27.05.2024 | 18:11
605
“VATAN MANZUMASI” VILOYATLARDA
Vatanparvarlik tuyg‘usini yoshlarimiz qalbida yanada kamol toptirish yo‘lida adabiy, ma’naviy-ma’rifiy kechalarning o‘z o‘rni bor. Barcha jabhada yakdillik, maqsadlar mushtarakligi, ezgu ishlar yo‘lida birlashish har birimizning oldimizdagi zaruriy vazifalardan biriga aylanib bormoqda.
2023-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, el-yurt farovonligi uchun safarbarlik, vatanparvarlik, mardlik va jasorat singari ezgu fazilatlar aks ettirilgan “Vatan manzumasi” nomli dastur tayyorlanib, jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan edi.
Mazkur adabiy-ma’rifiy kecha Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan islohotlar tufayli yurtimizda shakllangan “Xalq bilan armiya – bir tan-u bir jon” degan ezgu an’anani, ayniqsa, ijodkorlar va harbiy xizmatchilar orasida yakdillikni yanada mustahkamlash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan katta ahamiyatga ega. Dastlab poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida o‘n kundan ziyod uzluksiz namoyish etilgan ushbu adabiy dastur keng jamoatchilikning taklifiga ko‘ra, respublikamizning barcha hududlarida tomoshabinlarga taqdim qilingan edi.
Shundan so‘ng “Vatan manzumasi” dasturi an’anaviy tus olib, joriy yilda ham yangicha ko‘rinish, original ijodiy yondashuvlar asosida muxlislariga taqdim etildi. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, el-yurt farovonligi uchun safarbarlik, Vatanni sevish, mardlik va jasorat singari ezgu fazilatlar ulug‘langan bu galgi dastur ham ziyolilar, yoshlar, harbiy xizmatchilar, talabalar, maktab o‘quvchilari va boshqa ko‘p sonli tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘lmoqda. Zotan, unda bugungi osoyishta hayot, yurtimizdagi ijtimoiy barqarorlik va hamjihatlikning ahamiyati yorqin she’riy-musiqiy kompozisiyalar orqali o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, Vatan oldidagi burchini ado etish chog‘ida mardona halok bo‘lgan harbiylarning porloq xotirasiga ehtirom, davlatimiz tomonidan ularning oilasi va farzandlariga qaratilayotgan e’tibor ham o‘z aksini topganligi ushbu dasturning ta’sirchanligi va tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qilgan.
Shuningdek, dastur davomida mard va jasur askarlarning ona Vatanni asrab-avaylash haqidagi arslonning na’rasidek jaranglaydigan hayqiriqlari, “Alpomish qaytdi eliga” kompozitsiyasi davomida chor atrofdan sahnaga alpqomat yigitlarning chiqib kelishi ham tomoshabinlarga kuchli emotsional ta’sir ko‘rsatmoqda. Taniqli shoirlarning Vatan va ona xalqqa sadoqat tuyg‘usi ifodalangan she’rlarini ijodkor yoshlar qalbdan his qilib, jo‘shib o‘qigani ham tadbir ishtirokchilarini to‘lqinlantirib yuborganiga guvoh bo‘ldik. Dastur mazmun-mohiyatiga mos ravishda tanlangan elparvarlikni madh etadigan qo‘shiqlar ham uning saviyasini oshirishga xizmat qilganini ham alohida ta’kidlash lozim.
Joriy yilning mart oyida “Turkiston” saroyida bir haftadan ziyod turli sohalar vakillariga, yoshlarga namoyish qilingan ushbu dastur ijodkorlari ayni kunlarda hududlarda ijodiy safarni davom ettirishmoqda. Shu kungacha Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlarida muvaffaqiyatli namoyish qilinib, tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
Ma’mura ZOHIDOVA,
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
“Jadid” gazetasi 2024-yil 24-may 22-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
64
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
587
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
584



