Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.05.2024 | 14:50

img320

QARDOSHNING QADRI

O‘zbek adabiyotining dunyodagi boshqa xalqlar adabiy-ma’naviy muhitiga kirib borishida, tabiiyki, fidoyi ziyolilar, xususan, tarjimon va adabiyotshunoslarning xizmatiga hamma zamon­larda ehtiyoj seziladi. Bugungi adabiy hayotga nazar tashlansa, ko‘plab turk adiblari­ning asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinganiga guvoh bo‘lamiz. Ikki qardosh adabiyot muammolariga doir ayrim qiyosiy tadqiqotlar ham maydonga keldi. Ayni chog‘da, mumtoz va zamo­naviy o‘zbek adabiyoti namunalari turk tiliga tarjima qilinib, qardoshlarimizning muhtasham kutub­xonalari hamda turkiyalik adabiyot muhiblari­ning kitob javonidan o‘rin olayotgani sir emas. Bu yo‘lda ko‘plab ma’naviyat zahmatkashlari jonboz­lik ko‘rsatib keladi. Shulardan biri, o‘n yillardan beri taniganim adabiyotshunos olim, tarjimon Vali Savash Yelokdir.

Vali Savash muallim zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalari, xususan, Gʻafur Gʻulom, Erkin Vohidov, Xayriddin Sultonov, Nazar Eshonqul va boshqa adiblarning asarlarini turk tiliga o‘girdi; nashr qildirdi. Uning tashabbusi bilan Turkiyada “O‘zbek adabiyotidan tanlangan hikoyalar” to‘plami bir necha marta bosildi. Professor Zaynobiddin Abdirashidov bilan birga o‘zbek jadid adabiyoti namunalarini turk o‘quvchilarga taqdim etdi.

Aslida Vali Savash muallimning ilmiy tadqiqotchilik faoliyati bevosita zamonaviy o‘zbek adabiyoti bilan bog‘liq. O‘z vaqtida “Erkin Vohidov she’rlarida til va uslub” mavzusida doktorlik (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi. Bir muddat Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida talabalarga saboq berdi. O‘sha davrda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan bamaslahat taniqli turk adib­larining hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilib ommalashtirdi.

Doktor Vali Savash bugun Anqaradagi nufuzli Hoji Bayram Vali universitetida aynan “Zamonaviy turkiy tillar va adabiyotlar” bo‘limi­da mudir vazifasida ishlaydi. Bo‘limda o‘zbek adabiyotiga bog‘liq ilmiy mavzularni muhokama etadigan yosh tadqiqotchilarga rahbarlik qiladi, beminnat maslahat va amaliy yordam beradi.

Vali Savash Yelok filologiyaga oid ko‘plab xalqaro anjumanlarda biz bilan hamkorlik qiladi; jiddiy qiyosiy-tipologik yo‘sindagi ma’ruzalari bilan qatnashadi. Bu hol olimning o‘zbek-turk adabiy aloqalarida faol ekanidan darak beradi.

Umuman olganda, bugungi adabiy aloqalar rivojida, milliy adabiyotimizning Turkiyada keng targ‘ib etilishida Vali Savash Yelokning xizmatlari katta. Yaqinda u O‘zbekiston Yozuvchilar uyush­masining faxriy a’zosi bo‘ldi. “Jadid” tahririyati a’zo­lari qadrdon qardoshimiz Vali Savash muallimni tabriklaydi va kelgusidagi hamkorlik rejalariga omad tilaydi.

Quyida olimning o‘zbek shoiri Botu to‘g‘risidagi yirik maqolasining bir qismi gazetxonlarga taqdim etilmoqda.

K.BAHODIR
“Jadid” gazetasi 2024-yil 17-may 21-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596