KUTUBXONA
Muallif: admin
Dzyudochi Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi
28-iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasi Parij olimpiadasida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Dzyudo bahslarida -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova finalda Tokio-2020 o‘yinlarida -48 kg vazn toifasida oltin medal egasi kosovolik Distriya Krasnikaga qarshi tatamiga chiqdi va uni yutdi. Diyora bu orqali dzyudo bo‘yicha Olimpiada musobaqalarida O‘zbekiston tarixidagi ilk g‘olib ayol sportchi bo‘ldi. Keldiyorova yarim […]
29.07.2024 | 09:23
729
“CHAYON” VA “CHO‘L CHAYONI”NING NISHTARI
Ilk hajviy nashrlar xususida Jadid matbuoti nashrlari orasida 1917-1918-yillarda “Chayan” shirkati tomonidan Toshkentda nashr etilgan “Chayon” hajviy jurnali alohida o‘rin tutadi. Turkistondagi ilk bu hajviy nashr 1917-yil iyul oyidan chiqa boshlagan. “O‘n besh kunda bir marta chiqaturg‘on adabiy, siyosiy, hajviy, kulgi va rasmli jurnal”ning mas’ul rahbarlari tataristonlik taraqqiyparvar jurnalistlar Ibrohim Tohiriy va Xalaf To‘lakov edi. […]
28.07.2024 | 14:56
768
INSON VA VATAN HURRIYATI
Yurtning har bir fuqarosini e’zozlagan, inson xotirasiga ehtirom ko‘rsatgan mamlakatda adolat hukmron bo‘ladi. Zero, har qanday odam tabiatan odil hukmga, yaxshi so‘zga hamisha zarurat sezadi. Erkin yashash qadim-qadimdan to hanuz zamin ahlining orzusidir. Bashariyat tarixida, xususan, biz guvohi bo‘lgan XX asrda shunday qabohatlar, xunrezlik va adolatsizliklar bo‘lgan ediki, unga nom topish mushkul. Xususan, 30-yillar qatlidan yuraklarda qolgan zaxm yaralari […]
28.07.2024 | 13:37
481
Isroil urushga oid kelishuv boʻyicha yangi taklifni ilgari surmoqda
Isroil garovga olinganlarni ozod qilish va Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvga HAMAS askarlarining anklav janubidan shimolga harakatlanishiga toʻsqinlik qiluvchi mexanizm yaratish haqidagi bandni kiritishni taklif etdi. Isroilning yangi rejasidan AQSh xabardor. Taklif, jumladan, kelishuvning birinchi bosqichida Isroil armiyasini Gʻazo sektorida qayta joylashtirish rejasiga oʻzgartirishlar kiritishni talab qiladi. Lekin Isroil tomoni birinchi bosqichda oʻz armiyasini […]
28.07.2024 | 10:01
278
Ekologiya vazirligiga qoʻshimcha vakolatlar berildi
“Respublikada ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoniga koʻra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vakolatlar berildi: 2024-yil 1-oktabrdan ovchilarga ovchilik yoʻllanmasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalar asosida elektron dastur orqali beriladi. 2024-yil 1-oktabrdan ovchilik guvohnomasini berishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi, jumladan: 2024-yil 1-sentabrdan yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish […]
28.07.2024 | 09:52
212
Qariyb 47 foiz abituriyent oʻtish ballini toʻplay olmadi
O‘zbekiston OTMlariga 2024-yilgi kirish imtihonlarida testga kirgan abituriyentlarning 345 ming 869 nafari (46,9 foiz) o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi. 56,7 dan koʻproq ball toʻplagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi. Oʻtgan yilgi holat bilan solishtirganda, ahvo nisbatan yaxshilangan. Umuman olganda, yildan yilga yaxshi tomonga oʻzgarish bor. Oʻtgan […]
28.07.2024 | 09:47
382
Eronda soʻnggi 50 yillikdagi eng issiq harorat kuzatilmoqda
Eronda tungi haroratlarning juda ham yuqori boʻlgan issiq toʻlqini kuzatilmoqda. Masalan, poytaxt Tehronda tungi minimum haroratlar +37 darajadan pastlaganicha yoʻq. Mazkur issiqlik toʻlqini kuchli termal tushkunlik va uning ortidan energetik zoʻriqishni keltirib, Eron hukumati dam olish kunlari koʻplab davlat muassasalarida elektr enegiyasi yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatgan. Eron janubida +50 daraja issiq harorat oqibatida kishilarda oftob […]
28.07.2024 | 09:37
276
Nigina Oʻktamova avtomatik tarzda keyingi bosqichga chiqdi
Nigina Oʻktamova avtomatik tarzda keyingi bosqichga chiqdi. Uning misrlik raqibasi jangga chiqishdan bosh tortdi. Shu tarzda Nigina keyingi bosqichga yoʻl oldi. Endi u navbatdagi jangini KXDR vakilasi Cholmi Pangga qarshi bahs olib boradi.
