09.11.2026 | 16:18
393
ASRIY MADANIYATLAR ÇORRAHASI
Buyuk şaharlar ham xuddi buyuk insonlar kabi tuğiladi, ulğayadi, sinovlardan ötadi. Vaqt ötişi bilan özini bino qilgan millatning çegarasidan çiqib, butun başariyatning ma’naviy boyligiga aylanadi. Bunday şaharlar Yer yuzida sanoqli bölgani uçun ularning har biri haqida aytiladigan söz taroziga solinib, adolat mezoni bilan ölçanişi lozim. Samarqand ayni şunday şaharlar sirasiga kiradi.

Zero, u qariyb uç ming yil davomida öz bağrida turli xalqlarni, dinlarni, tillar va ilm maktablarini jamlab, ularni yagona tamaddun özaniga birlaştirgan va bugun insoniyat tafakkurining tajalliysi sifatida jahonning madaniy merosidan munosib örin olgan.
Samarqandning ilk qörğoni bölgan Afrosiyob şaharçasining eng quyi madaniy qatlamlari miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid ekani arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan.
2007-yilda şaharning 2750 yilligi YUNESKO iştirokida xalqaro miqyosda nişonlangan ekan, bu sanalar Samarqandni Rim, Afina va Bobil kabi qadimiy şaharlar bilan bir qatorga qöyadi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Söğd ölkasi Ahamoniylar davlatiga qaram bölgani, miloddan avvalgi 329-yilda esa şaharni Iskandar Zulqarnayn egallagani va yunon tarixçilari asarlarida u Marakanda nomi bilan tilga olingani ma’lum. Bu qisqa muddatli siyosiy tobeliklar şaharning madaniy qiyofasini belgilab bergan omillar qatoriga kirmasligini tarixçilar bir ovozdan e’tirof etadilar. Vizantiya tarixçisi Menandr Protektor yozib qoldirganidek, 568-yilda Turk xoqoni Istami Konstantinopolga elçilar yuborib, ipak savdosi böyiça imperator Yustin II bilan muzokara olib borgan ekan, bu hodisa Buyuk Ipak yölidagi savdoning eng muhim markazlaridan biri bölgan Samarqandda öşa davrdayoq xalqaro diplomatiya yuksak darajaga kötarilganini isbotlaydi.
VIII asrning örtalarida Xitoydan kelgan qoğoz işlab çiqariş san’atining Samarqandda rivoj topib, keyin Bağdod orqali butun Islom olami va Yevropaga yoyilgani bu şahar moddiy mahsulotlar bilan birga tafakkur vositalarini ham butun insoniyatga ulaşgan maskan bölganini körsatsa, YUNESKO 2001-yilda Samarqandni Jahon merosi röyxatiga aynan “Samarqand – madaniyatlar çorrahasi” nomi bilan kiritgani şu tarixiy haqiqatning xalqaro e’tirofi bölib qoldi.
712-yilda Qutayba ibn Muslim boşçiligidagi arab qöşini Samarqandni egallaganidan söng, şahar islom ilmi va madaniyatining yetakçi markazlaridan biriga aylanib bordi. X asrning oxiridan XIII asr boşlarigaça bölgan qariyb ikki yuz yil mobaynida Samarqand turkiy Qoraxoniylar davlatining, keyinroq Ğarbiy Qoraxoniylar xonligining poytaxti bölib turdi va şahar hayotida turkiy sulolaning bunyodkorlik siyosati hal qiluvçi ahamiyat kasb etdi. Samarqandning iqtisodiy qudrati öşa asrlardayoq qit’alar oşa tanilgan bölib, IX-X asrlarda Samarqand va Şoş zarbxonalarida zarb qilingan kumuş dirhamlar Buyuk Ipak yöli va Volga savdo yöli orqali Şarqiy Yevropa va Skandinaviyagaça yetib borgan. Bu Samarqand öşa davrda mintaqaviy şahar doirasidan çiqib, Yevroosiyo savdosining moliyaviy markazlaridan biriga aylanganini, uning tanga-pullari esa uzoq şimoliy ölkalarda ham işonçli tölov vositasi sifatida qabul qilinganini körsatadi.
