Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 10:59

img1036

MAXTUMQULI — O‘ZBEKNING O‘Z SHOIRI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2024-yil 19-fevral kuni “Buyuk turkman shoi­ri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorga imzo qo‘ydi.

Darhaqiqat, Maxtumquli Firog‘iyning betakror poetik tafakkuri va jahon she’riyati xazinasiga qo‘shgan hissasi Gʻarb-u Sharqdagi eng dongdor shoirlar ulushidan aslo kam emas. Bu orif, donishmand shoir o‘z millati boshidagi toj va tojidagi marjon-marvariddir.

Yuqorida zikr etilgan qarorda juda muhim fikr­-mulohazalar bor: “O‘zbekis­ton dunyoda Maxtumquli asarlari eng ko‘p nashr qilina­digan va o‘qiladigan mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilishi, albatta, bejiz emas. Yurtimizda mumtoz shoirning she’rlari va ular asosida yaratilgan qo‘shiqlar kirib bormagan biror-bir xonadon, uning nomini bilmaydigan biror-bir o‘zbek topilmaydi. Maxtumquli asrlar mobaynida xalqimizning o‘z shoiriga aylangan. Uning she’r­lari o‘zining teran falsafiy ma’nosi, xalqona ruhi, yuksak badiiyati bilan baxshi va hofizlarimiz, shoirlarimizga ilhom bag‘ishlab, hamisha davralarda yang­rab, el-yurtimiz qalbida yashab keladi.

Maxtumqulining o‘z davrida Xivadagi mash­hur Sherg‘ozixon madrasasida tah­sil olgani, Alisher Navoiydek buyuk so‘z san’atkorini o‘ziga ustoz deb bilgani xalqlarimiz o‘rtasidagi chinakam do‘stlikning ajoyib namunasidir. Maxtumquli Xivada juda ko‘p ustoz va maslakdosh­lar, do‘st-yor va muxlislar orttirgan, bu yerda kechirgan yillarini minnatdorlik bilan eslab, go‘zal she’rlar bitganini o‘zbek kitobxonlari yaxshi biladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari tarixida yangi davr bosh­langan hozirgi paytda Maxtumquli Firo­g‘iyning o‘lmas badiiy merosi xalqlari­miz uchun yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ikki qardosh el uchun birdek ardoqli bo‘lgan shoirning barkamol asarlari mamlakatimizda muntazam ravishda, yirik adadlarda nashr etilmoqda. Toshkent va Xiva shaharlarida shoir xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan yodgorlik maj­mualari tabarruk ziyoratgohlarga aylangan”.

Maxtumquli yilida keng miqyosda xalqaro anjumanlar tashkil qilinadi. Na­zari­mda, bu donishmand shoir o‘z ijodiy merosi bilan yil davomida qon-qardoshlar qalbini bir-biriga yana ham mus­tahkam bog‘laydi; dildosh odamlarning o‘zaro diy­doriga sababchi bo‘ladi. Shunday buyuk bir shoir­ning dunyoga kelishi nafaqat turkman yoki umumturkiy adabiyotining, balki dunyo adabiyotining ham baxt-u iqbolidir. Chunki turkman she’riyati, turkmanning bebaho so‘zi Maxtumquli vositasida dunyo adabiyoti durdonalari qatoridan joy oladi; bepoyon ma’naviyat ummoniga borib qo‘shiladi. Maxtumquli – nosih shoir. Uning niyati ezgulik, yaxshilik va nasihatdir. O‘gitlari o‘rinli, ma’nili, mantiqli, umum­­insoniy mohiyatga ega, albatta. Zotan, shoir quruq nasihatni yoqtirmaydi. Eng avval inson o‘z so‘ziga o‘zi amal qilmog‘i lozim:

Garchi nasihatdir ellarga so‘zing,

El olmasdan avval amal qil o‘zing,

Olimga yondashsang, ochilar ko‘zing,

Johilga yondashsang ko‘rdek bo‘larsan.

Olim bilan johil – ko‘zi ochiq odam va ko‘r. Maxtumquli she’rlarining fikr oqimida bunday tazodli va ta’sirli misralar juda ko‘p.

Maxtumquli o‘z she’rlarida har qanday insonga xos eng ulug‘ fazilatlarni, yaxshi so‘zni yuksak pardada tarannum etadi. Shoir ta’biricha, inson yaxshi so‘z so‘zlashi lozim va agar bilmasa, jim o‘tirgani afzal. Do‘stning yaxshi so‘zi haqida: “Yaxshi do‘st bir so‘z desa, jon kabi aziz bo‘lar”, deydi shoir. “Aqling bo‘lsa, yaxshilarga hamdam bo‘l”. Juda zarur o‘git bu. Yaxshi inson, yaxshi do‘st, yaxshi qo‘shni, ya’ni bunday odamlarning niyati yaxshilik bo‘ladi va “ko‘nglida gina oz bo‘ladi”. Saxovatpesha, mardona qalb egalari hamisha hurmat-izzatga munosib ekanini qayta va qayta uqtiradi shoir. ­Uning fikricha, inson o‘ziga, axloqiga, ruhiy borlig‘iga e’tiborli va o‘z aytar so‘ziga ehtiyot bo‘lmog‘i lozim.

Maxtumquli – orif shoir. O‘qigan kitob­larini, she’rlarida tilga olingan Sharq allomalarining kimligini yaxshi tanib olish uchun ham juda katta bilim zaxirasi ke­rak bo‘ladi. “Orif bo‘lsang, so‘z ma’no­sin ocharsan”. Johillik ziddi bo‘lgan oriflik – ulug‘ martaba. Chinakam ilm-ma’rifat ahli – oriflargina shoir so‘zining ma’nosi­ni anglaydi.

Alisher Navoiyni o‘ziga ustoz bilgan Maxtumquli badiiy so‘zning qudrati har qanday qilichdan keskir ekanini bildi. Yaxshi so‘z qadriga yetadigan dunyoning barcha hududlaridagi she’riyat muxlislari, jumladan, O‘zbekiston xalqi ham Maxtumqulini xuddi o‘z milliy shoiridek ardoq­laydi. Shoir o‘zining bir she’rida “so‘z odamiman”, deb ta’riflagan edi. Maxtumqulidek bashariyat qalbidan chuqur joy olgan ulug‘ shoir, ya’ni buyuk “so‘z odami”ning uch yuz yoshi – tavallud to‘yi barchaga muborak bo‘lsin.

Bahodir KARIMOV,

filologiya fanlari doktori, professor

2024-yil 23 -fevraldagi 9-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img112

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img622

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img617