Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.06.2026 | 14:48

img966

BAYT ZIYORATI

Haqiqiy ijodkor qismati Vatan taqdiri bilan chambarchas bog‘liq keladi. Qaysi mavzuda yozmasin, asarlarining qon tomirida Vatan va Millatga muhabbat tuyg‘usi jo‘sh urib turadi. Ona yurtining yuksalishini ko‘rish – uning uchun quvonch manbayi. Tuqqan elining kamoli – umr mazmuni. Bul havaslardan farqli o‘laroq, chin shoir bu tuyg‘uni suiiste’mol qilmaydi.

So‘z gavharini toshga urmaydi. Uni qalb qo‘rida asraydi. Vatan – uning uchun jon va tan. Millat – or-nomus va sha’n. Tabiat go‘zalligini kuylasa, bu tuyg‘u yo‘ldosh. Orzu-armonini nazm etsa, shu tuyg‘u – sirdosh. Ona zamin uning uchun yurakdagi oh. Ko‘ngli mudom el dardiga dilxoh. O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ana shunday ijodkorlardan. Shoir she’riyati ushbu fikrni tasdiqlaydi.

Baytulloh ziyorati – uni kim ham orzu qilmaydi, deysiz… Yurt rahnamosi hamrohligida xonayi Ka’baga kirib, Yaratgandan Vatan ravnaqini, millat baxtini tilamoq – bu necha yuz milliondan bir kishigagina nasib etadigan ulug‘ saodat! Toleyi kulgan ekan, shoir ana shunday buyuk sharafga noil bo‘ldi. “Millat baxtin so‘rar millat otasi” sarlavhali she’r – ana shu muqaddas ziyorat taassurotlari hosilasi:

Olloh nomi bilan boshladik kalom,
Olloh dargohida eng oliy in’om.
Keldik – dil va tilda labbayka, salom,
Bandaga ravodir Haq hidoyati,
Bizga nasib etmish Bayt ziyorati.

Muxammas shaklidagi she’rning har bandi shukrona ruhidagi “Bizga nasib etmish Bayt ziyorati” satri bilan yakunlangan. Har bir banddagi ushbu va unga qofiyadosh bo‘lib kelgan to‘rtinchi misra butun she’r mazmunini yagona estetik konsepsiya atrofiga birlashtirgan. Natijada so‘z durlari yagona nazm rishtasiga terilgan.

Shoir lak-lak odamzotni yaratgan, mehr-u karamini taratgan, olamni bir joyga – Ka’batullohga qaratgan buyuk Zotni vasf etar ekan:  

Ming-ming hikmat erur bir ishorati,
Bizga nasib etmish Bayt ziyorati, –

deya shukrlar aytadi.

She’rda toabad munavvar shahar – Madinatun Nabiy vasfi, Yurt Egasining muborak ravzada elga ziyolar so‘rab duolar qilgan holati pok niyat va samimiyat, teran mazmun va yuksak badiiyat uyg‘unligida talqin etiladi.

Ana shu muborak dargohdagi holatni muftiy Shayx Nuriddin domla Xoliqnazarov mana bunday hikoya qiladi:

– “Prezidentimiz qo‘llarini duoga ochdilar-da, birinchi duolari: “Yo Rabbiy, duo qabul bo‘ladigan joyda sendan yolvorib so‘rayman, mening xalqimni tinch qilgin! Jonajon Vatanimni obod qilgin!” dedilar. Faqat xalqni so‘rab duo qildilar. Ikkinchi marta o‘zingiz uchun ham duo qiling, deb iltimos qildim. Yana qo‘llarini duoga ochdilar-da: “Yurtimning yoshlarini ilmli qilgin, saodatli qilgin, baxtli qilgin! Yurtimda hech notinchlik bo‘lmasin!”  dedilar. Uchinchi marta yana aytdim: “O‘zingiz uchun ham duo qiling!” Yana xalqni duo qildilar. Men yig‘ladim. Unaqa joyda, azizlar, hech kimda xo‘jako‘rsinlik bo‘lmaydi. Men keyin Prezidentimiz haqlariga duo qildim.

Judayam kamdan kam bo‘ladi, hammaga ham nasib bo‘lmaydi, ularga Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam yashagan, dafn qilingan joyni ochib berdilar. Avval Fotima onamizning uylariga kirib, keyin darchadan payg‘ambarimiz uylariga o‘tilar ekan. Shu yerga dafn qilingan, o‘sha yer matolar bilan o‘rab qo‘yilibdi. Rasululloh oldida turishni tasavvur qiling?! U yerdagi holatni aytib berolmayman…

Rasulullohning yonlarida turibmiz. “Menga kelib salom bersang, alik olaman”, degan zotning oldida “Assalomu alaykum” deb turibmiz. Prezidentimiz “Assalomu allaykum, yo Rasululloh. Men sizga sizning ummatingiz bo‘lgan O‘zbekiston xalqi, mo‘min-musulmonlarining salomini olib keldim, qabul qiling!” dedilar. Keyin hammamiz jo‘r bo‘lib salovat aytdik. So‘ng qibla tomonga qarab, qayta va qayta xalqimiz haqiga duo qildilar”.

Ruhoniyat bilan bog‘liq ana shu ta’sirli holatni shoir mahorat bilan qalamga oladi:

Najot ehromini biz o‘rab keldik,
Eng avval el-yurtga baxt so‘rab keldik,
Ketmas toj-u davlat, taxt so‘rab keldik,
Bordur har duoning o‘z ijobati,
Bizga nasib etmish Bayt ziyorati.  

She’rning keyingi bandi teran mohiyat behad ta’sirli ifodalangani jihatidan qimmatlidir: 

Millat baxtin so‘rar millat otasi,
Ko‘zlardagi yoshlar – dil ifodasi,
Bunda niyatlarning yo‘q nihoyasi.
Maqsad – yurt toleyi, xalq saodati,
Bizga nasib etmish Bayt ziyorati. 

E’tibor berilsa, she’rning nainki har bir satri, hatto har bir so‘zi yagona maqsadga – Yaratgandan yurt toleyi va xalq saodatini so‘rashga qaratilgan. Millat baxtini so‘rayotgan Millat Otasi obrazi she’rga alohida ruh bag‘ishlab turibdi. Pok dil ifodasi bo‘lgan ko‘zlardagi yosh, nihoyasi yo‘q niyatlar bilan bog‘liq talqinlar – barchasi ana shu ezgu maqsadni mujassam etgani samimiy va ta’sirli chiqqan.

Shoirning toza ko‘ngil izhorlari o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Qayerda, qanday holatda bo‘lmasin, el-yurt baxtini o‘ylash Vatanning har bir farzandi uchun farz va qarz ekanini mudom yodga solib turadi. Zero, asl she’rdan ko‘zlangan maqsad ham shu – o‘quvchi shuuriga ta’sir etmoq, uning qalbiga shaxs kamoloti va Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilish tuyg‘usini joylamoqdir.

Nurboy JABBOROV,
filologiya fanlari doktori, professor

“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-maydagi 22-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599