Qoraxoniy hukmdor Ibrohim Tamğaç Buğraxonning 1066-yilda Samarqandda madrasa va şifoxona uçun bitgan vaqfnomasi bugungaça saqlanib qolgan bölib, bu hujjat turkiy hukmdorning ilm-fan va tibbiyotga homiylik qiliş an’anasini aniq körsatadi, Afrosiyob arki hududida Qoraxoniylar saroyidan topilgan XII asr oxiriga oid devoriy suratlarda turkiy kiyimdagi hukmdor va kamon tutgan jangçilar tasvirlangani esa arxeolog Y.Karev va F.Grene tadqiqotlarida ilmiy jihatdan asoslangan.
XI asrda Mahmud Koşğariy özining “Devonu luğatit turk” asarida Samarqand nomini turkça “Semizkent”, ya’ni, katta va obod şahar ma’nosida izohlagan ekan, zamonaviy tilşunoslik bu nomning kelib çiqişini boşqaça talqin qilsa-da, Koşğariy izohi turkiy xalqlar bu şaharni öz yurti va öz tili doirasida anglaganini aks ettiruvçi tarixiy hujjat sifatida qimmatini saqlab qoladi. 1220-yil martida Çingizxon Samarqandni qamal qilganida, şaharni Xorazmşoh Muhammadning asosan turkiy qanğli qabilalaridan tuzilgan qöşini himoya qilgan bölsa-da, qamal oğir vayronagarçilik bilan yakunlangan edi, biroq möğul istilosi ham şaharning mintaqadagi markaziy maqomini özgartira olmaganini manbalar aniq körsatib beradi.
Samarqandni jahon tarixidagi eng uluğ poytaxtlardan biriga aylantirgan zot Sohibqiron Amir Temur bölib, u 1370-yilda öz davlatining poytaxti etib ayni şu şaharni tanlagan va uni butun Şarqning siyosiy, ilmiy va madaniy markaziga aylantiriş uçun davlatining bor imkoniyatini safarbar qilgan. Bibixonim masjidi 1399–1404-yillarda bunyod etilib, öz davrida Movarounnahrdagi eng ulkan jome masjidi bölgani, Göri Amir maqbarasi 1403-1404-yillarda Sohibqironning sevimli nevarasi Muhammad Sulton xotirasiga qurilib, keyinçalik temuriylar xilxonasiga aylangani, Şohi Zinda majmuasi esa Qusam ibn Abbos ziyoratgohi atrofida XIV-XV asrlarda temuriy malikalar va amirlar uçun qurilgan maqbaralar silsilasidan iborat ekani me’morçilik tarixida batafsil örganilgan. Bu inşootlarda Movarounnahr Xorazm va Xuroson me’morçilik an’analari uyğunlaşgan bölsa-da, ularni bir butun ğoya asosida taşkil etgan iroda temuriylar davlatiga tegişli ekanini mutaxassislar e’tirof etadilar, şu bois Samarqand me’morçiligi jahon san’atşunosligida alohida “temuriylar uslubi” nomi bilan örganiladi.
Mirzo Uluğbek 1409-yildan 1449-yilgaça Samarqand hokimi bölib turgan qirq yil mobaynida bu şahar dunyo ilm-fanining eng yuksak markazlaridan biri darajasiga kötarildi. Zero, Uluğbek 1417–1420-yillarda Registonda madrasa qurdirib, unda riyoziyot, hay’at va falsafa ilmlarini madrasa ta’limining asosiy qismiga aylantirgan, 1420-yillarning oxirida esa Köhak tepaligi etagida öz davrining eng yirik rasadxonasini barpo etgan. Samarqand ilmiy maktabining yutuqlari faqat astronomiya bilan çeklanib qolmagan, Ğiyosiddin Jamşid Koşiy 1424-yilda Samarqandda yozgan “Ar-Risolat al-muhitiya” asarida sonini önli kasr körinişida ön olti xonagaça aniqlik bilan hisoblagan, bu natija Yevropada faqat bir yarim asr ötgaçgina takrorlangan, Uluğbekning özi esa bir darajali yoyning sinusini juda yuqori aniqlikda hisoblaşning yangi usulini işlab çiqqan.
