23.04.2025 | 08:46
643
UYG‘OQ MILLATGINA YUKSALADI
Kim bedor, kim uyg‘oq, kurashchan, harakatchan bo‘lsa, u albatta maqsadiga yetadi. Bu hayotiy haqiqatni Andijon va andijonliklar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Ular doimo mavjud imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanib, zamonga mos harakatda, yurt va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab yangilikka intilgan holda yashashni odat qilgan.
Davlatimiz rahbarining 15-16-aprel kunlari Andijon viloyatiga tashrifi ana shunday fidoyi xalqimiz, odamlarimizga shijoat, ruh va ilhom bag‘ishladi. Yurtboshimiz viloyatdagi ishlar bilan atroflicha tanishib, odamlar bilan gaplashar ekan: “Bu zaminda Yangi O‘zbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan” deya viloyat ahlining mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, islohotlarga daxldorligi va faol ishtirokini yuksak baholadilar.
Tashrif doirasidagi yana bir quvonarli voqelik – Yangi Andijondagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etilgan xalq saylida ilgari surilgan tashabbus bo‘ldi. Ulug‘ bobokalonimiz, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomini abadiylashtirish maqsadida, adirliklar bag‘rida barpo etilayotgan yangi shaharga “Bobur shahri” deb nom berish taklifi bildirildi. “Ishonchim komil, bu tashabbus har tomonlama xalqimizning ko‘nglidagi ish bo‘ladi, – dedi Prezident Bobur shahrida o‘tkazilgan tantanali marosimda. – Nega deganda, hazrati Bobur – jahon tarixida kamdan kam uchraydigan shunday benazir, ulug‘ zotki, uning sharafiga nafaqat ko‘cha va maydonlar, bog‘-u rog‘lar, balki alohida shahar bunyod etsak, albatta, arziydi”.
Bu – Bobur siymosiga bo‘lgan yuksak ehtirom, xalqimizning tarixiy xotirasi va ma’naviy merosiga bo‘lgan sadoqat ifodasidir. Shu bilan birga, bu taklif mustaqillik sharafi, sharofatidir. Chunki qachonlardir ana shu adirliklar orqali Vatanni tashlab chiqib ketgan Bobur Mirzo, bugun – yurtiga ruhan qaytdi.
Tashrif doirasida davlatimiz rahbari viloyatda amalga oshirilgan islohotlar, yangilanishlar bilan yaqindan tanishar ekan, hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, obodonlashtirish va infratuzilmasi uchun misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ ajratilayotgani va “Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan”ini ta’kidlab o‘tdi.
Bunday yuksak ishonch va qo‘llab-quvvatlov zamirida ulkan maqsadlar mujassam. Yaratilayotgan bu imkoniyatlar esa andijonliklar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yana bir taklif, “Andijon brendi”ni yaratish – bu shunchaki mahsulot ishlab chiqarish yoki ularni eksportga yo‘naltirish emas, balki andijonliklarning hayotga, mehnatga, ilmga, madaniyatga, ijtimoiy faollikka va ijodkorlikka bo‘lgan o‘ziga xos yondashuvini dunyoga namoyon etish g‘oyasidir. Ishonamizki, bu brend bizning g‘ayratli, shijoatli, dunyoqarashi keng xalqimiz, yurtdoshlarimiz bilan o‘zining betakror qiyofasini yaratadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, agar hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlikda harakat qilsak, yutuqlarimiz yanada ko‘payadi, biz zabt etolmaydigan marraning o‘zi bo‘lmaydi, Andijon yanada obod bo‘ladi! Mirzo Bobur yozganidek: “Gʻaflat uyqusidin uyg‘on gar tilar bo‘lsang murod, Kim, yetar maqsadg‘a har kim bo‘lsa ul bedorroq”.
Darhaqiqat, bedorlik, ya’ni uyg‘oqlik, mas’uliyatni his etish, faol harakat – har qanday yutuq, taraqqiyotning asosiy kalitidir. Biz ana shu hikmatni hayot tarziga aylantirgan xalqmiz. Zotan, bedor insongina maqsadiga yetadi, uyg‘oq millatgina yuksaladi.
Matluba YUSUPOVA,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi mutaxassisi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 18-apreldagi 16-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
111
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



