Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 12:49

img293

QARDOSHLARNING QONLI QISMATI

Taniqli qozoq yozuvchisi, tarixshunos Smag‘ul Yelubay yaqinda rossiyalik professor, etnograf V. Sho­loshnikovning 1921-yili Orenburgda chop etilgan qo‘lyozma kitobi topilganini e’lon qildi. Undagi ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, 1911-yilda qozoqlarning nufusi 8 million nafar, deb ko‘rsatilgan. Qizig‘i shundaki, shu kungacha o‘sha paytdagi qozoq aholisi 4,5-5 million atrofida bo‘lgan, deb kelinardi. E’tibor qiling: faqat oradan 99 yil o‘tib, ya’ni 2011-yilda yuqoridagi aytilgan ko‘rsatkichga erishilgan – aholi soni 8 million nafarga yetgan. Xo‘sh, nima uchun butun bir millatning qariyb bir asr davomida son jihatdan o‘sishi to‘xtab qolgan? “Buning sababini, – deb yozadi Smag‘ul Yelibay, – o‘sha – O‘rta Osiyo xalqlarini qonga belagan, qonrang – qizil imperiya davridan izlash kerak”. Aslida tarixni yaxshilab o‘rgansangiz, hammasi bolsheviklar hukumat tepasiga kelganidan keyin bosh­langanini ko‘rish mumkin. Aynan o‘sha – 1917-yildan boshlab 50-yillarga qadar butun ittifoq mamlakatlari bo‘ylab bir necha marta qatag‘on jarayonlari amalga oshirilgan. Qatag‘on qurbonlari sonini esa har kim har xil taxmin qiladi: birov 15 million desa, boshqasi 20 million deydi. Aniq hisobni esa hech kim bilmaydi. Lekin 1939-yilgi statistikaga e’tibor qaratsak, negadir qozoqlar 2,5 million kishi bo‘lganini ko‘rish mumkin! Atigi 28 yil ichida 5,5 millionga kamaygan. Savol paydo bo‘ladi: shuncha odam qayerga ketdi? Alixon To‘ra Sog‘uniyning “Turkiston qayg‘usi” kito­bidagi quyidagi parchaga e’tiborni qarataylik: “… oldimizda ko‘chmanchi qozoqlar yashaydigan kichik bir ovul ko‘rindi. Lekin yaqinlashganimiz sari dimog‘i­mizga qandaydir yoqimsiz, qo‘lansa hid urilaverdi. Shunda hamrohlarimizdan biri, yaxshisi, bu yerni aylanib o‘tmoq kerakdir. U yerdagilarning bari ochidan o‘lib bo‘lgan, dedi”. 1929-yili, asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan qozoqlarning qo‘lida 40 million chorvasi (qo‘y, echki, mol, tuya va hokazo) bo‘lgan, oradan to‘rt yil o‘tib, bu ko‘rsatkich 4,5 millionni tashkil etdi. Ya’ni, ularning o‘nta molidan to‘qqiztasi tortib olinib, davlat hisobiga o‘tkazilgan. Qarshi chiqqanlarni esa, hukumat o‘ziga dushman sanab “quloq” qilgan yoki otib tashlagan. Shu birgina to‘rt yilning o‘zida 200 ming qozoq azamati (fuqarosi) sovuq o‘lka – Sibirga surgun, ziyolilaridan 25 ming nafari esa otuvga hukm qilingan. Boz ustiga, o‘sha yillarning qishi qattiq, yozi qurg‘oq kelib, o‘troq bo‘lmagan, dehqonchilikdan bexabar, ota-bobosidan chorvadorlik meros bo‘lgan xalq boshiga chinakamiga falokat tushadi. Haqiqatdan, agar o‘sha davr sharoitidan kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, ochlik balosidan Markaziy Osiyo bo‘yicha eng ko‘p qozoq xalqi nobud bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Tirik qolganlari ham boshqa yurt­larga najot istab, bosh olib ketgan. Urushdan keyingi ta’qib birmuncha susaygan davrlarda ko‘chib ketganlar vatanini istab qaytib kelishgan. O‘sha tahlikali og‘ir davrda millatni, yurtni ogoh etish, o‘zligini anglash, manaviyatni yuksaltirish uchun bizning jadid bobolarimiz kabi qozoqlarning oqin, ziyoli qatlami ham zahmat chekishdi. Mirjaqup Dulatov, Elixan Bo‘keyxanov, Axmet Baytursinov, Sabit Torayg‘irov shular sirasidandir. Ularning deyarli hammasi otuvga hukm qilingan. Bugungi kunda 100 mingga yaqin qatag‘on, surgun qurbonlari oqlangan, ularning xotiralari abadiy­lash­ti­rilgan. Tarixni unutishga, unuttirishga hech kimning haqqi yo‘q. Mustaqillik ne’matidan bahramand, erkin va ozod avlodlar uchun bu umrboqiy saboq bo‘lmog‘i lozim. 

Azamat XUDOYBERGAN

“Jadid” gazetasi 2024-yil 1-mart 10-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img602

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600