Temuriylar davrida Samarqand va Hirot turkiy adabiy tilning yetakçi markazlariga aylangani alohida ta’kidlaşga arziydi, çunki Mirzo Uluğbek saroyida ijod qilgan Sakkokiy öz qasidalarini turkiy tilda bitib, Uluğbek va Xalil Sulton kabi temuriy hukmdorlarni madh etgan, Mavlono Lutfiy esa turkiy ğazalning şunday yuksak namunalarini yaratganki, keyinçalik Hazrat Alişer Navoiy uni “Malik ul-kalom” deb uluğlagan. Uluğbek qalamiga mansub “Tört ulus tarixi” asari turkiy hukmdorlar öz tarixini özlari yozib qoldirişni davlat vazifasi deb bilganini körsatsa, Amir Temurning 1391-yilda Töxtamişxonga qarşi yuriş çoğida Qarsaqpoy toğidagi qoyaga turkiy tilda öydirgan bitigi Sohibqiron davlatining tili va özligi haqidagi eng işonçli hujjatlardan biri bölib xizmat qiladi.
Temuriylardan keyin ham Samarqandning bunyodkorlik an’anasi uzilib qolmadi, çunki 1500-1501 yillarda şaharni egallagan Muhammad Şayboniyxon Samarqandni yangi özbek davlatining poytaxtiga aylantirdi, bu maqom XVI asrning örtalarigaça saqlanib qoldi. Aştarxoniylar hukmronligi davrida esa özbeklarning olçin uruğidan çiqqan Samarqand hokimi Yalangtöş Bahodir Registonda Şerdor madrasasi (1619–1636) va Tillakori (1646–1660) masjidini qurdirib, bugun butun dunyo Samarqandning ramzi deb biladigan Registon ansamblini yakuniga yetkazdi.
Şaharning şuhratini podşohlar va me’morlar bilan birga, bu yerda yetişib çiqqan va nomiga “Samarqandiy” nisbasini qöşib ötgan allomalar ham butun Islom olamiga yoygan, ular diniy ilmlarning eng yuksak çöqqilarini zabt etgan edilar. Imom Abu Mansur Moturidiy (vafoti 944) şu şaharda yaşab, bugun dunyo musulmonlarining katta qismi ergaşadigan Moturidiya kalom maktabiga asos solgan, Abdulloh ad-Dorimiy (vafoti 869) “Sunan” asari bilan hadis ilmida, Abu Lays Samarqandiy (vafoti 983) “Tanbehul ğofilin” asari bilan axloq va fiqhda, Najmiddin Umar Nasafiy (vafoti 1142) “Al-Aqoid an-Nasafiya” asari hamda Samarqand ulamolari haqidagi “Al-Qand” tazkirasi bilan ilm tarixida öçmas iz qoldirgan. Alouddin Samarqandiyning “Tuhfatul fuqaho” asari esa Hanafiy fiqhining asosiy manbalaridan biri sifatida bugungaça örganilmoqda.
Dunyoviy ilmlar sohasida ham Samarqand maktabining vakillari yetakçilik qilgan. XIII asrda tibbiyot böyiça “Asbob va alomat” asarini yozgan Najibuddin Samarqandiy, mantiq, geometriya va munozara ilmida asarlari asrlar davomida darslik bölib xizmat qilgan Şamsuddin Samarqandiy, XII asrda “Çahor maqola” asari bilan maşhur bölgan Nizomiy Aruziy Samarqandiy, XV asrda “Matla’i sa’dayn” solnomasini bitgan tarixçi Abdurazzoq Samarqandiy va 1487-yilda “Tazkiratuş şuaro” asarini yaratgan Davlatşoh Samarqandiy kabi olimlarning merosida Samarqandning ilmiy maktabi köp tilli va köp qirrali bölgani yaqqol körinadi.
