Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.10.2024 | 14:16

img3189

Mixail Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» asaridan iqtiboslar

«Zamonamiz qahramoni» asari rus adabiyotidagi ilk ijtimoiy-psixologik romanlardan biri hisoblanadi. 

Men butun olamni sevishga tayyor edim, ammo meni hech kim anglamadi, shundan keyin hamma narsani yomon ko‘rishga o‘rgandim.

Ikki do’stdan biri har doim ikkinchisining quli bo’ladi, lekin ko’pincha ularning hech biri buni tan olmaydi…

Ajalim yetgani va o‘lib ketishim mumkinligi to‘g‘risida o‘ylarkanman, faqat o‘zimni o‘ylayman: boshqalar shuni ham qilishmaydi.

Qayg‘uli narsalar bizga kulgili bo‘lib ko‘rinadi, kulgili narsalar esa qayg‘uli bo‘lib ko‘rinadi, ammo tagini surishtirib qarasangiz, o‘zimizdan bo‘lak hech bir narsa bilan ishimiz yo‘q, beparvomiz.

Osiyoning shunisi yomon-da! Odamlariga ham, daryolariga ham ishonib bo‘lmaydi!

Ahmoqlar bo‘lmaganda, bu dunyoning sira qizig‘i qolmas edi.

Shodlik unutilsa unutiladiki, qayg‘u sira unutilmaydi.

Ayollar faqat tanimagan kishilarinigina yaxshi ko‘rishadi.

Shoirlar dunyoga kelib she’r yoza boshlagan va bu she’rlarni xotinlar o‘qiy boshlagandan beri (buning uchun ularga ming rahmat), shoirlar ularni ming-ming marta farishta deb atashadiki, ular soddadil bo‘lganliklari uchun bu xushomadga ishonadilar, ammo shu bilan birga, o‘sha shoirlarning pul uchun Neronni nihoyatda yuksak darajaga ko‘targanliklarini unutadilar…

– Ey, xudbinlik! Arximed yer sharini ko‘tarmoqchi bo‘lgan pishang sening o‘zingsan!..

Tabiat go‘zalligi va ulug‘vorligi sezgisi bizdek hayajonlangan hikoyachilarning dilidagidan ko‘ra sodda odamlarning dilida kuchliroq bo‘ladi.

Men har narsaga ham shubha bilan qaraydigan odamman, bu narsa xarakterimning keskinligiga xalal bermaydi, aksincha, meni nima kutayotganini bilmaganimda hamisha dadilroq olg‘a bosaman. Axir, o‘limdan battar hech narsa yo‘q, o‘limdan esa qutulib bo‘lmaydi!

Tabiat – tentak bir narsa, taqdir – puch narsa, hayot esa bir tiyin!

Odamlar ko‘proq mulohaza qilib ko‘rsalar, hayotning tashvishga arzimasligini bilgan bo‘lar edilar.

Sevgi ham bamisoli o‘t, qalab turilmasa o‘chib qoladi.

Agar meni hamma sevganda edi, o‘zimda ham bitmas-tuganmas sevgi manbalarini topgan bo‘lardim.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596