Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 18:10

img257

KO‘NGILDOSHLIK

Ikki buyuk alloma, ikki benazir shoir va mutafakkir — hazrat Abdurahmon Jomiy bilan hazrat Alisher Navoiy o‘rtalaridagi pir-muridlik, ustoz-shogirdlik, do‘stlik va ilmiy-ijodiy hamkorlik munosabatlari butun olam ahliga saboq bo‘lgulik ulkan hodisadir. Bu ko‘ngildoshlik aloqalari ikki aziz zotning bir-birlariga yo‘llagan xatlari — munshaot va ruq’alarida ravshan namoyon bo‘ladi.

Hazrat Navoiy o‘zlariga kelgan barcha maktublarni, xossatan, hazrat Jomiyning xatlarini jamlab, bir to‘plam tuzganlar. Mazkur maktublardan hamda hazrat Navoiyning “Munshaot” asaridan ma’lum bo‘ladiki, Sharq adabiyotida maktubnavislik odobi va madaniyati XV asrdayoq kamoliga yetgandir. Agar bunga o‘xshash muloqotlar o‘sha asrda boshqa millatlar adabiyotida yuz ko‘rsatsa edi, ular buni dunyoga ovoza qilgan bo‘lar edilar.

Mavlono Jomiy maktublarining ko‘pi hojatmand shaxslarning manfaati uchun yozilgan arizalar tarzida bo‘lib, garchi sodda tuyulsa-da, ular orqali muallif hazrat Navoiyga ulug‘ vazir va davlat arbobiga ko‘rsatiladigan hurmat-ehtiromni ko‘rsatadilar. Maktublardan Mavlono Jomiy doimo jamiyat hayoti bilan hamnafas yashagani, davrning hamma sohalariga faol aralashgani, masalani katta yoki kichik deb ajratmasdan, har bir ishni muhim sanagani, inson taqdiriga befarq bo‘lmasdan, o‘zlariga murojaat qilgan har bir shaxsning hayotiga jonkuyarlik bilan yondoshgani anglashiladi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur maktub­larda muallifning avvalo “Insonlarning eng yaxshisi insonlarga (ko‘proq) manfaati tegadiganidir”, degan muborak hadisga go‘zal holda amal qilgani, ikkinchidan, Naqshbandiya tariqatining ulug‘ shiorlari bo‘lmish “Ko‘ngil Eshda, qo‘l ishda”, “Zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan” qoidalariga chiroyli rioyat etganini kuzatish mumkin.

Marhum olim Asomiddin O‘rinboyevning Moil Hiraviy ishtirokida tuzgan “Nomahoyi dastnavisi Jomiy” (“Jomiyning qo‘lyozma maktublari”) kitobi XX asarda Kobulda nashr etilgan. Yana Asomiddin O‘rinboyev maktublardan bir qismini rus tiliga tarjima qilib, “Письма-афтографы Абдаррахмана Джами из “Альбома Навоий” (“Abdurahmon Jomiyning “Navoiy albomi”da jamlangan maktub-dastxatlari”) nomli kitobda (1982) nashr ettirgan hamda xatlarning arabcha yozuvdagi nusxasini kitobga ilova qilgan. So‘ng taniqli olim Mahmud Hasaniy “Jomiy va Navoiy” kitobida bu xatlardan bir qanchasini o‘zbek, tojik va rus tillarida (1989) nashr ettirdi. “Navoiy albomi”dagi xatlarni to‘liq va sifatli tarjima qilib nashr etish – XV asr maktubnavislik san’atini tadqiq etishda, ikki buyuk mutafakkir hayotining jamiyat hayoti bilan bog‘liq qirralarini o‘rganishda, xat janridagi ulug‘ odob va amaliyot odoblarini hayotga tatbiq etishda beqiyos ahamiyatga egadir.

Mavlono Abdurahmon Jomiyning hazrat Alisher Navoiyga yozgan maktublari orasida sulton Mirzo Ulug‘bekning benazir shogirdi, buyuk alloma Ali Qushchi haqidagi uchta maxsus xati bor. Chamasi, bu maktublarning birinchisida Ali Qushchining Rumga (bugungi Triyaga) ketish voqeasiga ishorat bor.

Mirzo KENJABEK 537-maktub

Hojatmandlik izhoridan so‘ng arzimiz shulki, janob Mavlono Alouddin Ali Qushchining ahli oilasi Samarqanddan (Hirotga) keldilar va u zotning (ya’ni Ali Qushchining) orqasidan bormoqchilar. (Ular) yo‘l yorlig‘iga muhtojdirlar. Sizdan iltimos shulki, inoyat ko‘rsatib, bir harakat qilsalar, chunki ular tezroq (otalariga) yetib olishni istaydilar. Tavfiq rafiq bo‘lsin!

Faqir Abdurahmon Jomiy 233-maktub

Hojatmandlik izhoridan so‘ng, arzimiz shulki, Mavlono ­Aloud­din Ali (Qushchi) qayerga borsalar, (odamlar) u kishiga nisbatan hurmat va ehtirom ko‘rsatishni o‘zlariga vojib deb bilishlari, uning xesh-aqrabolariga hech bir vajhdan to‘sqinlik qilmasliklari va ulovlarini tortib olmasliklari haqida bir yorliq chiqarilishini iltimos qiladilar. Umidimiz shulki, o‘zlari inoyat ko‘rsatib, bu borada bir harakat qilsalar. Tavfiq rafiq bo‘lsin! Vassalom!..                                                                    

Faqir Abdurahmon Jomiy 350-maktub

Hojatmandlik izhoridan so‘ng, arzimiz shulki, janobi Mavlono Alouddin Ali Qushchi, ilgari arz qilganimizdek, ijozat so‘rash borasida (bizni) juda qiyin-qistovga olyaptilar va ko‘ngillari qattiq ranjiganini ko‘p izhor qilyaptilar. Iltimos shulki, inoyat ko‘rsatib, shunday qilsangizki, unga ijozat tezroq berilsa! Vassalo

Faqir Abdurahmon Jomiy

2024-yil 2-fevral 6-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596