Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.12.2024 | 11:21

img332

INSOFLI YOSHLAR

Xayol chalg‘ib yo‘l chetida turgan bir mashinani turtib yubordim. Chiqib qarasam, egasi yo‘q ekan. Eshigiga raqamimni yozdim-da, yo‘limda davom etdim. Besh daqiqa o‘tar-o‘tmas telefonim jiringladi va ayol kishi: “Assalomu alaykum, mashinamni turtib ketibsiz, kelasizmi?” dedi. Hozir boraman, dedim va dilimda iliqlik paydo bo‘ldi. Chunki bunaqa payti mashinasi shikast yeganlar dag‘dag‘a qiladi va bunga haqqi bor. Bu ayol esa salom bilan boshladi gapni.

Yetib borganimda yoshgina juvon boyagi mashinani oldida turgan ekan. “Salondan bir oy bo‘ldi chiqqaniga”, dedi kulib, so‘ng eriga telefon qilib menga tutqazdi go‘shakni. Eri ham salom bilan, odob bilan gap boshladi. “Mashinani urgan joyingizni suratga olib telegramdan tashlab bering, ustalar bilan gaplashib, narxini aytaman”, dedi. “GAI chaqiramiz, unday qilaman, bunday qilaman”, demadi. Yap-yangi “Onex”ni turtgan ekanman. Rasmga olib tashlab berdim. Rosti, bunaqa ishkallarni eshitaverib, kamida uch million mo‘ljallab turuvdim. Yo‘q, unday bo‘lmadi. “Aka, siz ham bu ishni ataylab qilmadingiz, sizniyam bola-chaqangiz bor, og‘rinmang, usta bilan gaplashdim, rozi bo‘lib ayolimga 400 ming berib keting, bo‘ladi” dedi. Uning gapini eshitib, gapirolmay qoldim. Uning o‘rnida men bo‘lsam shunaqa dermidim, boshqa bo‘lganda-chi?

U aytgan pulni berib, rahmat aytdim va ketdim. Ertasi kuni o‘z mashinamning qirilgan joyini tuzatish uchun ko‘pchilikning tavsiyasi bilan bir ustaning oldiga bordim. Usta oltmishlardan oshgan kishi ekan. Mashinamni ko‘zdan kechirib bo‘lgach, “To‘rt kun tashlab ketasiz, uch yarim million bo‘ladi”, dedi. “Juma kuni dam olaman, bezovta qilmaysiz”, deb qo‘shimcha qildi yana.

Xo‘p, dedim va to‘g‘ri Farhod bozori yonidagi avtoustalar makoniga bordim. U yerda qirilgan, turtilgan moshinalarni tuzatadigan yigitni aytishdi. Fazliddin ekan ismi. U 25 yoshlar atrofidagi yigit ekan, mashinamni ko‘rgach: “Bir soatda oyday qilib beraman, 300 ming so‘m bo‘ladi”, dedi…

Men ikki kunda ro‘y bergan bu voqealardan juda ta’sirlandim.

Endi men so‘zda bor-u amalda yo‘q kattalarga emas, so‘zi, amali, insofi bor mana shunday yoshlarga ishonaman. Ular yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman. Insofdan ayrilmagan yoshlarga ta’zim qilaman. “Juma”ni pesh qilib, bez bo‘lib og‘ziga kelgan pulni so‘raydigan, insof-u iymonini yeganlardan O‘zi asrasin!

Maqsud JONIXONOV
Facebook

“Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596