Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.12.2024 | 10:12

img1156

Asqad Muxtorning “Tundaliklar” kitobidan iqtiboslar

Keyingi vaqtda – keksalik, xastalik sabab, judam kamuyqu bo‘lib qoldim. Uyqu qochganda bosh-keti yo‘q, uziq-yuluq o‘y-xayol qalashib kelaverarkan. Shunda tunchiroq ostida turgan daftarga ba’zi tasodifiy fikrlarni yozib qo‘yadigan bo‘ldim.
Daftarimni “Tundaliklar” deb atadim. Bu “janr”ning “kundalik”dan farqi shuki, unda xronologik tartibdagi voqealar bo‘lmaydi.
Bu gaplar, biri bog‘dan, biri tog‘dan bo‘lsa ham, kimnidir fikri yo sa’y-harakatiga turtki bo‘lishi mumkin. Qolaversa, ular muallifning ruhiy holatidan darak, zero biz hammamiz ma’naviy olamga hamisha qandaydir bir tarzda ulush qo‘shib yashaymiz.

O‘zingniki emas, o‘zgalarning nodonligi ham yozishga halaqit beradi.

Kitob – boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.

Yozuvchi sayoz joyda cho‘kadi.

Talant haqida kuyunib gapirganlarning hammasi ham talantli bo‘lavermaydi. Chunki hech kim o‘zini talantsizman deb o‘ylamaydi.

Adabiyot fan-texnika inqilobi davrida ham ishonch bilan ish ko‘rish kerak. Ekzyuperi maqtagan samolyotlar hozir hech narsaga yaramay qoldi. Lekin Mitti Shahzodasi hali uzoq yashaydi.

Shamol shamni o‘chiradi. Shunga o‘xshab, ayriliq ham shunchaki xushtorlikni sovitishi mumkin, chin muhabbatni esa o‘t oldiradi.

Haqiqat – xudodir: uni hamma biladi-yu, o‘zini hech kim ko‘rmagan.

Baxt – boylikda, desangiz, hamma baxtsiz. Chunki aqlliga ko‘p narsa kerak emas, ahmoq esa baribir to‘ymaydi.

Agar ayb faqat bir tomondagina bo‘lsa, urushlar uzoq davom etmas edi.

Real Aleksandr Makedonskiy – Iskandar bor. Afsonaviy Iskandar Zulqarnayn bor, uni ulug‘lab payg‘ambar darajasiga ko‘tardilar (Xusrav, Jomiy, Navoiy, Tojiddin Ahmadiy… o‘nlab “Iskandarnoma”larda). Bu – o‘rta asrlarga xos narsa. Menimcha, Temurni biz bunday qilishimiz kerak emas.

Shoir bo‘lish yaxshi, shoirlik da’vo qilish yomon.

Ikki mahbus qamoqxona panjarasidan tashqariga qarab turarkan, biri axlat uyumini ko‘ribdi, biri – yulduzlarni…

Avvallari yashash uchun yozdim, endi yozish uchun yashamoqdaman.

Boy bo‘lish uchun ko‘p narsani qurbon qilish kerak: halovat, salomatlik, goho balki vijdonni ham… Yo‘q, menim bunga qurbim kelmaydi, men unchalik badavlat emasman.

Inson – tabiat bolasi, bolaning gunohidan kechish mumkin.

Xotin kishini qimmatbaho mo‘ynalarga o‘rasang – sovimaydi.

Mehmon yaxshi-da! Kelganida bir xursand bo‘lasiz, ketganida – yana.

Yurak qoni bilan yozgan odam uzun yozolmaydi.

Tarjimondan aniqlik talab qilmang. U chizmakash emas, rassom!

Kimningdir yozganiga ofarin, kimningdir yozmagani uchun rahmat.

“Men kamtarman” degan odamni kamtar ekan deb o‘ylamang.

Faqat klassika munozarasiz qabul qilinadi. Biz esa klassik emasmiz. Bizning asarlarimiz qarshilikka uchrashi, bahs qo‘zg‘ashi kerak.

Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan.

Shunday yillarni ko‘rdikki, baxtli bo‘lish uyat edi.

Vaqt o‘tishi bilan birov aqlliroq bo‘ladi, birov – kattaroq.

She’rni tahlil qila boshlasalar, g‘ashimga tegadi. Bahorgi sof havoning kimyoviy tarkibini ham tekshirish mumkin. Ammo, undan ko‘ra, shunday ko‘krak to‘latib nafas olgan yaxshiroq emasmi?

Bolasini yo‘qotgan ona yuragi yorilib o‘lishi mumkin. Nomusi, izzat-nafsi toptalgan qizning boshidan kerosin quyib, o‘ziga o‘t qo‘yganini ko‘p eshitganmiz. Tahqirlangan, tuhmatga uchragan odam alamdan o‘zini osib o‘ldiradi… Endi ayting, tan yarasi yomonmi yo dil dardimi?

Biz nimaiki yozsak, kimdandir iqtibos olamiz. Falon donishmand bunday degan, falon klassik unday degan… Ulug‘larning “aforizm”larini butun-butun kitoblar holida nashr etamiz. Vaholanki, ularning ko‘pi allaqachon hech qanaqa “suyanchiq”qa muhtoj bo‘lmagan, hammaga ma’lum oddiy haqiqatlar. Bu didaktik konservatizm original tafakkur rivojiga xalaqit bermaydimi? Men ulug‘larga qarshi emasman, ammo o‘z fikrlash salohiyatimizni ham ishga solishimiz kerak-da! Ulug‘lar aytgan deb, oddiy haqiqatlarni maqola va kitoblarimiz, shiorlarimizda takrorlayveramizmi? “Sof havo hammamizga kerak!” deb hech kim alvonlarga katta qilib yozib qo‘ymaydi-ku?!

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596