27.07.2024 | 18:34
602
“Hindlarning Zahiriddin Muhammad Boburga atab film suratga olayotgani haqiqatdan yiroq” – Otabek Hasanov
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov hindlar Zahiriddin Muhammad Boburga atab film suratga olayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. “Buyuk bobokalonimiz bilan bogʻliq tarix haqida dunyo ahlini chalgʻitish kabi bu holat mamlakatimiz jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab boʻldi. Shu […]
27.07.2024 | 17:56
676
Bu galgi saylovlar avvalgilariga nisbatan kuchli raqobat muhitida o‘tadi
Parlament va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga start berilganidan so‘ng siyosiy partiyalar va ularning yetakchilari munosabat bildirib, o‘z bayonotlarini e’lon qilmoqda. Aktam Haitov, O‘zLiDeP raisi: –Bu yil mamlakat parlamentiga saylovlar mutlaqo yangicha – aralash saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tayotgani ham siyosiy partiyalardan nihoyatda faollashishni talab qiladi. Ya’ni, bu yil saylovchilar nafaqat nomzodlarga, balki partiyalarga […]
27.07.2024 | 15:13
295
Ertaga Parij Olimpiadasida boks bahslari start oladi
Birinchi bahsni 57 kg vazn bo‘yicha Nigina Oʻktamova misrlik raqibi Yomna Ayyad bilan olib boradi. 27-iyul – 1-avgust kunlari uchun bokschilarimizning janglari bilan tanishing: 27-iyul: -57 kg: Nigina Oʻktamova – Yomna Ayad (Misr) 28-iyul: -92 kg: Lazizbek Mullojonov – Aziz Muhiddin (Italiya) 29-iyul: -63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Migel Martinez (Meksika) +92 kg: Bahodir Jalolov […]
26.07.2024 | 18:38
385
Badavlat mamlakatlar muhojirlarni xushlamay bormoqda
Boy davlatlar muhojirlar soni ortib borayotganiga qarshi “qo‘zg‘olon ko‘tarib”, migratsiya siyosatini kuchaytirmoqda. Bu esa o‘z natijalarini bermoqda — migratsiya bumi nihoyasiga yetayotgandek, ammo bunday choralar iqtisodiyotga katta zarar yetkazishi mumkin, deb yozdi The Economist nashri. So‘nggi 3 yilda 15 million kishi rivojlangan mamlakatlarga ko‘chib o‘tgan, bu zamonaviy tarixdagi eng katta o‘sish hisoblanadi. O‘tgan yili AQShga […]
26.07.2024 | 15:52
249
Timur Kapadze Misrga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Misrga qarshi ertangi uchrashuv oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Tayyorgarlik haqida “Kecha Nant shahriga yetib keldik, tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Oldimizda Misrga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Eng asosiysi — hamma sogʻ-salomat, biroq bitta yoʻqotishimiz bor. Himoyachimiz Ibrohimhalil oilaviy sabablarga koʻra terma jamoa ixtiyorini tark etishga majbur boʻldi. Lekin […]
26.07.2024 | 15:40
287
Oʻzbekiston 121 davlat ichida eng xavfsizi deb topildi
Oʻzbekiston 121 mamlakatni oʻz ichiga olgan “Safety Perception Index 2023” – dunyoning eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-oʻrinni egalladi. Foto: Abdumannon Muhammad Unda Oʻzbekiston fuqarolar hayoti va sayohat qilishi uchun xavf darajasi minimal ekani aytilgan. Eng xavfsiz mamlakatlar yuqori beshtaligidan, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Norvegiya va Estoniya joy oldi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozogʻiston 14, […]
26.07.2024 | 15:20
336
“ADM Jizzakh” elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarishni taklif qildi
