05.04.2024 | 13:26
1075
TURKISTON TARIXI

Milliy maktablarda o‘qulmoq uchun milliy tarix kitoblarning luzumi har kimga ma’lumdir. Har millat va har qavm maktablarinda avvalo o‘zlarining milliy tarixlarini o‘qutmaktadirlar. Ibtidoiy maktablardan maqsud ham o‘z ona tilini bildurub, o‘z adabiyoti ila oshno qilmak, bilvosita yosh o‘smir bolalarning muloyim qalblarina millat ham vatanga muhabbat urug‘ini sochmak; milliy til, milliy adabiyot va milliy tarix ila onlarning fikrlarini tanvir etmakdan iboratdir. Shul muhabbat habbasini o‘sdirub, bolalarning hissiyoti milliyalarini uyg‘otmak va onlarni chin va haqiqiy millat xodimi qilmoq uchun onlarg‘a milliy tarix o‘qutmoq labudda minhudir (shartdir-Z.A.). Shuning uchun madaniy va mutaraqqiy millatlar o‘z milliy tarixlariga ziyoda ahamiyat beradirlar. Tarix ilmiga ahamiyat berganlari kabi oning olimlarini – muarrixlarini ham e’zoz va takrim qiladirlar. Lekin maattaassuf bizim Turkistonda bu kungacha “tarix”ga ahamiyat berilmadi. Maktablarimiz uchun milliy tarix kitobi (Turkiston tarixi) yozilmadi.
Shu sababdan bo‘lsa kerak, maktablarimizda o‘qugan va o‘qub chiqqan bolalarimizda milliy ruh va milliy hissiyot bo‘lmay, millat uchun oz tahti dil (yurakdan-Z.A.) xizmat qilganlari ko‘rinmaydi…
Tarix o‘qumag‘onlikdan kelgan zararlar sanabgina bitirurlik emas: o‘z milliy tarixini bilmagan millat, o‘z otasini bilmagan “…”dan tug‘ilgan bir bolaga o‘xshaydir. Tarixi majhul bo‘lgan millatni istagan qadar tahqir qilurlar, vahshat va jaholatga nisbat berurlar, nohaq iftirolar qilurlar. Ammo ul millat voqe’da go‘yo yaxshi otaning bolasi bo‘lsa ham milliy tarixdan, ya’ni ota-bobosining dunyoda nechuk umr surganlaridan xabarsiz bo‘lgani uchun boshqalar tarafidan qilingan iftirolardan o‘zini poklamak va onlar tarafidan suykalgan qoralarni oqlamakdan ojiz qolaroq, turli haqorat va bo‘htonlarni bo‘yniga olmoqqa majbur bo‘lur. Bu satrlarni yozmoqdan maqsudim tarix bilmaganlarni tahqir qilmoq emas, balki onlarg‘a tarixning ahamiyatini bildirmak va shuning ila barobar milliy tarix vujudga kelturmak uchun onlarni targ‘ib va tashviq qilmakdir.
Hozirda bu masalaning qimmat va ahamiyatini maktab muallimlari bila boshladilar. Faqat kitob yo‘qlikdan bolalarga o‘qutmoq xosiyatindan mahrumdirlar.
Zotan tarix ahamiyatli bir ilmdir. Agar ahamiyatsiz o‘lsa, Qur’oni Karim va boshqa kutubi samoviya sahifalarina darj etilmas (bitilmas-Z.A.) edi. Demak, tarix muhim bir darsdir. Bir millatning butun ahvoli ruhiyasi – jamiyati bashariya va hayoti ijtimoiyada o‘ynag‘on roli yolg‘uz shul tarix vositasi ila bilinur. Tarix millatning joni – ruhi, moddiy va ma’naviy hayotidir…
Tarixning ahamiyati har kimga ma’lum bo‘lganidan bu haqda so‘zni uzoq cho‘zub tururg‘a hojat ko‘rmayman. Faqat boshqa hech bir ishga qaramasdan, soatlar va daqiqalarni uzdirmasdan tezlik ila maktablarimiz uchun “Turkiston tarixi” yozmoq lozimdir.
Muni kim yozar?
Bu masalaning javobini qoriylarimiz va ziyolilarimiz bersunlar.
Nushiravon YOVUSHEV
“Sadoyi Turkiston” gazetasi 1914-yil, 17-sonidan
Zaynobiddin ABDIRASHIDOV nashrga tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



