30.01.2025 | 10:42
2575
“Gilgamish” dostonidan iqtiboslar
To‘rt ming yillik tarixga ega sopol lavhalarda mo‘jizaviy tarzda saqlanib qolgan Uruk shohi Gilgamish dostoni dunyodagi eng qadimgi epos hisoblanadi va Gomerdan bir necha asr oldin yaratilgan. Dostonda Gilgamishning yovvoyi odam Enkidu bilan sarguzashtlari, shuningdek, abadiy hayot sirini izlash uchun mashaqqatli sayohati haqida hikoya qilinadi. Gilgamish dostoni oila, do‘stlik va podshohlarning burchlari mavzularini qamrab olgan holda, eng avvalo, insoniyatning o‘lim qo‘rquvi bilan abadiy kurashi haqida so‘zlaydi.
Dostonning Bobil varianti bir asrdan ortiq vaqt davomida ma’lum, biroq tilshunoslar hamon Akkad va Shumer tillaridagi yangi parchalarni o‘qib, asar mazmunini to‘liq ochib berishga harakat qilmoqda.

Gilgamish, qayoqqa shoshyapsan? Sen izlayotgan hayotni hech qachon topolmaysan. Xudolar odamni yaratganida, uning qismatiga o‘limni tayin qildi, ammo hayotni o‘zlarida saqlab qoldilar. Gilgamish, qorningni to‘ydir; kecha-yu kunduz raqsga tush va shodon bo‘l. Kiyimlaring yangi bo‘lsin, suvda suz, qo‘lingdan tutib turgan yosh bolani erkalatgin va xotiningni baxtiyor qil; chunki bu ham odamzodning qismatidir.
Dunyoda inson yashaydigan kunlar sanoqli, u nima qilishidan qat’iy nazar, bari bir pul.
Qo‘lingni qo‘lim ustiga qo‘y, shunda qo‘llarimiz bajara oladigan ishlardan qo‘rqmaymiz.
Qanday jim turayin? Qanday sukut saqlayin? Sevikli do‘stim tuproqqa aylandi, aziz do‘stim Enkidu tuproqqa aylandi. Men ham abadiy uyg‘onmaslik uchun unga o‘xshab yotib qolmadimmi?
Shunday bir uy borki, uning aholisi zulmatda yashaydi; ularning yeguligi chang va loy. Ular qushlardek qanotlar bilan qoplangan, yorug‘likni ko‘rmaydi, qorong‘ilikda o‘tiradi. Chang-to‘zonli uyga kirganimda, yer yuzidagi shohlarni ko‘rdim, ularning tojlari abadiy olib qo‘yilgan edi…
Chiqish yo‘li bo‘lmagan paytda, oldingdagi yo‘ldan yurishdan boshqa iloj yo‘q.
O‘lim – sirli hodisa, u doimo shunday qolishi lozim.
Qanchalik baxtiyor ekaningizni sezmayapsizmi? Tinimsiz intilish evaziga o‘zingizni holdan toydirdingiz, vujudingizni og‘riq va azobga to‘ldirdingiz. Xo‘sh, umringiz so‘ngiga qadar yana bir kun yaqinlashishdan boshqa yana nimaga erishdingiz?
Dardim shuki, ko‘zlarim va quloqlarim endi siznikidek ko‘rmaydi va eshitmaydi. Ko‘zlaringiz o‘zgarib qolgan. Yig‘layapsiz. Ilgari hech qachon yig‘lamagandingiz. O‘zingizga o‘xshamaysiz. Nima uchun men o‘lishim, siz esa yolg‘iz sarson bo‘lib yurishingiz kerak? Do‘stlarning yo‘li shunday bo‘ladimi?
Sen endi hayvonlarga o‘xshamaysan, inson bo‘lib qolding.
Buyuk xudolar ochlik va chanqoqlikdan azob chekdilar, chunki endi odamzod xudolarga qurbonlik o‘rnida taom va ichimlik keltirishni to‘xtatgan edi.
Kim biladi, umrning oxiri qachon kelishini? Xudolar yig‘ilganida, taqdiringizni belgilaydi, ular hayotingiz va o‘limingiz vaqtini tayin etadi, ammo o‘lim vaqtini oshkor qilmaydi.
Ey Gilgamish, o‘z qismatingni ahmoqning qismati bilan hech solishtirib ko‘rganmisan?
Inson hayoti xuddi qamishzordagi nozik qamish singari osonlikcha burda-burda bo‘lib ketishi mumkin.
Bu dunyoda hamma narsa o‘tkinchi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



