15.03.2025 | 21:20
404
“O‘zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat boyligi. Yangi O‘zbekistonning xalqaro loyihalari taqdimoti” mavzusida anjuman o‘tkazildi
Tashqi ishlar vazirligi, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamkorligida «O‘zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat boyligi. Yangi O‘zbekistonning xalqaro loyihalari taqdimoti» mavzusida anjuman o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ekspozitsiyasini boyitish, bu borada xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yangi hamkorlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu anjumanda yurtimizdagi hamda xorijdagi elchixonalar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Anjuman avvalida ishtirokchilar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosi va undagi loyihalar bilan tanishishdi. So‘ng qatnashchilarga Markaz qurilishi jarayonlari va uning faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Tadbir ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aloyev islom merosini saqlash va ommalashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlikning muhimligini ta’kidladi.

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov ekspozitsiyani shakllantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish jarayoni haqida ma’lumot berib, Markaz ekspozitsiyalarida namoyish etilishi rejalashtirilgan 800 dan ortiq loyihaning 430 tasi xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotganini alohida qayd etdi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘lariga muvofiq, Markazning ikkinchi qavatida xalqaro tashkilotlar ofislari joylashtiriladi, bu esa O‘zbekiston va jahon hamjamiyati o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun noyob maydon yaratadi. Bundan tashqari, Markazning ochilishi munosabati bilan xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar turli mamlakatlardan 15 ta muzey, xususiy kolleksionerlar va kutubxonalar o‘z ishtirokini tasdiqlab, O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan noyob ekspozitsiyalarni Toshkentga olib kelishga rozilik bildirdilar. Biz barchangizni ushbu muhim loyihada faol hamkorlik qilishga va birgalikda ishtirok etishga taklif etamiz, – dedi Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov.
Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev bundan 8 yil avval O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish g‘oyasini BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ma’lum qilgan va jahon hamjamiyatini ma’rifat yo‘li bilan jaholatga qarshi kurashishga da’vat etgan edi.
Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz.
Ana shu da’vatning amaliy ifodasi sifatida 2018-yilda dunyoda o‘xshashi yo‘q megaloyiha – O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish uchun tamal toshi qo‘yilgan.

Tashkil etilgan anjumanda joriy yil 29-yanvarda davlat rahbarining O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash doirasida kelgusidagi rejalar va maqsadlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.
Anjumandan so‘ng, yurtimizdagi hamda xorijdagi elchixonalar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.
Anjuman yakunida qatnashchilar bilan xalqaro hamkorlik istiqbollari va hamkorlik dasturlarini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
143
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
124
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
343



