13.02.2025 | 12:40
1248
“OG‘ZIGA KELGANNI DEMOQ – NODONNING ISHI”
Xayolga nimalar kelmaydi. “Men shoirman” yoki “falonchiman” deya diliga nima kelsa, she’rga solib yoki sahifalab elga dasturxon qilaverish – nodonlik belgisi. Yosh shoirlar she’rlarida ko‘zga tashlanib turadiki, ularda Xudo haqidagi tushuncha islomiy emas, qaysidir manbalardan olingan qiyshiq, qorishiq, quyushqondan tashqari tushuncha.

Masalan, nasroniylarga xos: “Xudo – chormix qilingan 33 yoshli odam” yoki “oppoq soqolli chol”. (Mikelanjeloning kartinasidagiday). Baraka topgurlar, islomda Xudo – bu olamlarning Rabbi. Olamlarning! Yer, quyosh sistemasi, galaktika, biz biladigan moddiy olam – milliard-milliard galaktikalari bilan ulardan bittasi. Xudoning “kursisi” esa yer-u osmonlardan keng. Hozirgi odam Yerdan keng narsani tasavvur qiladi, albatta. Ammo osmonlardan kengni tasavvur qila oladimi? Yo‘q, tasavvur qilolmaydi. Men ham qilolmayman. Axir, osmon hamma galaktikalarni o‘z ichiga olgan olam bo‘lsa, undan kengroq narsani tasavvur qilib bo‘ladimi? Holbuki, bitta olamdan emas, olamlarning barchasidan kengroq deyilmoqda. “Xolaqas-samovoti val-arzi” – osmonlarning yaratuvchisi, bitta bizning osmonimizni emas, son-sanoqsiz olamlarning osmonlarini ham. Biz o‘z olamimizni arang tasavvur qilamiz, boshqa olamlarni mutlaqo tasavvur qila olmaymiz-u, ulardan kengroq narsani tasavvur qilish aqldan ozganning ishi bo‘ladi. Biz uchun Xudo – Alloh, tasavvurimizga sig‘maydi. Siz xudoni boshlig‘ingizmi yoki xayolingizga kelgan boshqa mavjudot sifatida tasavvur qilsangiz, nafaqat xato qilasiz, gunoh qilasiz, shirk keltirasiz, balki bu masalada g‘irt savodsizligingizni yoki befarosatligingizni oshkor etgan bo‘lasiz. Nasroniy shoirlardan ibrat olmang. Navoiydan ibrat oling.
Masalan:
Yuz bu olamcha mavjud etay desang,
“Kun fayakun” iborati anga kofiy,
Va ming onchani ma’dum (yo‘q) etay desang,
“Xabo’an mansuro” ishorati anga vofiy.
Bemonandlig‘ingga “Laysa kamislihi shay’un”(Senga o‘xshash hech narsa yo‘q) guvohi sodiq, Bepayvandlig‘ingga “Lam yalid va lam yulad” dalili muvofiq.
Har negakim tashbih qilinsa, o‘xshamassen,
Yaxshi boqilsa, ul Sendin turur va Sen ul emassen.
Hamdingda takallum ahli tili qosir,
Siposingda mutakallimlar – ajzdin (ojizlikdan) mutahayyir. (Navoiyning “Munojot”idan).
O‘zbek shoiriman deydigan, albatta, bu asarni o‘qib chiqmog‘i kerak. Unda boshqa gaplar ham ko‘p. Bu faqirning fikricha, undagi mana bu bir band ming jild kitobdan salmoqliroq:
Ilohi (ilohim), ko‘nglumni niyoz-u dard ahlig‘a moyil tut,
Va niyozim ko‘zun dardmandlar ayog‘i tufrog‘i ila yorut.
Alloh taolo o‘zbek shuarosining ustodi bo‘lmish Alisher Navoiyning go‘rini nurga to‘ldirsin. Va u nurdan so‘qir shoirlar ko‘zini ochsin. Allohu akbar.
Abdulla A’ZAM,
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-fevraldagi 6-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605


