12.11.2024 | 10:48
514
BAHRAMANDLIK BAXTI
Azaldan Samarqand dunyo sivilizatsiyasi markazlaridan biri hisoblanadi. “Zamin sayqali” deb ta’riflangan bu shahardan ko‘p olim va mutafakkirlar yetishib chiqqan va ular jahon tamadduni rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Birgina hadisshunoslik yo‘nalishida mingdan ortiq muhaddislar Samarqandda yashab barakali ijod qilgan. XV asrning buyuk shoir va mutafakkiri Abdurahmon Jomiy ham bir muddat Samarqandda ta’lim olgan va dars bergan. U 21 yoshida nujum (astronomiya) ilmi bo‘yicha risola yozib, Samarqandga jo‘natadi. Qozizoda Rumiy bu risolani o‘qib chiqqach, Jomiyning favqulodda iste’dodini hisobga olib, uni Samarqandga taklif qiladi.

Jomiy shaharga kelib, Qozizoda Rumiydan matematika, hisob va nujum ilmlarini o‘rganadi. Shuningdek, Ali Qushchi va Fazlulloh Abulays kabi olimlarning bilim va tajribalaridan bahramand bo‘ladi. U Hirotda bo‘lgan paytida ham samarqandlik olimlardan saboq olgan. Akademik Botir Valixo‘jayevga ko‘ra, Hirotda Jomiyga Mir Sayid Jurjoniyning shogirdi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy dars bergan. U buyuk olimlardan asosiy ilmlarni o‘rgangandan keyin Mirzo Ulug‘bek madrasasida 1452-yilgacha faoliyat yuritgan.
Qozizoda Rumiy Mirzo Ulug‘bekning Samarqandda bo‘lib o‘tgan majlisida Abdurahmon Jomiyga ishora qilib, bunday yosh zakovatli inson so‘nggi 500 yil ichida Amu daryosidan Movarounnahr diyoriga o‘tmaganini ta’kidlaydi.
Mavlono Abdurahmon Jomiy jahon ilm-u madaniyatining boshqa buyuk namoyandalari kabi barcha xalqlarning sevimli shoiriga aylangan. Uning asarlari turli tillarga tarjima qilingan va nashr etilgani buning dalilidir. Jomiy tafakkuri mahsuli hech qachon biror til yoki davr bilan cheklanib qolmagan. O‘zbekistonda ham Jomiyning ilmiy va adabiy merosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2018-yili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi munosabati bilan taniqli adabiyotshunos Olimjon Davlatov ssenariysi asosida “Abdurahmon Jomiy” nomli film suratga olingani bu buyuk mutafakkirga bo‘lgan hurmat va ehtirom ramzidir.
O‘zbekistondagi kutubxonalarda Abdurahmon Jomiy ilmiy va adabiy asarlarining yuzlab qo‘lyozmalari nusxasi Samarqand davlat universiteti kutubxonasida saqlanadi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Fanlar akademiyasidagi Sharqshunoslik institutida mutafakkir shoir asarlarining 550 ta qo‘lyozma nusxasi mavjud. Ular kelgusidagi tadqiqotlar uchun katta manba bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, Jomiy asarlari asosida ishlangan miniatyuralar ham muzey va kutubxonalardan joy olgan.
O‘zbekistonda jomiyshunoslik kun sayin rivojlanmoqda. Samarqand davlat universiteti va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalarida Jomiy asarlarini o‘rganish va tadqiq qilish ishlari izchil davom etmoqda. Yaqinda SamDU dotsentlari S.Majidova va D.Nazarova tadqiqot ishlarini Jomiy ijodi bo‘yicha himoya qilganlari buning isbotidir.
Mutafakkir shoirning 600 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda “Jomiyning ijod olami” nomli ilmiy maqolalar to‘plami nashr etildi. Undan O‘zbekiston olimlarining Jomiy hayoti va ijodi bo‘yicha ilmiy mulohazalari joy olgan.
2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zboshisi bilan Jomiyning “Muhabbat mahzani” kitobi nashr etildi va Tojikiston Prezidentiga taqdim qilindi. Taniqli shoir va tarjimon Mirzo Kenjabek mazkur to‘plamga mutafakkir shoir asarlarining eng sara tarjimalarini kiritgan. Ayni paytda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamda “Tojikfilm” hamkorligida “Jomiy va Navoiy” badiiy filmini yaratish jarayoni davom etmoqda. Bu ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlar bo‘yicha muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Movarounnahr xalqiga Abdurahmon Jomiyning muhabbati cheksiz edi.
Uning “Tuhfat ul-ahror” masnaviysi hamda boshqa asarlari naqshbandiya tariqati vakili, Samarqandning buyuk allomasi Xoja Ahror Valiyga bag‘ishlangani xalqimizga insoniy hurmat va muhabbati cheksizligini yana bir karra tasdiqlaydi.
Xusrav HAMIDOV,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
“Jadid” gazetasining 2024-yil 8-noyabrdagi 46-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



