Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


09.02.2025 | 12:33

img432

XALQARO ADABIY BAYRAM

Muhtaram Prezidentimiz o‘tgan yilning 31-oktyabr – 1-noyabr kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida hazrat Alisher Navoiyning bebaho merosini aholi orasida faol targ‘ib qilishga oid muhim vazifalarni belgilab berdilar. Ayniqsa, 2025-yilni viloyatimizda “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilish haqidagi tashabbus buyuk ajdodimizning nomini ulug‘lash yo‘lidagi yana bir ezgu qadam bo‘ldi.

Har yili fevral oyi yurtimizda adabiy bayramlar oyiga aylanib ketadi. Ayniqsa, hazrat Navoiy nomi bilan yuritiluvchi shahrimizda uning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab juda katta ilmiy-madaniy tadbirlar o‘tkaziladi, dunyoning turli davlatlaridan ko‘plab olimlar shahrimizda jam bo‘ladi. Bu safar ayyomimiz ko‘lamini kengaytirib, 8-9-fevral kunlari u zoti sharifni yod etib, shu bilan birga, ilmiy-amaliy anjuman, mushoira va kitobxonlik kechalari o‘tkazishni niyat qilganmiz. Shu kunlarda “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” xalqaro simpoziumiga kelayotgan bir guruh mehmonlarni kutib olishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.

Simpoziumda respublikamizda ijod qilayotgan 150 dan ziyod jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, olimlar, madaniyat va san’at namoyandalari, oliy ta’lim muassasalari prorektorlaridan tashqari, 15 ta xorijiy mamlakatdan taniqli navoiyshunoslar ishtirok etish istagini bildirgan. AQSh, Pokiston, Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Belgiya, Vengriya, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan kelayotgan professorlarning bevosita chiqishlari kutilmoqda hamda simpoziumda yana bir guruh xorijiy olimlarga masofadan turib ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, bu xalqaro simpozium jarayonlariga taniqli ijodkor va olimlar bilan bir qatorda, hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan adabiy, ilmiy va madaniy jamoatchilik vakillari, oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari hamda faol talabalar ham ishtirok etadi.

Shaharning eng ko‘zga ko‘ringan zamonaviy san’at va madaniyat saroylarida ilmiy-nazariy shoʻba yig‘ilishlari, “Nazm va navo” kechalari, amaliy seminarlar va ilmiy-adabiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, g‘azalxonlik mushoiralari, kitob taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

9-fevral kuni mehmonlar va viloyatimiz jamoatchiligi ishtirokida dunyo adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, chuqur ehtiromimizni izhor etamiz.

Albatta, navoiyxonlik kunlari shu bilan tugamaydi. Simpoziumga taqdim etilgan ilmiy maqolalarni alohida to‘plam sifatida nashrdan chiqarish, Navoiyning ijodiy merosiga oid eng yaxshi materiallarni “Turkologiya. Turkology” ilmiy jurnalida chop etish, “Navoiy viloyati tajribasi” sifatida yosh ijodkorlar, jumladan, respublikamizdagi ijod maktablarining iqtidorli o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida Alisher Navoiy ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha ijodiy tanlovlar tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Qisqa qilib aytganda, viloyatimizda o‘tadigan an’anaviy anjuman buyuk shoirini sevgan adabiyot ixlosmandlarini yana va yana Navoiyga chorlaydi.

Normat TURSUNOV,
Navoiy viloyati hokimi

Muhayyo PIRNAFASOVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-fevraldagi 6-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img77

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img131

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img323