KUTUBXONA
Muallif: admin
7-APREL – BUTUNJAHON SOG‘LIQNI SAQLASH KUNI
1948-yilning 7-aprelida Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha assambleyaning birinchi yig‘ilishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga asos solingan bo‘lib, 1950-yil 7-apreldan beri har yili dunyo hamjamiyati ushbu sanani Umumjahon sog‘liqni saqlash kuni sifatida nishonlab kelmoqda. JSST – Birlashgan Millatlar Tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasiga ixtisoslashgan nufuzli muassasasi bo‘lib, uning tarkibiga hozirda 194 ta a’zo davlat kiradi. JSST Shveytsariyaning […]
09.04.2024 | 08:55
686
7-APREL – TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI TASHKIL ETILGAN KUN
Toshkent Islom universiteti (hozirgi O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi) – islom dini boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida, 1999-yil 7-aprelda tashkil etilgan. Toshkent islom universiteti AQSH, Angliya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, BAA va boshqa davlat universitetlari hamda ilmiy tadqiqotlar markazlari bilan […]
09.04.2024 | 08:52
1025
6-APREL – RAFAEL SANTI TAVALLUD TOPGAN KUN
Italiyalik mashhur rassom va me’mor Rafael Santi Mikelanjelo va Da Vinchi bilan Renessans davrining muhim uchligini tashkil etgan. 1483-yil 6-aprelda Italiyaning Urbino shahrida tug‘ilgan. Rassomlikni 16 yoshida, “Havoning yaratilishi” va “Trinite” asarlari bilan boshlagan. Rafael Rimda Papa Yuliy II ning qo‘lida ish boshlaydi va birinchi qilgan ishi Papaning kutubxonasini yasatish bo‘ladi. Teologik, falsafiy va lirik […]
09.04.2024 | 08:48
482
5-APREL – O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI HABIB SA’DULLA TAVALLUD TOPGAN KUN
AGAR SEN… Agar sen noraso boʻlsang, Bu olam noraso senga, Hayotga noravo boʻlsang, Hayot ham noravo senga. Bu dunyo kori shundoqkim, Topursan har ne izlarsan, Agar sen oshino boʻlsang Boʻlurlar oshino senga. Mehr, lutfu sadoqat — doʻstu Yorlikning buyuk sharti, Agar sen bevafo boʻlsang, Ular ham bevafo senga. Qidirma oʻzgalardan sahv kim, Sahv ichra botgaysan, […]
09.04.2024 | 08:42
437
MAQOMNING YUKSAK MAQOMI
Buyuk alloma, davlat va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat serqirra ijodiy faoliyati davomida adabiyot, tarix, falsafa, tilshunoslik, teatr dramaturgiyasi bilan bir qatorda, musiqa san’ati sohasida ham zakiy olim, nozikta’b shinavanda sifatida faoliyat yuritdi. Buxoro xalq maorifi noziri lavozimida ishlagan Abdurauf Fitrat 1921-yili “Sharq musiqa maktabi”ni tashkil qilib, maqomdon ustozlar Ota Jalol Nosirov, Ota G‘iyos Abdug‘aniyev, Domla […]
05.04.2024 | 14:01
1188
SIZNING FIKRINGIZ?..
Uljamol Xonnayeva: – Yangi 2024-yilning dastlabki yangiligi – “Jadid” gazetasining nashr etilishi bo‘ldi. “Jadid” barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin! Otabek Bakirov: — Qaytadan tashkil etiladimi, yo‘qdan bino bo‘ladimi, muhimi milliy matbuotda yangi nashr paydo bo‘ldi — “Jadid”. Bu nom jarangdor va e’tiborni tortadi. Jadidlar dasturiga qaraydigan bo‘lsak, adabiyot va publitsistika, san’at va madaniyat asosiy o‘rinda turgan. […]
05.04.2024 | 13:56
321
VATAN – YURAKLARGA BERILGAN KENGLIK
Cho‘lpon Bo‘lolmadi “oqilu dono”, O‘tga otdi ayamay o‘zni. Shon-shuhratdan ko‘rdi u avlo “Ozodlik!” deb atalgan so‘zni. Sindirishgach gugurt cho‘pini, Umri bilan yoqdi gulxanni Va hilolga ilib do‘ppini, Chiqib ketdi yulduz tergani. * * * Fayzulla Xo‘jayev xotirasiga Tarixning qorong‘u yo‘laklaridan Jilmayib boradi yop-yorug‘ inson, Shafaqqa o‘xshagan kuraklaridan Qotgan qon shaklida boqadi zamon. Qo‘rqmagan ko‘krakning kuraklari […]
05.04.2024 | 13:43
491
