Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.03.2025 | 14:00

img1016

Jorj Oruelning “1984” romanidan iqtiboslar

Oruellning fikricha, ommaviy erksizlikdan ko‘ra mudhishroq narsa yo‘q va bo‘lmaydi ham. Totalitarizm insonda davomiy qo‘rquv, sukut va o‘limdan birini tanlash imkoninigina qoldirib, uni barcha ruhiy ehtiyojlardan, fikrlardan, tuyg‘ularu akldan mosuvo qiladi: Katta Og‘a senga “ikki karra ikki – besh” dedimi, tamom, u chindan ham “besh”!

URUSH – TINCHLIKDIR. ERK – QULLIKDIR. BILIMSIZLIK – KUCHDIR.

Yolg‘iz, erkin odam hamisha mag‘lub. Shunday bo‘lishi ham kerak, zero, inson o‘limga mahkum va bu uning eng katta nuqsoni.

Erkinlik – ikki karra ikki – to‘rt, deb ayta olish imkonidir. Agar bunga imkon bo‘lsa, qolgan hammasi shunga ergashadi.

Ular toki ongli bo‘lmaguncha isyon qilmaydilar, toki isyon qilmaguncha ongli bo‘lolmaydilar.

Eng yaxshi kitoblar senga o‘z bilganlaringni so‘zlaydigan kitoblardir.

O‘tmishni boshqargan kelajakni ham boshqaradi; bugunni boshqargan o‘tmishni ham boshqaradi.

Agar mayda qoidalarga qat’iy rioya qilsang, katta qoidalarni buzish mumkin bo‘ladi.

Har bir harakatning oqibati harakatning o‘zida mujassamdir.

Agar sen ozchilik safida bo‘lsang ham – va hatto bir o‘zing bo‘lsang ham – bu sening tentakligingni anglatmaydi. Haqiqat bor, yolg‘on bor, butun dunyoga qarshi o‘laroq, sen haqiqat tomon bo‘lsang, tentak emassan.

Agar kimnidir yaxshi ko‘rsang, uni sevasan, unga boshqa biror narsani berolmaganingda ham, juda bo‘lmaganda muhabbatingni berasan.

Olomon hech qachon o‘z-o‘zidan isyon qilmaydi va ezilganligi uchungina isyon qilmaydi. Darhaqiqat, agar boshqalar bilan qiyoslash imkoni berilmasa, ular o‘zining ezilayotganini ham bilmaydi.

Inson qaltis vaziyatda tashqi dushman bilan emas, hamisha o‘z vujudi bilan kurashadi.

Agar sizga kelajakning timsoli kerak bo‘lsa, insonning basharasiga tushayotgan etik poshnasi abadiy timsoldir.

Fikriy jinoyat o‘limga olib kelmaydi: fikriy jinoyatning O‘ZI o‘limdir.

Agar partiya tiqishtirgan yolg‘onni hamma qabul qilsa, agar barcha hujjatlarda ayni bitta hikoya takrorlansa, bu yolg‘on tarixga kiradi va haqiqatga aylanadi.

Sening eng yovuz dushmaning – o‘z asabing. Istalgan daqiqada ichingdagi asabiy taranglik tashqi ko‘rinishingda aks etib qolishi mumkin.

Yuqoridagilarning maqsadi – o‘z joylarida qolishdir. O‘rtadagilarning maqsadi – yuqoridagilar bilan o‘rin almashish; quyidagilarning maqsadi, agar ularda maqsad bo‘lsa, zero, quyidagilar og‘ir mehnatda shunchalar ezilganki, kundalik hayotidan nariga kamdan kam nazar soladi, ularning maqsadi – hamma tafovutlarni bekor qilish va hamma insonlar teng bo‘lgan jamiyat barpo etish.

Hokimiyat – vosita emas; hokimiyat – maqsaddir. Diktaturani inqilobni asrash uchun o‘rnatmaydilar. inqilobni diktaturani o‘rnatish uchun amalga oshiradilar. Qatag‘onlarning maqsadi – qatag‘ondir. Qiynoqdan maqsad – qiynoqlar. Hokimiyatning maqsadi – hokimiyat.

Tabaqalashgan iyerarxik jamiyat faqat qashshoqlik va johillikka asoslanadi.

Matbuot paydo bo‘lganidan keyin ijtimoiy fikrni boshqarish osonlashdi; radio va kino bu borada yanada oldinroqqa ketdi. Televizion texnika rivojlanib, bitta uskuna bilan ma’lumotni ham qabul qilish, ham uzatish imkoni paydo bo‘lgach, shaxsiy hayot tamom bo‘ldi.

Odamlarning aksariyati zaif, qo‘rqoq mavjudotdir, ular erkinlikni eplay olmaydilar, haqiqatning ko‘ziga tik qaray olmaydilar, shuning uchun ularni boshqarib turish kerak va muntazam tarzda kuchlilarning aldoviga uchishlari shart. Insoniyat oldida erkinlik yoki baxtni tanlash imkoni bor, aksariyat ko‘pchilik uchun erkinlikdan ko‘ra baxtli bo‘lish afzalroq.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596