Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.07.2025 | 12:43

img755

BEHBUDIYNING XO‘JANDLIK MUHIBLARI

Nu’monjon Gʻafforiy,
tarix fanlari doktori, professor
(Tojikiston Respublikasi):

– Xo‘jandlik Said Boboxon Ahroriy Turkiston jadidlari sarvari bo‘lmish Mahmudxo‘ja Behbudiyning shogirdlari va tarafdorlaridan biridir. U kishi 1910-yilda Xistevarz qishlog‘i va yon-atrofdagi hudud bolalari uchun yangi usul maktabini ochadi.

Ta’lim muassasasining ilk o‘quvchilaridan biri bobom Abdug‘affor Hasanov bo‘lgan. Ahroriy domla vafotidan oldin bobomga “Oyina” jurnalining 68 ta sonini ishonib topshiradi. Ushbu taxlam hozirgacha oilamizning eng qimmatbaho boyligi sifatida e’zozda. Otam, tarixshunos olim Usmonjon Gʻafforov ham ilmiy izlanishlarida ulardan unumli foydalangan.

Men Behbudiyga ixlosi cheksiz bo‘lgan ana shunday oilada o‘sib-ulg‘aydim. Bu ixlos, hatto, qonimizda bor, desam mubolag‘a bo‘lmas. Bobom tez-tez kaminani yoniga chaqirib, ustozidan eshitgan xotiralarni aytib berar, ular orasida albatta, Behbudiyning nurli siymosi porlab turardi.

Ulg‘ayar ekanman, bobom va otamdan eshitganlarim meni ilm yo‘liga boshladi. Olis va mashaqqatli safarda esa Hazrat yodi mayoq kabi porlab turdi. Behbudiyning siyosiy va jamoatchilik faoliyati haqidagi ilk risolam 1997-yili Dushanbeda chop etildi. Shundan so‘ng nomzodlik, keyinroq doktorlik ishini himoya qildim. Har ikkisida ham Mahmudxo‘ja Behbudiy va “Oyina” jurnali asosiy suyanchim bo‘ldi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning butun Markaziy Osiyo va undan tashqarida muhim o‘rin tutgan, mintaqadagi xalqlar taraqqiyoti uchun jon kuydirgan jadidlarga e’tibori bir behbudiyshunos sifatida meni behad quvontirib, ilhomlantirib kelyapti. Ayniqsa, “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaror nafaqat O‘zbekiston tadqiqotchilari, balki mintaqa jadidshunoslari uchun ham yangi izlanishlar, kashfiyot va munozara uchun beqiyos imkoniyat eshiklarini ochdi.

Tojikistonda ham Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy va ijodiy merosi tadqiq etib kelinmoqda. Masalan, akademik Sohib Tabarov Mahmudxo‘ja Behbudiy va Abdulvohid Munzim merosini o‘rganib, ikki jildlik kitob yozgan. Taniqli olimlar Ibrohim Usmonov, Abduxoliq Nazariy va boshqa tadqiqotchilar ham Behbudiy, “Oyina” borasida ilmiy izlanishlar olib borishgan.

Behbudiy geografik va etnik chegaralarga sig‘maydigan genial shaxs edi. U asos solgan “Oyina” sahifalarida faqat Markaziy Osiyo ijodkorlarining emas, Ozarbayjon, Eron, Afg‘oniston, hatto Hindistonda yashayotgan kishilarning ham maqolalari bosilgan. Ular orasida tojik jurnalistlari va ma’rifatparvarlari ham bor edi. Ma’lumki, o‘sha davrlarda Samarqand va Xo‘jand o‘rtasidagi ma’rifiy aloqalar mustahkam bo‘lgan. Bejiz Xo‘janddagi dastlabki maktablardan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy nomi bilan atalmagan edi.

Bu munosabatlarning davomiyligida Behbudiy va Ayniyning do‘stligi ham ahamiyat kasb etgan. Ular orasida bor-yo‘g‘i uch yosh farq bo‘lsa ham, Ayniy Behbudiyni ustoz sanagan, g‘oyatda hurmat qilgan. Ko‘p ishlarni boshlashda undan maslahat olgan. Masalan, 1908-yili Buxoroda yangicha usuldagi maktab ochish uchun bir guruh ziyolilar Samarqandga, Behbudiy huzuriga borishgan. Ular orasida Sadriddin Ayniy, Abduvohid Munzim va Abusaid Hamdiy bo‘lgan. Behbudiy bu maktab uchun darsliklar tayyorlashda yordam ko‘rsatib, hatto xarita tuzib bergan. Behbudiyning umri bevaqt xazon etilmaganda, u ham Ayniy kabi uzoq umr kechirganda, bundan-da buyuk ishlarni amalga oshirgan bo‘lardi. Lekin…

Shu o‘rinda yana bir ma’lumot keltirib o‘tmoqchiman. “Padarkush” dramasi faqat Toshkent va Samarqandda emas, balki Xo‘jandda ham muvaffaqiyatli qo‘yilgan. Men bu haqda ma’lumot topganman – bu Xo‘jandda spektakl qo‘yilishi borasidagi afisha-e’lon.

Behbudiyga zamondosh ziyolilarning ehtiromiga yana bir misol shuki, o‘z davrida “Shu’layi inqilob” jurnalining bir soni to‘liq unga bag‘ishlanadi. Mazkur majallada Sadriddin Ayniy, Saidrizo Alizoda va boshqa jadidlarning Behbudiyga bag‘ishlangan maqolalari, Faxriddin Rojiyning she’ri o‘rin olgan. O‘rni kelganda, mazkur majalladagi Behbudiyning surati hozirda ko‘p nashrlarda bosilayotganini aytish joiz.

To‘g‘ri, sovet davrida Behbudiygagina emas, balki barcha jadidlarga nisbatan dushmanlik kayfiyati “qadimchi”larda ham, avval chor ma’muriyati, keyin bolsheviklar firqasi faollarida ham kuchli bo‘lgan. Nega? Chunki Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z davridan ancha yillarga o‘zib ketgan, kelajakni oldindan ko‘ra olgan ma’rifatparvar inson edi. Tabiiyki, bunday ilg‘or tafakkur egalariga hech qaysi zamonda yengil bo‘lmagan.

Ammo oltin zanglamaydi. Vaqt o‘tib, tarixiy adolat tiklandi. Jadidlar oqlandi, ularning faoliyatiga munosib baho berildi. Shuning uchun ham millat oydinlarining hayoti va ijodi faqat O‘zbekistonda emas, balki qo‘shni mamlakatlarda, olis xorijda ham muntazam o‘rganib borilmoqda. Bu tadqiqotlar yangi taraqqiyot yo‘liga chiqqan navqiron davlatlarimiz uchun bemisl “yo‘l xaritasi” vazifasini o‘taydi.

Biz esa Behbudiy timsolida yana bir karra ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, bag‘rikenglik va hamkorlikni tarannum etamiz.

O‘rinboy USMON yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-iyuldagi 28-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605