XX asr boşida Samarqand Turkiston jadidligining eng muhim markazlaridan biriga aylandi. Mahmudxöja Behbudiy bu şaharda 1913-yilda “Samarqand” gazetasi va “Oyina” jurnalini taşkil etib, 1911-yilda yozilgan “Padarkuş” dramasi bilan özbek teatrining poydevorini qöygan, öz maktablari va naşrlari orqali yangi usul ta’limi ğoyasini butun ölkaga yoygan edi.
Mustaqillik yillarida Samarqandning xalqaro nufuzini tiklaş va yuksaltiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. Şaharning tarixiy qismi 2001-yilda YUNESKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan ekan, bu e’tirof şaharning muhofazasi uçun mas’uliyatni xalqaro hamjamiyat oldida mustaqil Özbekiston davlati öz zimmasiga olganini ham anglatadi.
Yangi Özbekiston davrida bu siyosat yangi bosqiçga kötarilib, Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Samarqandda Imom Buxoriy va Imom Moturidiy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari taşkil etildi, Imom Buxoriy majmuasi yangidan bunyod etildi, 2022-yilda esa “Buyuk Ipak yöli” xalqaro turizm markazi foydalanişga topşirildi. Davlatimiz rahbari uşbu markazning oçiliş marosimida Samarqand milliy davlatçiligimiz va, umuman, jahon sivilizatsiyasi tarixida alohida öringa egaligini ta’kidlab, bu şahar tariximizdagi har ikkala Renessansning yuzaga kelişida muhim rol öynaganini qayd etar ekan, Samarqandning ham milliy, ham umuminsoniy qadriyati bir jumlada ifodalab berdi.
Şu siyosatning natijasida Samarqand sönggi yillarda xalqaro siyosat va madaniyatning eng nufuzli uçraşuvlari böladigan şaharga aylandi. 2022-yil sentyabrda bu yerda ŞHT davlat rahbarlarining sammiti 2023-yil oktyabrda BMT Butunjahon turizm taşkiloti Boş assambleyasining 25-sessiyasi, 2024-yil fevralda esa BMTning Köçmançi yovvoyi hayvon turlarini muhofaza qiliş töğrisidagi konvensiyasi iştirokçilarining 14-konferensiyasi bölib ötdi.
2025-yilda Samarqand Islom hamkorlik taşkilotining ta’lim, fan va madaniyat böyiça taşkiloti tomonidan Islom dunyosining madaniyat poytaxti deb e’lon qilindi, şu yilning oktyabr-noyabr oylarida YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi birinçi marta Parijdan taşqarida, aynan Samarqandda ötkazildi. 2026-yil oktyabrda Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assosiatsiyasining VII kongressi va “Markaziy Osiyo + AQŞ” formatidagi vazirlar uçraşuvining ham şu şaharda bölib ötgani Özbekistonning Samarqandni zamonaviy dunyoning muhim muloqot maydoniga aylantirgani natijasidir.
Bunday uçraşuvlar uzoq yillar davomida asosan Jeneva, Vena, Parij va Nyu-York kabi şaharlarda ötkazib kelingani hisobga olinsa, Samarqandning sönggi tört yil içida bir neça yirik xalqaro forumga mezbonlik qilgani bu şahar dunyo siyosati va madaniyatining yetakçi markazlari bilan tenglaşib borayotganini körsatadi. Buning uçun şaharda yangi aeroport terminali, xalqaro kongress markazi, zamonaviy mehmonxonalar va transport tizimi barpo etilib, tarixiy yodgorliklar bilan zamonaviy infratuzilma uyğun rivojlantirilmoqda. Şu tariqa, Samarqand qadimiy merosni munosib asrab-avaylab, ayni paytda, zamonaviy dunyo talablariga javob bera oladigan şahar namunasiga aylanmoqda.
Akrom MALIK,
filologiya fanlari böyiça falsafa doktori
“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-noyabrdagi 45-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583