MILLIY ARMIYA YOXUD JADIDLARNING USHALGAN ORZUSI
O‘zbekiston armiyasi 32 yoshga to‘lyapti. Bir yigit voyaga yetib, kuch-quvvatga to‘ladigan muddat. Shunga hamohang aytish mumkin: bugun O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining qaddi, qudrati baland. Davlatimiz rahbarining fikri bilan aytganda, bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylandi. Harbiy jurnalist bo‘lganim uchun ko‘pincha menga […]
05.04.2024 | 13:36
479
TURKISTON TARIXI
Milliy maktablarda o‘qulmoq uchun milliy tarix kitoblarning luzumi har kimga ma’lumdir. Har millat va har qavm maktablarinda avvalo o‘zlarining milliy tarixlarini o‘qutmaktadirlar. Ibtidoiy maktablardan maqsud ham o‘z ona tilini bildurub, o‘z adabiyoti ila oshno qilmak, bilvosita yosh o‘smir bolalarning muloyim qalblarina millat ham vatanga muhabbat urug‘ini sochmak; milliy til, milliy adabiyot va milliy tarix ila […]
05.04.2024 | 13:26
1076
4-APREL– INGLIZ YOZUVCHISI TOMAS MAYN RID TAVALLUD TOPGAN KUN
Yozuvchining koʻp asarlari, shu jumladan “Oq tanli sardor” va “Kanizak” romanlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Tomas Mayn Ridning laqabi “Kapitan Rid” boʻlgan. 1870-1880-yillarda yaratgan “Ajal oʻqi” (1873), “Ofat belgisi” (1876), “Gʻoyib boʻlgan togʻ” (1883) singari romanlarida avantura adabiyotining ta’siri katta. “Boshsiz chavandoz” (1866) romani nafaqat Mayn Ridning, balki jahon sarguzasht-avantura adabiyotining mumtoz namunasi sifatida eʼtirof […]
04.04.2024 | 07:58
496
2-APREL:
– Fransuz adibi Emil Zolya 1840-yil Parijda tug‘ilgan. Yozuvchini jahonga mashhur qilgan asarlari “Hamal” va “G‘arb” romanlari hisoblanadi. Yozuvchining 20 ta romanni o‘z ichiga olgan “Rugon-Makkarlar” epopeyasi G‘arb adabiyotining ulkan xazinasiga aylangan.– Daniya yozuvchisi, mashhur ertaknavis Hans Kristian Andersen 1805-yil Odens shahrida, etikdo‘z oilasida tug‘ilgan. Andersenning “Bulbul”, “Irkit o‘rdakcha”, “Qirolicha”, “Dyumchaxon”, “Suv parisi”, “No‘xat ustidagi […]
04.04.2024 | 01:10
558
2-APREL – XALQARO BOLALAR KITOBLARI KUNI
O‘zbek va jahon adabiyotidagi bolalar o‘qishi shart bo‘lgan 10 ta kitob: O‘zbek adabiyoti:
04.04.2024 | 01:05
1040
1-APREL – RUS YOZUVCHISI, SHOIR, TANQIDCHI NIKOLAY GOGOL TAVALLUD TOPGAN KUN
– Nikolay Vasilyevich Gogol – rus adabiyotida tanqidiy realizmga asos solgan. “Dikanka qishlogʻi oqshomlari” to‘plamiga kirgan hikoya va qissalari Gogolga shuhrat keltirdi. Gogol ijodining cho‘qqisi “O‘lik jonlar” (1842) doston-romani hisoblanadi. Yozuvchining “Revizor”, “Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich oralarida bo‘lib o‘tmish janjallar hikoyati” va “O‘lik jonlar” kabi asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. “Revizor”, “Uylanish” pyesalari yurtimiz […]
04.04.2024 | 00:55
955
31-MART DUNYOGA MASHHUR EYFEL MINORASI OCHILGAN KUN
1889-yil 31-mart kuni dunyoga mashhur “Eyfel” minorasi ochildi. Eyfel minorasi – Fransiya timsoli sifatida dunyoga tanilgan Parijning eng taniqli meʼmorchilik namunasi boʻlib, oʻz konstruktori Gustave Eiffel sharafiga nomlangan va yiliga 5,5 million kishi tashrif buyuruvchi turizmning mashhur ob’yektidir. Qurilish ishlari 300 ishchi bilan 2 yil – 1887 yilning yanvar oyidan 1889 yilning mart oyigacha boʻlgan oraliqda bajarilgan. […]
04.04.2024 | 00:53
435
31-MART:
– Korney Ivanovich Chukovskiy (taxallusi; asl ism-sharifi Korneychukov Nikolay Vasilyevich) – rus yozuvchisi, bolalar shoiri, tarjimon va adabiyotshunos. Ijodining asosiy qismini bolalarga bagʻishlangan asarlar tashkil etadi. Asarlari asosida koʻplab ertakspektakllar, multfilmlar yaratilgan. U tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi asarlari bilan ham tanilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda yashagan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.– Oktavio Pas (Oktavio Paz) […]
