Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.02.2025 | 15:48

img505

QODIRIYNING O‘ZLASHTIRILGAN SHE’RI

Dadamning Inog‘omjon ismli bir oshnalari bo‘lardi. O‘zi O‘zgant mahallalik. Ko‘kterakda katta bog‘i bor, zo‘r sohibkor, eskicha savodxon, adabiyot, kitobxonlikka uncha-muncha qiziquvchi edi. U bizga tez-tez kelib, bog‘ ishlarimizga qarashib, maslahatlar berib turar edi. Kelganda ishdan so‘ng, yo choy-taom asnosi dadam bilan suhbatlashib, ba’zan ko‘zoynak taqib, asarlarini o‘qib o‘tirar edi.

Bir gal, u kursidagi yangi yozib bitirilgan, hali nashrga topshirilmagan “Obid ketmon” qissasidan bir necha varag‘ini olib o‘qib o‘tirdi-da, qissa oxiridagi she’r unga yoqib qoldi shekilli, dadamga dedi:

– Shu she’ringizni ko‘chirib olay, Ko‘kterakdagi oshnalarimga o‘qib beraman?..
– Qo‘ying, – dedilar yoqinqiramaganday, kulimsirab dadam, oldin bosilib chiqsin…

Haligi chol ketgach, dadamga dedim:

– Nega she’rni ko‘chirib olishga ruxsat etmadingiz? Balki, otaning ko‘ngli olindimi?

U kishi qo‘l silkidilar:

– Yaxshi emas, bosilib chiqmagan asardan birovga nusxa berish… Bir vaqt nusxa berib pushaymon bo‘lganman…
– Nega?
– “Mehrobdan chayon”ni yozib yurganimda, bittasi uyga mehmon bo‘lib keldi. Men mehmonga “Hayot shami” bobidagi she’rlarni o‘qib berdim. She’rlar unga ma’qul tushib, ko‘chirib oldi. Bir kun ko‘rsam, o‘sha she’rlarim mazkur mehmonning imzosi bilan bosilib chiqibdi. She’rlarni boshqatdan yozishga to‘g‘ri keldi…

O‘TGA TASHLANGAN “O‘TKAN KUNLAR”

QODIRIYNI YIG‘LATGAN KUMUSH

QABRISTONDA TUNAGAN QODIRIY

Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” kitobidan

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333