Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.08.2026 | 17:25

img1295

BARQARORLIK, ADOLAT VA ISLOHOTLAR SUR’ATI

O‘tgan bir hafta davomida O‘zbekistonning tashqi siyosati, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy kun tartibi strategik islohotlarning yangi bosqichiga o‘tganini ko‘rsatdi. Qirg‘iz Respublikasiga amalga oshirilgan tashrif, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan taqdimotlar va hisobotlar energetika mustaqilligi, ijtimoiy himoya, davlat xizmatida adolatni ta’minlash, kadastr xizmatlarini soddalashtirish va oziq-ovqat xavfsizligi kabi eng muhim sohalarni qamrab oldi.

O‘ZARO ISHONCH IFODASI

Xalqaro huquqda “ittifoqchilik” davlatlararo aloqalarning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Bu kelishuv Toshkent va Bishkekning mintaqaviy xavfsizlik, tashqi siyosat va strategik masalalarda bir-birini mutlaq qo‘llab-quvvatlaydigan yagona blok sifatida harakat qilishini kafolatlaydi. Ana shu jihatlari bilan u Markaziy Osiyodagi barqarorlikning asosiy ustuniga aylanadi.

Siyosiy yaqinlashuvning mustahkam poydevori aynan iqtisodiy va savdo ko‘rsatkichlarida namoyon bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi deyarli 10 barobarga oshdi. Erishilgan muvaffaqiyatlar bilan cheklanib qolmagan holda, davlat rahbarlari yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydilar. Buning uchun savdodagi tarif va notarif to‘siqlar to‘liq olib tashlanadi; chegaraoldi savdo zonalari va sanoat kooperatsiyasi markazlari (“Markaziy Osiyo” kabi) kengaytiriladi.

Fitosanitariya va bojxona tartib-omillari soddalashtiriladi. Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari va biznes vakillari tomonidan ustuvor sohalarda yangi yirik ishlab chiqarish va kooperatsiya loyihalari kelishib olindi. Maslahat uchrashuvi shuni yaqqol namoyish etdiki, ilgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida mustahkam birlashmoqda. Bu shunchaki geografik qo‘shnichilik bilan cheklanmaydi, aksincha, murakkab xalqaro voqelikka berilgan yagona, qat’iy va oqilona javobdir. Zero, yakka holda global inqirozlar, logistika zanjirlarining uzilishi va iqtisodiy turbulentlikka qarshi turish imkonsiz.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mintaqada mutlaq ishonch muhiti shakllandi. Tarqoqlik ortda qoldi – endilikda yagona bozor, mushtarak xavfsizlik konsepsiyasi va o‘zaro to‘ldiruvchi iqtisodiy integratsiya modeli amal qilmoqda.

Maslahat uchrashuvlari formatidagi eng muhim geosiyosiy yangilik – bu Ozarbayjonning ushbu jarayonlarga to‘laqonli qo‘shilishi bo‘ldi.

Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi, makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda. Ushbu qadamni ham geografik kengayish, ham juda chuqur geoiqtisodiy mantiqqa ega voqelik deb baholash mumkin. Ozarbayjon Markaziy Osiyo uchun Kaspiy orqali Yevropa va Janubiy Kavkazga ochiladigan asosiy logistik darvoza hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari sammitda so‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek, biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda. Ularning yagona transport-energetika va savdo zanjiriga birlashishi Yevroosiyoning qoq yuragida barqaror rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik va yaxshi qo‘shnichilik uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Gap shundaki, Markaziy Osiyo dengiz yo‘llaridan uzoqda joylashgan.

Ozarbayjon mintaqa uchun Yevropa va Janubiy Kavkazga ochiladigan asosiy logistik darvoza va “ko‘prik” vazifasini o‘taydi. Rossiya va Eron atrofidagi geosiyosiy beqarorlik va sanksiyalar fonida Xitoy va Markaziy Osiyo tovarlarini Kaspiy dengizi hamda Ozarbayjon (Boku-Tbilisi-Kars) orqali Yevropaga yetkazib berish – eng xavfsiz va qisqa muqobil yo‘nalishga aylandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab chuqur suv kabellarini yotqizish loyihasini boshladi.

Bu orqali Markaziy Osiyoda ishlab chiqarilgan “yashil” elektr energiyasi Ozarbayjon orqali Yevropaga eksport qilinadi. Boku o‘zining geostrategik joylashuvini yanada mustahkamlaydi. Alyat xalqaro dengiz porti va temir yo‘llari orqali millionlab tonna Markaziy Osiyo va Xitoy yuklari o‘tadi, bu esa Bokuga katta tranzit daromadi va geosiyosiy ustuvorlik imkoniyatini beradi.

