21.02.2025 | 10:20
505
O‘ZBEK XALQI GANJAVIYNI QANCHALIK ULUG‘LASA, OZARBAYJON XALQI HAM NAVOIYNI SHU QADAR SEVIB-ARDOQLAYDI
Bu kabi simpoziumlar o‘zbek xalqining buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyga bo‘lgan yuksak hurmat-u ehtiromini ifodalaydi. Chunki Navoiy o‘zbek xalqining ma’naviy qiyofasini belgilab beruvchi yetuk siymodir. Uning ilmiy-adabiy merosini o‘rganish ishlari hozir butun dunyoda jadal olib borilyapti. Xususan, men faoliyat ko‘rsatayotgan kafedrada ham bu borada ishlar juda qizg‘in tus olgan. Har yili ayni mavzuda qator kitoblar chop etiladi, maqolalar yoziladi, ilmiy-amaliy ishlar qilinadi.

Nazarimda, Navoiy shaxsi va ijodiga nisbatan bu qadar yuksak e’tibor va ehtirom, albatta, O‘zbekiston qatori faqat Ozarbayjonda ko‘rsatiladi. O‘zbek xalqi atoqli shoir va mutafakkir Nizomiy Ganjaviyni qanchalik ulug‘lasa, Ozarbayjon xalqi ham Alisher Navoiyni shu qadar sevib-ardoqlaydi. Navoiyning barcha asarlari ozarbayjon tiliga tarjima qilingan. Bu kecha yoki bugun boshlangan ish emas, buning ildizi uzoq moziyga borib taqaladi. Bizda buyuk o‘zbek shoirining deyarli barcha asarlari tarjima qilingan deb faxr bilan ayta olaman. Ayni damda Navoiyning uch tazkirasini ozarbayjon tiliga o‘girish ishlari ketmoqda.
Avvalroq, o‘zbekcha “Xamsa” tarjima bo‘lgandi. Umuman olganda, Navoiy o‘tgan asrlar mobaynida nafaqat o‘zbek va ozarbayjon xalqining, balki butun turkiy xalqlar madaniyatiga barakali hissa qo‘shgan. Institutimizdagi Turk xalqlari adabiyoti kafedrasida olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Alisher Navoiy qoldirgan boy adabiy meros nafaqat Ozarbayjonda, balki, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va dunyoning bir qator yirik mamlakatlarida o‘rganilmoqda.
Navoiy shahrida o‘tkazilgan simpoziumning nomidan ham ma’lumki, g‘azal mulkining sultoni hisoblangan ulug‘ mutafakkir butun sharq madaniyati va ma’naviyati, tarixi va ijtimoiy hayotiga juda ulkan ta’sir ko‘rsatgan. O‘ylaymanki, agar Navoiy hazratlarining insonparvarlik ma’rifatini butun dunyo xalqlarining ong-u shuuriga singdira olsak edi, olam ahli bir-biriga dushman bo‘lmas, Yerimiz tom ma’noda baxt-u saodat sayyorasiga aylangan bo‘lardi.
Bedirxon AHMEDLI,
Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti Osiyo xalqlari adabiyoti bo‘limi mudiri, professor
“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-fevraldagi 7-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
61
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321



