11.04.2025 | 12:23
590
QUYOSHNING UMRI BOQIYMI?
Ko‘klam kelib, ayoz chekina boshladi. Havo iliqlashmoqda. Quyosh taftida tabiat qabog‘in ishqalab uyg‘onmoqda, yangilanmoqda.

Qiziq, mana shu porlab nur sochib turgan quyoshning yoshi nechada ekan-a? Nuri tuganmasmikan? Yana qanchagacha yetarkan? Shu savollarga fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Farhod Botirovdan quyidagicha javob oldik.
– Biz bilgan Quyosh Yerga eng yaqin yulduz bo‘lib, hozirgi holatda uni statsionar yulduz deb ataymiz. Ya’ni, Quyosh radiusi va ravshanligini deyarli o‘zgartirmaydigan yulduzdir. Olimlar Quyoshga o‘xshagan turli yulduzlar ustida tadqiqot ishlarini olib borgach, shunday xulosaga kelishgan: “Yulduzlar, shu jumladan Quyosh ham o‘zining evolyutsiya bosqichini o‘taydi va bu davrda u kengaya boshlaydi”.
Hozirgi kunda Quyoshning yoshini taxminan besh millard yil deb hisoblasak, oldinda uning yana shuncha umri qolgani haqida ilmiy bashoratlar bor. Ya’ni, Quyosh taxminan besh milliard yil davomida energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Hozirgi vaqtda u yadro reaksiyalari orqali vodorodning geliyga aylanishi hisobidan paydo bo‘ladigan kuchli energiya tufayli o‘zidan yorug‘lik va issiqlik taratmoqda.
Biroq vodorod zaxiralari tugab, Quyoshning o‘zgarish bosqichiga kirishi boshlangach, milliard yillik umri davomida uning hajmi haddan tashqari kengayib, gigant qizil yulduzga aylanishi mumkin. Oxir-oqibat, Quyosh o‘zining markaziy yadro energiyasini yo‘qotib, “sodda va bezarar” oq yulduzga aylanib qoladi. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamzod yaqin kelajakda o‘zining yashashi uchun yangi bir “kurrayi arz” topishi lozim. Olimlar yashash uchun maqbul sayyora – Yer muhitiga yaqin boshpana izlashga allaqachon kirishgan.
Vasila HABIBULLAYEVA tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2025-yil 28-martdagi 13-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
110
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
142
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



