14.04.2025 | 09:09
464
OSH LAGANDAY BO‘LAYLIK
O‘tgan shanba bozorladim. Eh-he, hammayog‘ obod. Madrasani shundog‘ biqinida rasta-rasta baraka. Yetti qavat hasip ustidagi kuydirilgan kalla barra-barra ko‘katni iskab yotibdi. Tag‘in qator-qator olma-yu ananas, mayiz-u marjumak, bodrog‘-u qovurdoq. Buyog‘i ro‘zamasmi, dona-dona xurmo, paqir-paqir nisholda, uyum-uyum talqon, tog‘ora-tog‘ora sumalag-u holvaytar. Nariroqda so‘qoqlik kennoyi mador somsa sotyapti. Xullas, hammasidan cho‘qib-cho‘qib, o‘zimga 25 so‘mlik iftorlik yasadim.

Gulzor ko‘cha oralab, shundog‘ katta yo‘lga chiqayotib qarasam, tumonat odam. Biror nima tekin tarqatilayotgan bo‘lsa, quruq qolmay deb (aytib bo‘lmaydi-da, mohi ramazonda savobtalab ko‘payadi) menam yelkalar aro kalla suqdim. Yopiray, teatrga shuncha navbat?! Chamalab ko‘rsam, og‘iz ocharga hali ikki soat bor. Yemagim o‘zimda. Ermak bo‘pqolar dedim-da, qo‘y terisini yopingan bo‘ridekkina bo‘lib, chiptachilardan shippa o‘tib oldim. Yoqmasa, chiqib ketishga, aldab nima qildim, juda bo‘lmay ketsa, kavsh qaytarib o‘tirishga qulayroq joy topdim-da, cho‘kdim. Avvalo, hali olganim issiqqina ko‘ksomsani qornimga, shundoqqina oshqozon ustiga qo‘ydim. “Ha” degan tuyaga mador. Hidiga ovunib tursin. Buyog‘i ma’naviy ozuqa olamiz. Ana, boshlandi, chamamda. Chiroqlar o‘chdi. Bir kampir sahnaga chiqdi. Qo‘lida polyuvgich. Ishlaganday bo‘lib yuribdi. Obbo, namuncha enasidan adashgan qo‘ziday u yoqdan bu yoqqa o‘tib qaytmasa bular?! O‘tirsa-chi?!
Bir payt yelkamdan bittasi turtyapti. Yoshgina yigit, yonida baytaliyam bor. “Amaki, bu bizni joyimiz edi. Turasizmi?” “Yo‘q, o‘zimniki! Birinchi kelgan birinchi o‘tiradi!” Shivir-shivirni hushyorvoylardan biri eshitib, darrov tepamga keldi: “Amaki, biletizzi ko‘rsating”.
Yo‘q narsani qanday ko‘rsatayin? Kalovlanib qoldim: “U, haligi, obbo, qayerga qo‘ydim ekan-a…” Qo‘lga tushdim-ov… Hushyorvoy tag‘in niqtadi: “Bulani biletida shu joy ko‘rsatilgan. O‘zizniki qayerda?”
Sahnada shovqin-suron! Tomosha avjida! Endi nima qildim? Boshqa bo‘shroq joyga o‘tarman, desam ham chiptangni ko‘rsat, u joyni egasi kepqolsa, yana ovora bo‘lamiz, deyishdi. O‘zi odamlarda madaniyat qolmadi. Na uyat, na andisha bor. Bezrayib qarab turishini-chi? Yoshi ulug‘ odam ekan, kel endi shunga joy beray demaydi. Ha, chipta obsan, obsan, a, mundog‘, parosatni ishlatib, ertaroq kelmaysanmi?! Tag‘in tinchgina ko‘rib o‘tirgan kishini bezovta qilib balo bormi? Yo‘q, hushyorvoy ko‘nmadi. Topib olgani bitta gap: “Bilet!”
Iloj qolmagach, o‘zimdan oqil-u ulamo “yasab” gerdaydim: “Hoy, menga qara, baraka topgur, meni taniyapsanmi, men shu teatrni kattasini amakisini qo‘shnisi bo‘laman!” Uyam bo‘sh kelmadi: “Menga desa, Raj Kapurni radno‘y bojasi bo‘lmaysizmi, biletni ko‘rsating! Nima, shunda odam bu yerda qarta o‘ynagani kelganmi? Aktyo‘rlarniyam bola-chaqasi bor. Bizam makkapoyada so‘ppayib turgan kastm-shimli chahorcho‘pmasmiz. Ishlayapbiz!”
