat qilish bir haftadan ko‘proq vaqt olishi mumkin edi. Umuman olganda, Motsart 17 ta katta sayohatni amalga oshirdi, buning uchun umrining 3720 kuni sarflandi. Bu 10 yil, 2 oy va 2 kunga teng.
– Motsartlar oilasi Makartplatsdagi uyida sayroqi qushlar parvarishlagan. Bundan tashqari, ularning Pimperl nomli iti ham bor edi. Butun oila bu itni juda yaxshi ko‘rardi. Keyinchalik, Motsart Venada yashayotgan paytida, uning bir nechta qushi, jumladan chug‘urchug‘i bor edi. U hatto qushning vafotiga bag‘ishlab she’r ham yozgan, uning nomi: «Vafot etgan chug‘urchuqqa bag‘ishlangan she’r» (1787).
– Haqiqiy musiqa dahosi bo‘lgan Motsart 5 yoshidayoq klaviatura va skripkani mohirona chalishni o‘rgangan edi. Uning otasi, bastakor va skripkachi Leopold Motsartning dastlabki asarlarini notaga ko‘chirgan. Leopold o‘g‘lini ko‘proq ijro etishga va sayohat qilishga undagan, ammo bu uzoq sayohatlar ularning ikkalasiga ham og‘ir kasalliklar olib kelgan, natijada Motsart umrining oxirigacha kasalmand bo‘lib qolgan.
– Deyarli har bir mashhur shaxs haqida ko‘plab mish-mishlar tarqaladi. Motsart hayotining turli jihatlari, jumladan uning dafn marosimi ham bundan mustasno emas. Mish-mishlarga ko‘ra, Motsart qarzga botgani sababli, rafiqasi uni umumiy qabrga dafn etishga majbur bo‘lgan. Bu gapda haqiqat bor. Motsartning moliyaviy ahvoli chindan ham yaxshi emasdi. Faqat zodagonlar maxsus qabrlarga ko‘milgan. Aristokratlarning doimiy qabrlaridan farqli o‘laroq, umumiy qabrlar bir necha yildan so‘ng vafot etganlarni dafn etishga joy bo‘shatish maqsadida qayta qazilgan. Dafn marosimida ham juda oz kishi qatnashgan, bu o‘sha paytda Avstriyada odatiy hol edi. Shu sababli, Vena va Zalsburgda Motsartga bag‘ishlangan turli yodgorliklar bo‘lishiga qaramay, uning qabri qayerda ekanligi noma’lum.
– Motsart 1784-yilda XI asrdan boshlab faoliyat yuritib kelayotgan sirli tashkilot – masonlar safiga qo‘shilgan. Uning «Sehrli nay K.620» va boshqa bir qancha mashhur asarlaridan ba’zilari masonlik g‘oyalaridan ilhomlanib yaratilgan.
– Motsartning tug‘ilgan shahri Zalsburgda balandligi 3 metr bo‘lgan yodgorligi qad ko‘targan. Mazkur yodgorlik 1842-yil Lyudvig Shvantaler tomonidan yaratilgan va Motsartning o‘g‘illari huzurida tantanali ravishda ochilgan.
– Motsart odamlarga hazil qilishni yaxshi ko‘rardi. U hatto «Musiqiy hazil» deb nomlangan asar yaratgan bo‘lib, unda ba’zi qismlar ataylab ohangsiz ijro etilgan. Motsart bu ishni qoniqarsiz deb hisoblaydigan bastakorlarni masxara qilish maqsadida amalga oshirgan.
– Motsart nomli qurbaqa mavjud bo‘lib, u Eleutherodactylus Amadeus yoki qisqacha Motsart qurbaqasi deb ataladi. Ushbu qurbaqaning qurillashi musiqiy notalarga o‘xshagani uchun shunday atalgan.
– Motsartning butun ijodiy merosini to‘liq tinglab chiqish uchun 202 soat yoki taxminan sakkiz yarim kun uzluksiz vaqt talab etiladi.
– Motsartning opasi Mariya Anna o‘z ukasi bilan bir xil darajada yoki undan ham iqtidorliroq bo‘lgan. U ukasi bilan birgalikda gastrollarda qatnashgan va hatto uning birinchi simfoniyasini yaratib, orkestrlagan. Turmushga chiqqanidan so‘ng, cholg‘u asboblarini chalishni va gastrol safarlarini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Afsuski, uning birorta asari bizgacha yetib kelmagan.
– Motsartning laqabi Volfi bo‘lgan.
Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