04.04.2024 | 00:51
230
29-MART – SHOIR, PUBLITSIST VA TARJIMON MIRAZIZ A’ZAM TAVALLUD TOPGAN KUN
Miraziz Aʼzam Toshkent telestudiyasida, “Gʻuncha” bolalar oynomasida, “Yosh gvardiya”, Gʻafur Gʻulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlab kelgan. Ko‘p yillar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib xizmat qilgan. Miraziz Aʼzamning birinchi sheʼri talabalik davrida “Gʻalati tush” (1960) nomi bilan chop qilingan. Miraziz Aʼzam turk, rus, nemis adiblarining asarlarini tarjima qilgan. Shuningdek, islom madaniyatiga oid tarjimalari ham […]
04.04.2024 | 00:48
753
28-MART – RUS SOVET YOZUVCHISI VA JAMOAT ARBOBI MAKSIM GORKIY TAVALLUD TOPGAN KUN
Maksim Gorkiy (asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov) – rus va sovet yozuvchisi va jamoat arbobi. Sobiq Ittifoq Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi raisi. Besh marta Adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan. U rus adabiyotida Amir Temur siymosiga ilk bor murojaat etgan yozuvchidir. Gorkiy asarlari 1930-yillarning boshida dastlab Choʻlpon, keyinchalik Abdulla Qahhor, Oybek, Hamid Olimjon, Mirzakalon […]
04.04.2024 | 00:46
413
28-MART – OʻZBEKISTON XALQ ARTISTI, AKTYOR VA REJISSYOR BAXTIYOR IXTIYOROV TAVALLUD TOPGAN KUN
– 1940-yil 28-mart kuni Buxoro shahrining Tabibon mahallasida zamonasining fozil kishilaridan Mulla Ixtiyori Xushxatning farzandi, sanʼatkor Ahmad Muxtorovich Ixtiyorov oilasida tavallud topdi. ”Oʻzbekiston xalq artisti” unvoni va “Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.– Kinodagi yirik rollari: Hasan (“Ajoyib xayolparast”), Baxtiyor (“Choʻl usti osmon”), Baxtiyor (“Yor-yor”), Qoʻgʻirchoqboz (“Oʻtgan kunlar”), Hofiz (“Nodirabegim”), Yettinchi jin (“Yettinchi jin”), Suhrob (“Abu […]
04.04.2024 | 00:44
546
27-MART – XALQARO TEATR KUNI
– “Teatr kuni” dastlab 1948-yilda Pragada (Chexoslovakiya) joriy etilgan. Keyinchalik 1961-yilda UNESСO qoshidagi Xalqaro teatr institutining IX Kongressi delegatlari tashabbusi bilan bu kun “Butunjahon teatr kuni” deb e’lon qilindi.– Xalqaro teatr kuni – teatrda faoliyat olib boruvchi aktyorlar, teatr rejissyorlari, dramaturglar, prodyuserlar, yorugʻlik bo‘yicha texniklar, ovoz muhandislari, montajchi va hatto chiptachilar va garderob xizmatchilarining ham […]
04.04.2024 | 00:42
499
26-MART –“GOOGLE” QIDIRUV TIZIMINING ASOSCHISI LOURENS PEYJ TAVALLUD TOPGAN KUN
Qiziqarli faktlar:– Amerikalik biznesmen, kompyuter muhandisi va internet-tadbirkori Lourens Peyj 1973-yil tavallud topgan. “Google”ga do‘sti Sergey Brin bilan birga asos solgan.– Agar Google xodimi vafot etsa, uning oilasiga xodimning o‘n yillik ish haqining yarmiga teng to‘lov bir yo‘la to‘lanadi, farzandlariga esa ular 19 yoshga to‘lgunicha har oyda ming dollardan berib turiladi.– Google reklamadan yiliga 20 […]
04.04.2024 | 00:38
254
25-MART – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN MADANIYAT XODIMI, SHOIR SA’DULLA HAKIM TAVALLUD TOPGAN KUN
1951-yil 25-martda Jizzax viloyati, Forish tumanidagi Garasha qishlog‘ida tug‘ilgan. “Hamal tonglari“ (1981), “Sen kutgan bahor“ (1986), “Yoz oqshomi“ (1996), “Ona so‘z“ (2000), “Saylanma“ (2001), “Ko‘ngil yuzi“ (2006), “Esimda qolganlar“, “Atom qaʼriga sayohat“, “Ko‘hna naql“ (2011), “Oqsaroy“ asarlari; “Bola Botir“ (2013), “Olis yulduz“ dostonlari muallifi. Gyote, Pushkin, Lermontov, Yesenin, Yunus Emro kabi shoirlarning sheʼrlarini tarjima qilgan.
04.04.2024 | 00:35
267