Oxiri, bo‘lmadi. Kassaga borsam, berk. Qaytdim. Bir ko‘nglim qo‘y, tomosha ko‘rmay yurgan joyingmi, tinchgina uyga sura qol, dedi. Ammo menam uloq ayirmasdan qaytmaydigan eski dallollardanman. Kirdingmi, bas, ortga yo‘l yo‘q! Qaytib, “Kassiring yo‘g‘akan. Qo‘y, shuni ko‘rib ketayin”, dedim murosa bilan. Ko‘nmadi. Shartta 25 so‘mni sanab, “bor baraka” qilib, qo‘liga shappatlavordim. Chap ko‘zimni qisib, “Kechki bozor, Toy!” deb qo‘ydim. Kirgizvordi.
Tomosha avjida! Qiyqiriq, hushtak! Ikki bekorchixo‘ja bir ko‘zi shaxmat taxtasida, bir ko‘zi olma-kesak terib, “ot keldi, ot ketdi” qip o‘tiribdi. U yondan bu yonga yo‘rg‘alayotgan tannoz Kotibaxon ham o‘yinga suyagi yo‘qmi, jigarso‘xtalar yuragiga o‘t yoqib, “Yutganga pamil choy, yutqizganga voy-voy” deb qoshini bilanglatadi. Ishqilib, shaxmat zo‘r narsa! Vaqt qanday yonboshlab, qosh qorayganini bilmay qolasan. Vaqtida bizam rosa surganmiz!
Aktyo‘rlar ichida men tengi birovi bor ekan. Qo‘qqis kaftini karnay qilib, “Bugun osh bor!” deb bo‘kirib qolsa bo‘ladimi? Sapchib o‘rnimdan turibman! Esim qursin. Jamoliddin jo‘ram oshga aytuvdi-ya! Bugun edi! Qanday unutdim! Nima jin urdi meni! Shu payt, qorin o‘lgur bir burab oldi-yu.
Sahnada beshta atlas qiyiq tang‘igan chaqqon yigitchalar paydo bo‘lib, shamollatish quvuridan uzatilayotgan oshli laganlarni qo‘lma-qo‘l qila ketdi. Balli, ijodkor, topibsan! Baraka top! Osh o‘zbekka havodek zarur! Voy, mana bularni palov ortidan yugurishini-i! Ko‘zini qara, ko‘zini! Hah, balli san’atkor, chertib aytibsan! Bir kun bizni osh o‘ldiradi! Hammamiz osh solinadigan lagandekmiz. Qancha bo‘lsa, sig‘diramiz. Ammo kengmasmiz. Boshqalarga kengmasmiz. Faqat osh uchun maxsus yaralganmiz. Obbo, yana birov yelkamdan turtyapti-ku. Tag‘in o‘sha hushyorvoy. Burnimga allaqanday qog‘ozni tiqishtiryapti. “Nima bu?” “Biletingiz. Mana bunisi chek. Salomat bo‘ling.” Voy, hushyorvoy-e! Savilgina rostmanasiga ishlarkan. Men cho‘ntakka urib ketdimi deb turgandim. Qoyil, shunaqa odamlar haliyam bormi-ye?! Otangga balli!
Bir paytlar bizni Tangatopdi molbozoriga bir qirriq direktr bo‘lib, “Halol ishla, to‘g‘ri yur, birovni haqini yema”, deb enka-tinkamizni quritgan edi. O‘ziyam oqsim tekkan buzovday qoqsuyak, pichoqqa ilinmaydigan zotidan ekan, qistirsang, dikonglab, shoxlab qolguday… Haqiqat bor, chillasi chiqmasdan qiya bo‘pketdi. Hisobli dunyo-da!
Omale, manov tomosha mazza bo‘ldi. Bo‘yni qashlangan to‘qliday miriqdim. Ochig‘i, ochligimni unutdim. Chunki kallam to‘ydi. Ko‘nglim to‘q bo‘ldi. Vaqti yetib qolgan ekan, bir tishlam ko‘ksomsa, bir ho‘plam suv bilan og‘iz ochdim. Shugina to‘ydirdi. Qolgani qoldi. O‘zi 25 so‘m emas, 10 so‘mga to‘yar qornim borakan. Lekin bir nimaga qoyil qolmadim. Sanab chiqsang, 25 kishi ishlaydigan bir sahna asari uchun 25 so‘m to‘ladim. Har biriga bir so‘mdan. Bir qorin to‘yishi 25 so‘mdan qimmatga tushadi.
Nafsilamrini aytsam, anov nusxa bekor chipta-chekni tiqishtirdi. Bovujud o‘z pulimga sotib olgandek bo‘pqoldim. Pattasiz ko‘rganga nima yetsin! Nachora, tekin tomoshaga ishqivoz xalqmiz-da!
Boboqand QO‘CHQOR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 28-martdagi 13-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599

