Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 14:41

img382

AYOL SHAʼNI

Eng avval Onaga – ayolga taʼzim,

Taʼzimdir mushtipar opa-singilga.

Bosgan izi asli – yurt xaritasi,

Taʼzim boʻlsin yorga, darddosh koʻngilga.

“Vatanni sevaman” degan izhorni

Aytmasdan, jim yurish mumkindir, illo.

Lek aziz ayolga bir dasta gulday,

“Sevaman!” soʻzini aytmaslik gunoh!

Ana shu ayolning koʻksidagi nur,

Bu sovuq olamni sirga oʻragan.

Oʻzidan zerikkan, kulgusi salqi,

Bemurod dunyoning labin boʻyagan.

Ayolning qudrati bir uyum toshdan

Borliqqa Tojmahal hadyalar etgan.

Shu aziz siymoning oʻt nigohidan

Zamin qitʼalarga boʻlinib ketgan.

Oʻzi-chun yashashni unutib goho,

Muhabbat tongida oyday balqqanim.

Oʻzbek ayoli ham bordir shu safda

Oʻlmasin bolam, deb tugʻday qalqqanim.

Qiyomat kunida, Mahshar tongida

Onalar farzanddan tonayotgan dam.

“Voh, bolam!” deb birov boʻzlasa nogoh,

Bu oʻzbek onasi, beshak, muhtaram.

Oʻzi bir shtat ish – oʻzbek boʻlmoqlik,

Oʻzbek ayoli bu – ikki bor yashash.

Bu nomni koʻtarmoq uchun qancha kuch,

Qanchalar ulugʻlik, matonat, kurash…

Va buyuk muhabbat kerak boʻladi,

Bu ulugʻ sharafni pok tutmoq uchun.

Mehr tilanmaydi, qozoniladi,

Kuch kerak! Sabrni jim yutmoq uchun!

Ey, siz aziz ayol nomidan soʻzlab,

Eng goʻzal bogʻimga tegayotganlar.

Bir bor kelinchakday egilmay turib,

Mening ham boshimni egayotganlar.

Nomus matosini koʻchaga yoyib,

Quyosh yuziga kul sochayotganlar.

Xudo bilan ayol oʻrtasidagi

Eng pinhon darchani ochayotganlar.

Ey, ahli gumonlar, biling olamda

Haliyam oshiqlar va hijron bordir.

Haliyam kimgadir visol hurmati

Titrab turgan gulning jamoli yordir.

Ha! Nedir sir boʻlib qolishi kerak!

Nelarningdir pinhon turgani zebo.

Kimdir hayo tutgan parda ortida

Nozik entikkanda portlasin dunyo.

2.

Vatan haqidagi nutqdir, shubhasiz,

Ayolning nomidan aytar har soʻzim.

Shu sabab bu qutlugʻ kalom oldidan,

Taʼzim, deyman faqat, poyiga taʼzim!

Shodmonqul SALOM

‘‘Jadid” gazetasi 2024-yil 15-mart 12-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img79

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593