Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 13:21

img408

OLAM NURGA TO‘LSIN SEN BILAN, NAVRO‘Z!

Ko‘klamning ilk kunlarida xalqimiz intiqlik bilan kutadigan Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi va bayramga taraddud ishlari boshlanib ketdi.

Tabiatda ezgulik tantanalari yuz ko‘rsatib, nish urgan maysalar ko‘kka intilganda, Yaratgan dunyoga yashil, zangor, noparmonranglarini sochib, boychechak boshlab bergan go‘zallik ayyomida insonlar qalbida yangi orzu-niyatlar gullaydi. Qish bo‘yi yelkasidan bosib turgan zilday tashvishlarni itqitib tashlagan el yeng shimarib ishga kirishadi: bobodeh­qon saxiy dalasiga oshiqadi, cho‘ponbobo yashillanib borayotgan yaylovlarga havas bilan ko‘z tashlaydi. Muz qop­lagan cho‘qqilarda jilg‘alar uyg‘onib, azaliy jarangdor qo‘shiqlarini boshlaydi. Odamzodning tabiat bilan uyg‘unligi nishonlanadigan afsonaviy bayram – Navro‘z!

Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

Olam ichra sirli harakat boshlanadi. Bu sir xabarini olamga qut-baraka sochuvchi yomg‘irlar ko‘kdan olib tushadi…

Shivir-shivir…

Boshlaydi yomg‘ir,

Samolardan keltirdimi sir?

Toshdan toshga ohuday chopdi,

So‘qmoqlarga poyondoz yopdi.

Voqif bo‘lgach sirdan qir, dala,

Dasht yuzlari qizardi – lola…

Tog‘lar sirni toshga o‘ydilar,

Ammo bog‘lar gullab qo‘ydilar.

Navro‘z sirli tarzda, sezdirmay kirib kelar ekan, bog‘larda hayot guli rang-barang ochilib, bahor kelganini daraklaydi.

“Kimki Navro‘z kuni bayram qilib quvonsa, keyingi Navro‘zgacha xurram bo‘ladi va farog‘atda yashaydi”, deb yozilgan “Navro‘znoma”da. Shu boisdan ham, yurtimizning har bir ko‘chasida, har bir xonadonida Navro‘zni munosib, shod-u xurramlik bilan kutib olishga taraddud boshlanadi. Ko‘chalar, mahallalar, bog‘lar obod qilinadi, mevali-manzarali nihollar ekiladi. Olam ham, ko‘ngillar ham ravshan tortadi.

Bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida bo‘ladi. Ramazon oyi barokatli, savobga yo‘g‘rilgan oydir. Keksalar, ko‘makka muh­toj kishilar holidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘larga mehr-oqibat ulashishdek azaliy urf-­odatlar, udumlarimizni ado etish qalbimizni nurga to‘ldiradi.

Navro‘zda nafaqat olam, balki insonlar qalbi ham nurga yo‘g‘riladi. Qadim an’anaviy kurash, ko‘pkari singari milliy o‘yinlarimiz bayram kunlari kishiga o‘zgacha zavq-shavq bag‘ishlaydi.

Navro‘z haqida she’r bitmagan shoir bo‘lmasa kerak. Albatta, bu borada ham: “Har tunung qadr o‘lubon, har kunung o‘lsun navro‘z” deya olam ahliga ezgulik tilagan hazrat Alisher Navoiy bobomizning ta’rifiga qiyos yo‘q.

Mutafakkir bobomizning deyarli barcha asarlari – g‘azallari, dostonlari, “Tarixi muluki Ajam”, “Mahbub ul-qulub”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Munshaot” kabi nasriy asarlarida ham Navro‘z bilan bog‘liq ta’rifu tavsiflar bor. Shunday kunlarda Navoiy devonlarini varaqlab, Navro‘z haqidagi bitiklarini o‘qish ham ko‘ngillarni ravshan qiladi:

Muvofiq kiydilar, bo‘lmish magar navro‘z ila bayram,

Chaman sarvi yashil xil’at, mening sarvi ravonim ham.

HUMOYUN

“Jadid” gazetasi 2024-yil 8 -mart 11-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img69

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img585