Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.05.2025 | 16:32

img682

BAXSHILI EL – BOTIR EL

Baxshilik – ruhiyat. Baxshilik – millat qalbidagi botirlik, elga sadoqat tarannumi. Baxshilik – tirik tarix, benazir san’at. Baxshi esa elning shonli o‘tmishini jonli kuylab qonda jur’at, shijoatni uyg‘otuvchi, ertangi kunga yuksak umid bag‘ishlovchi ma’naviy posbondir.

So‘lim Parkent tumanida joylashgan Parkent ijod uyida O‘zbekiston xalq baxshisi, xalq og‘zaki ijodi an’analarini munosib davom ettirib kelayotgan betakror ijodkor, mahoratli ustoz Baxshiqul Tog‘ayev tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlab “Baxshili el – botir el” mavzusida tashkil etilgan xalqaro baxshilar qurultoyi ham ana shu hikmatga hamohang tarzda o‘tdi.

“Alpomish media” hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida uyushtirilgan tadbirda nafaqat yurtimiz baxshilari, Yoqutiston, Qirg‘iziston, Tatariston, Qozog‘iston, Turkmanistondan kelgan baxshilar, oqinlar, manaschilar, jirov va hofizlar qatnashdi.

Yoqutistonlik Aksinya Stepanova ijro etgan “Olonxo” (yoqut tilida “doston”) qish izg‘irinida panoh izlagan tabiat va jamiki jonzotning Yaratguvchiga nolasidek eshitiladi. Oltoy o‘lkasidan kelgan baxshi ayolning hazin va samimiy ohangi esa go‘yo sharqiroq soylar bilan tillashuvga o‘xshaydi. Uning sas-sadolari qalblarga qadim Enasoy daryosi sohillarida yashagan ajdodlardan maktubday eshitiladi. Chinakam baxshilik ham shu aslida: bizni ohang bilan ildizga qaytaradi, bizda o‘zlikni uyg‘otadi. Baxshi shunisi bilan ham xalqqa yaqin.

O‘zimizning iste’dodli baxshilardan Safar baxshi Shaydilov, Panji baxshi Do‘stmurodov, Farrux baxshi Nuraliyev va boshqalar ijrosidagi terma-yu dostonlar tomoshabinlar qalbiga bu ilhombaxsh san’at zavqini shavqini yanayam ko‘proq ulashdi. Baxshilar turkiy xalqlar etnomadaniy merosining noyob durdona asarlari sirasiga kiruvchi qahramonlik dostonlari, aytishuvlardan namunalar ijro etdi.

Baxshilikning o‘ziga xos jihati shundaki, u nafaqat san’at, balki tarixiy xotira va falsafiy teranlikni ham o‘z ichiga oladi. Baxshilar ijrosida ko‘hna tarix, qahramonlik, muhabbat, vafo, fidokorlik kabi inja mavzular bo‘y-bastini ro‘y-rost ko‘rsatadi. Bu esa xalq og‘zaki ijodi ilmiy jihatdan izchil tadqiq etilishi kerak bo‘lgan boy manba ekanini yana bir bor namoyon etadi.

Anjumanning ilmiy-adabiy qimmatini yozuvchi, shoir va sohada faoliyat olib borayotgan folklorshunos olimlar yanada oshirdilar. Filologiya fanlari doktori, professor Shomirza Turdimov, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Gʻayrat Majid, yozuvchi Normurod Norqobilov o‘z chiqishlarida baxshilikning xalq ma’naviyatidagi o‘rni va ilmiy izlanishlar uchun yangi yo‘nalishlar ochayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham ushbu tadbir olqishlab kutib olindi. Ko‘pchilik bu anjumanda xalq madaniyatining noyob jihatlari namoyon bo‘lganini, baxshilik madaniy meros sifatida ajdoddan avlodga boyib, jilolanib o‘tib kelayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qurultoy nafaqat san’at bayrami, balki turkiy xalqlarning ma’naviy va madaniy hamkorligini mustahkamlovchi  muloqot maydoniga aylandi. Yakunda ishtirokchilarga homiylar tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Darhaqiqat, baxshilik Vatan va xalq muhabbati bilan yo‘g‘rilgan ruhiy tarbiya maktabidir. Bu san’at xalqlarning milliy o‘zligi, ma’naviy qudratining yaqqol ifodasi. Ana shunday ulug‘vor san’at nurlariga to‘yinib ulg‘aygan avlod yengilmas, botir bo‘lajak.

Sanobar MEHMON

“Jadid” gazetasining 2025-yil 9-maydagi 19-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img122

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img145

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img336