08.12.2024 | 17:59
449
AFSONALAR JILVASI
Ko‘chada mayda-mayda qor parchalari dekabrning sehrli kuyiga raqs tushardi. Qadamim ularning valsiga hamohang jadallar ekan xotiramni hozirgina ko‘rgazmada guvoh bo‘lganim — suratlarning mohiyat ildizi qitiqladi. «Ayoz momo» — bolaligimizning iliq tasavvurlariga uyqash epik qahramon. Ana, hozir ham u par ko‘rpasini qoqyapti-yu, naqshinkor qorlar yerga yopirilib inyapti.
Esladingiz-a?


Bugun o‘ziga xos uslubga ega rassom Elnur Egamov va adabiyotshunos Dilbar Haydarova tomoshabinlarni «Unutilgan afsonalar» ummoniga g‘arq etishdi. Ushbu tandem ko‘rgazma ekspozitsiyasidan 25 ga yaqin butkul yangi nafasdagi asarlar o‘rin olgan. Namoyishdagi asarlar deyarli unutilish yoqasida turgan o‘zbek mifologiyasini zamonaviy yondashuv orqali tasavvuringizda qaytadan jonlantiradi. Bir necha ming yillik tarixga ega mifologik obrazlar Ko‘k Tangri bilan boshlansa-da, eng qizig‘i unga kartina bag‘ishlanmagan. Rassom uni zalning eng yuqorisida ko‘k chiroq nurlari orqali ifodalamoqchi bo‘lgan. Chunki Ko‘k Tangrini hech kim ko‘rmagan. Siymosi har kimning o‘z tasavvuri, tafakkuriga havola. Kartinalar mohiyatan tangrichilikdagi osmon, yer usti va yer osti ilohlarining tartibi bo‘yicha joylashtirilgan.


Umay ona, Erik xon, Qambar ota, Hizr, Shoxdor ona bug‘u, Qora Umay va shu kabi ko‘plab asarlarning har biri o‘zida katta tarixiy, falsafiy va badiiy mohiyat tashiydi. Nazaringiz bu qiyofalar uzra kezarkan diniy tolerantlik, o‘zlikka murojaat, o‘tmishning ijobiy yutuqlari haqida sizni mushohadaga undaydi.
Darhaqiqat, musavvir deyarli birinchilardan bo‘lib xalq og‘zaki ijodi, badiiy adabiyot, tarix, falsafa, psixologiya hamda tasviriy san’atni mushtarak holatda e’tiboringizga havola etmoqda.
Rassom va adabiyotshunosning tandem ijodiy mahsulidan bahramand bo‘lishni istasangiz, 17-dekabrga qadar ko‘rgazmaga tashrif buyurishingiz mumkin.



Umuman olganda san’atning turli jabhalaridagi hamkorlik yangi, noyob asarlarning yaralishiga sabab bo‘ladi. 19-asr rus musiqa san’atida eng kuchli kompozitorlardan iborat «Qudratli to‘da» guruhi tashkil topgan edi. Ana shu guruhning a’zosi Modest Petrovich Musorgskiy bir kun rassom Viktor Gartmanning ko‘rgazmasiga boradi va hayratlariga jon baxsh etgan kartinalarning har biriga asar bag‘ishlaydi va ularni to‘plam holida «Ko‘rgazmadan suratlar» deya nomlaydi. Aslida ohanglarni tasvirlarga, tasvirlarni ohanglarga evrilishi kamdan-kam uchrasa-da, hamisha muvaffaqiyatli chiqqan.



Nozima Habibullayeva,
shoira, kompozitor
Abdumannon Muhammad olgan suratlar
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