Markaziy Osiyo – 85 milliondan ortiq aholiga ega, iqtisodiyoti va sanoati jadal o‘sayotgan bozor. Mintaqa Ozarbayjon investitsiyalari va savdosi uchun ulkan maydondir. Ozarbayjon Markaziy Osiyoning boy resurslariga (uran, kamyob metallar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, neft-gaz) to‘g‘ridan to‘g‘ri va imtiyozli kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon qo‘shilganda dunyo xaritasida yirik kuch markazlari (AQSH, Rossiya, Xitoy, YI) bilan muloqotda o‘z shartlarini qo‘ya oladigan mustaqil geopolitik va geoiqtisodiy blok (makromintaqa) paydo bo‘lmoqda. Kaspiy mintaqasi va Janubiy Kavkaz xavfsizligi Markaziy Osiyo barqarorligi bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu integratsiya tashqi tahdidlar va terrorizmga qarshi birgalikda harakat qilish imkonini beradi. Mazkur birlik Yevroosiyoning markazida yangi barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot shakllanadi.

Markaziy Osiyo endilikda yirik gegemon davlatlar o‘rtasidagi “shaxmat taxtasi” yoki tashqi ta’sir maydoni emas. Mintaqa o‘z qoidalarini o‘zi belgilaydigan mustaqil va kuchli xalqaro subyektga aylandi. Tashqi hamkorlar bilan muloqotda har bir mamlakat yagona va jipslashgan “Markaziy Osiyo ovozi” bilan chiqishi uning global muzokaralardagi mavqeyini keskin oshiradi.

* * *

Davlat xizmati samaradorligini oshirish va kadastr sohasidagi korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish bo‘yicha tub islohotlar e’lon qilindi. Ish haqining atigi 15% qismi maoshdan va 70% qismi aniq natijaga bog‘lanmagan ustamalardan iborat bo‘lgani sababli, bir xil lavozimdagi xodimlar daromadida tengsizlik yuzaga kelayotgan edi. Yangi tizim 54 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab oladi. Hududiy boshqarma xodimlari ish haqi hokimliklardagi o‘xshash lavozimlardan yuqori bo‘lmaydi. I yarim yillikda kelib tushgan 1 million arizaning 30 foizi (330 mingtasi) rad etilgan. Bitta masalani hal qilish uchun fuqarolardan 4-6 talab ariza va ortiqcha to‘lovlar talab qilingan. Byurokratiyaga chek qo‘yish uchun “Bitta ariza – bitta to‘lov” va proaktiv xizmat ko‘rsatish tamoyili kiritiladi.

Yechim shundaki, Markaziy apparat xodimlarining 30 foizi tumanlarga tushiriladi. Ko‘chmas mulk huquqini to‘liq onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish hisobiga 500 ming ariza 10-15 kun o‘rniga bir necha soniyada ko‘rib chiqiladi.

Noqonuniy qurilishni ixtiyoriy bartaraf etganda va birinchi marta muddat buzilganda jarima o‘rniga ogohlantirish beriladi.

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI. GO‘SHT VA SUT TANQISLIGINI YOPISH VA “SMART FERMER”

Aholi soni va turizm oqimining o‘sishi natijasida mamlakatda yillik go‘shtga bo‘lgan talab 2 million 150 ming tonnaga yetgan bo‘lsa, ishlab chiqarish 1 million 600 ming tonnani tashkil etmoqda (defitsit: 550 ming tonna). Shu munosabat bilan 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan 463 million dollarlik kompleks dastur tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Mo‘g‘ulistondan 150 ming bosh qo‘y, Xitoy va Yevropadan 100 ming bosh naslli qoramol va Belarusdan 2 ming bosh mol olib kelinib, qo‘shimcha 44 ming tonna go‘sht olinadi. 432 million dollarlik loyihalar evaziga 2028-yilgacha qo‘shimcha 100 ming tonna parranda go‘shti ishlab chiqariladi.

“O‘zbekiston chorvadorlar uyushmasi” tashkil etiladi. Fermerlar uchun “Smart Fermer” raqamli ilovasi ishga tushiriladi (onlayn veterinar chaqirish, sun’iy urug‘lantirish va SI maslahatlari).

O‘tgan haftadagi Prezident taqdimotlarining umumiy mantig‘i shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan tizimli muammolarni raqamlashtirish, sun’iy intellektni joriy etish, byurokratiyani qisqartirish va adolatli yondashuv orqali hal qilish modeli tanlangan. Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida (energetika, chorvachilik) ishlab chiqarish hajmini oshirish bilan bir vaqtda, davlat xizmatchilarining mehnatga haq to‘lash tizimi shaffoflashtirilmoqda, kadastr va ijtimoiy himoya sohalaridagi to‘siqlar olib tashlanmoqda. Bu islohotlar pirovardida aholi turmush farovonligini oshirish va bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Iqbol MIRZO

“Jadid” gazetasining 2026-yil 7-avgustdagi 32-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img105

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img616

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img612