“ADM Jizzakh” elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarishni taklif qildi. Bu haqda 26-iyul kuni avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasi tadbirkorlari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda avtomobil zavodi bosh direktori Doniyor Davletiyarov ma’lum qildi. Uning aytishicha, O‘zbekistondagi avtomobil bozori “haddan tashqari to‘yingan va qizigan”, shuning uchun u jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga solishni taklif etdi. […]
26.07.2024 | 15:16
237
Oʻzbekiston Misrga qarshi oq libosda maydonga tushadi
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi ertaga Parij Olimpiadasidagi navbatdagi oʻyinini Misrga qarshi oʻtkazadi. Mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda maydonga tushadi. Uchrashuvni esa okeaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Kavana-Vauf Kempbell (Yangi Zelandiya), unga qanotlarda Trevis Isaak (Yangi Zelandiya) va Mutukera Bernard (Solomon orollari) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Hamilton […]
26.07.2024 | 14:33
277
Shavkat Mirziyoyev mehnat taʼtiliga chiqdi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 26-iyuldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi. Shavkat Mirziyoyev 22-aprelda ham qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi. Oldingi safar esa 2023-yilning dekabrida ta’til olgan. Shuningdek, davlat rahbari 2022-yil va 2021-yil yanvarlarida ta’tilda boʻlgan. Prezidentning mehnat ta’tili “Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunning 4-moddasiga binoan, prezidentga muddati 36 ish kunidan iborat yillik […]
26.07.2024 | 12:05
407
Dam olish kunlari havo juda issiq boʻladi
Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo kam bulutli va juda issiq boʻladi. Hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari 38-43 daraja, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-45 daraja issiqqacha koʻtariladi. Foto: Abdumannon Muhammad Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, […]
26.07.2024 | 11:39
307
Oʻzbekistonda parlament saylovi 27-oktabr kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi 27-oktabr kuni parlament saylovi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Saylovoldi tashviqoti 26-iyuldan boshlandi. Saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkaziladi. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod […]
26.07.2024 | 10:38
381
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi safidan ketdi
Ayni paytda, Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev oilaviy sabablarga ko‘ra terma jamoa ixtiyorini vaqtinchalik tark etdi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi. Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur o‘yinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.
26.07.2024 | 09:52
633
Hindlar “Bobur – Mo’g’ul imperatori” nomli film suratga olishmoqda
Nitish Tivari rejissyorligida “Bobur – Mo’g’ul imperatori” nomli film tasvirga olinmoqda. Prodyuseri Karan Johar hisoblanadi. Film ssenariysi Boburning xotiralari jamlanmasi hisoblangan “Boburnoma”ga asoslangan. Filmda Shohrux Xon, Ajay Devgan, Ayshvariya Ray, Navazuddin Siddiqiy va Randip Huda, Amitabh Bachchan, Farida Jalol, Kunal Kapur va Sonu Sud asosiy rollarni ijro etgan. Suratga olish ishlari 2022-yilda boshlangan bo‘lib, hozirda […]
25.07.2024 | 19:48
895