Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 14:55

img430

OLMOS OPANING QUVONCHI

Atoqli shoir Gʻafur Gʻulom qiziga bag‘ishlagan bir she’rida: “Qiz degan ko‘ngilning qonidan bo‘lur”, deb yozgan edi. Darhaqiqat, Olmos opa dadasining shu ehtiromli ta’rifiga mos farzanddir. Olmos opa otasi haqidagi xotiralarida shunday yozadi: “Men dadamning ulug‘ kitobsevar olim, faylasuf, mutafakkir ekanlarini juda yaxshi bilar va bundan g‘ururlanar edim. Dadam biror she’rida kitobni oftobga qofiya qilganmi-­yo‘qmi bilmayman, lekin kitobni bu qadar ulug‘lagan insonni boshqa ko‘rmadim”. Kitob Gʻafur Gʻulom uchun tiriklik suvi bo‘lganini tasavvur qilish mumkin. Shunga monand Turkiyada nashr bo‘lgan “Osmon to‘la yulduzlar: Gʻafur Gʻulom” nomli kitob ham Olmos opaga bir olam quvonch bag‘ishladi. 2024-yil 26-27-fevral kunlari Anqaradagi Hoji Bayram Vali universiteti tashabbusi bilan xalqaro TURKSOY tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi hamkorligida ushbu kitobning taqdimoti bo‘ldi. Kitobga so‘zboshi yozgan xalqaro TURKSOY tashkiloti rahbari Sulton Rayev Gʻafur Gʻulom ijodining ko‘lami haqida gapirib, asarlari mohiyatida millatlararo do‘stlik, qardoshlik, insonning baxt-iqboliga doir qa­rash­lar mujassamligini ta’kidladi. Hoji Bayram Vali universiteti professori Veli Savash Yelok kitobda berilgan “Gʻafur Gʻulom” sarlavhali maqolasida adibning tarjimayi holi, turli janrlarda yozilgan asarlari bibliografiyasi bilan turk o‘quvchilarini atroflicha tanishtiradi. Ushbu kitobdan o‘ndan ortiq o‘zbek va turk olimlarining ilmiy maqolalari va Gʻafur Gʻulomning mashhur she’rlari hamda hikoya­larining tarjimalari o‘rin olgan. Taqdimotda universitet talabalari shoir she’r­larini o‘zbek tilida o‘qishdi. Mezbon o‘laroq Hoji Bayram Vali universiteti rahbariyati, ilmiy-pedagogik jamoa “Osmon to‘la yulduzlar: Gʻafur Gʻulom” kitobi taqdimotiga jiddiy hozirlik ko‘rgani sezildi. Darhaqiqat, so‘z san’ati ellarni, dillarni bir-biriga bog‘­laydi. Adabiyot katta yo‘l chetiga qo‘­yilgan ulkan ko‘zgu. Unda olam va odam aks etadi. Jumladan, unda Gʻafur Gʻulomning ham nurli siymosi, bebaho merosi ko‘zga yaqqol ko‘rinadi. Taqdimotdan mamnun bo‘lgan Olmos opa tashkilot­chilariga tashakkur bildirdi. Anjuman ishtirokchilariga “Osmon to‘la yulduzlar: Gʻafur Gʻulom” kitobini taqdim etarkan, shoirning ijod uyi har doim do‘stlar uchun ochiqligini aytib, ushbu mashhur satrlarni takrorladi: “Do‘stlar uchun jonimiz – niyozimiz, Bizning uyga qo‘nib o‘ting, do‘stlarim”. Zero, Gʻafur Gʻulomning ma’naviy dasturxoni barcha uchun har doim ochiq va do‘stlarga muntazir.

B.NURMUHAMMAD

“Jadid” gazetasi 2024-yil 15-mart 12-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600