Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.04.2025 | 16:42

img555

ASRGA TATIGULIK UCH KUN

Men hamisha Samarqandga katta ishtiyoq va cho‘ng bir sevgi bilan boraman. Bu qadimiy kentni bekorga “ona yer moʻjizasi” yoki “sayqali ro‘yi zamin” deyishmaydi. Shahar me’moriy yodgorliklari kishini hayratga soladi, sirli moziyga qaytaradi.

Sammitni ochib bergan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning olamshumul ma’ruzasini har bir ishtirokchi alohida qiziqish va yuksak ehtirom bilan tingladi. U o‘z nutqida yig‘ilganlar e’tiborini eng dolzarb masalalarga qaratdi, o‘tgan yili o‘rtacha global harorat Selsiy bo‘yicha bir yarim darajadan ko‘proqqa ko‘tarilganini, bu esa me’yordan sezilarli darajada yuqori ekanligini ta’kidlab, so‘nggi o‘n yillik ob-havo monitoringi bo‘yicha insoniyat tarixidagi eng issiq havo bo‘lganini kuyinib gapirdi.

– Iqlim inqirozining salbiy oqibatlarini – o‘rmon yong‘inlari va cho‘llanish ko‘lamining kuchayayotgani, muzliklarning qisqarayotgani, suv resurslari taqchilligi kuchayib borayotgani va havo sifati yomonlashayotganini hozir barchamiz his qilyapmiz, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev janoblari.

“Samarqand–2025” Xalqaro sammiti doirasida o‘tgan alohida sessiyalarda ham iqlim bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi. Ayniqsa, “Shahar barqarorligi va iqlim muammolari: keng ko‘lamli rejalashtirish va boshqaruv”, “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi kontekstida suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish”, “Markaziy Osiyo uch karra global inqirozga yuz tutmoqda”, “Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish yo‘llari” mavzulari atroflicha muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Darhaqiqat, osmono‘par tog‘larimizdagi muzliklar ichimlik suvi manbayi bo‘lib, Markaziy Osiyo daryolari yillik oqimining qariyb 60 foizini ta’minlaydi. Biroq ellik yil ichida Tojikistondagi tog‘ muzliklarining o‘ttiz foizdan ortig‘i yo‘qolgan va prognozlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich asr oxiriga borib 60 foizga yetishi mumkin. Bu esa jiddiy xavotirlarni keltirib chiqaradi.

Sessiyada ishtirokchilar iqlim o‘zgarishining ekotizimlarga ta’sirini yumshatish bo‘yicha strategiyalar, yo‘qolib borayotgan yashash joylarini muhofaza qilish siyosati, havo, suv va tuproq ifloslanishining ekotizimlarga salbiy ta’sirining oldini olish, tabiiy resurslarni barqaror boshqarish, qo‘riqlanadigan hududlarni yaratishda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro shartnomalar, dengiz qurg‘oqchiligi bilan bog‘liq masalalar va boshqa muammolarni muhokama qildilar. Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi, ifloslanish va biologik xilma-xillikni yo‘qotish xavfi ostida bo‘lgan noyob ekotizimlar hududi ekanligi qayta-qayta ta’kidlandi.

Bugungi kunda suv ta’minoti uchun zarur bo‘lgan muzliklarning kamayishi qishloq xo‘jaligi va elektr energiyasi ishlab chiqarishga tahdid solmoqda. Xalqaro va mintaqaviy tashabbuslar, jumladan, Samarqanddagi CMS COP-14 va CITES COP-20, Dushanbedagi Muzliklar sammiti, Ashxoboddagi Iqlim konferensiyasi Markaziy Osiyoning ekologik muammolari kuchayib borayotgani, milliy va xalqaro darajada muvofiqlashtirilgan javob choralarini ko‘rish fursati yetganini ko‘rsatdi.

Samarqand iqlim konferensiyasi ishtirokchilari fikriga ko‘ra, sayyoramizning uch o‘lchovli inqirozini hal etishning asosiy strategiyasi transchegaraviy muhofaza qilinadigan hududlar va tabiatni asrash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni yaratishdan iborat. Biologik xilma-xillikni saqlash, ifloslanish darajasini pasaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish ekotizimlarning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlaydi, tirikchilik vositalarini himoya qiladi va iqtisodiy barqarorlikni oshiradi.

Ko‘hna Samarqandda uch kun davom etgan xalqaro sammit ahli dunyo e’tiborini o‘ziga tortdi, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. “ITAR-TASS” va “RIA-Novosti” (Rossiya), “Farsnews” (Eron Islom Respublikasi), “Kursiv” va “Kazinform” (Qozog‘iston), “Jumhuriyat” gazetasi (Tojikiston), TRT telekanali (Turkiya), BBC (Buyuk Britaniya) va bir qator eng nufuzli axborot agentliklar muxbirlari jarayonni muntazam yoritib bordilar.

Bundan tashqari, jurnalistlar uchun alohida matbuot anjumanlari tashkil etilib, sammitga doxil barcha ma’lumotlar to‘laligicha taqdim etildi.

Mirasror AHROROV,
Tojikiston Respublikasi “Jumhuriyat” gazetasi muxbiri

“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-apreldagi 15-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591