Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.04.2025 | 15:43

img572

BIRLASHISH FURSATI

Xo‘jand shahrida uch davlat rahbarlarining uchrashuvi muhim voqelik bo‘ldi.

Markaziy Osiyo xalqlari dini, e’tiqodi va tili jihatdan bir-biriga eng yaqin hisoblanadiki, boshqa mintaqalarda bunchalik o‘xshashlik uchramaydi. Ba’zi vaqtlarda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz… bir bo‘lib qolsa, bir-biridan keskin farq yo‘qligini his qilasiz.

Aslida ham shunday.

Yillarki, davlatlar qolib, ko‘ngillar orasiga chegaralar tortildi. Lekin oddiy xalq baribir bir-birini – qon-qardoshini topib, muomala qilib yashayverdi.

Bir necha yillar Xitoyda ishladim. O‘zbek, qozoq, tojik, qirg‘iz darrov birlashib olardik. O‘rtada begonalik, dilxiralik bo‘lmasdi.

Tojikistonlik Sodiqjon degan hamkasbim bor edi. Uyg‘urlar bilan yaxshi muomala qilishimizni ko‘rib: “Baxtiyor aka, baribir tojiklar uyg‘urlarga qaraganda o‘zbeklarga yaqinroq”, deb qo‘yardi. “Shubha yo‘q, Sodiqjon”, derdim. Qarang, tojik do‘stimiz bizni rashk qilardi-da! U yerda tojik yigit-qizlar ko‘p edi, o‘rtamizda hech bir begonasirashni sezmaganmiz.

Xitoydagi qozoq bovurlar yig‘in qilishsa, bizni ham chaqirar, boshqalar qolib bizdan fikr so‘rardi.

Qirg‘izistondan yosh-yosh yigitlar magistraturada o‘qishga kelishgandi. Juda inoq edik. Bir kuni qarasam, bir qirg‘iz yigit kichkina o‘g‘limni velosipedga o‘tqizib olib, o‘zi ortidan yugurib o‘ynatib yuribdi.

Pokistonlik, hindistonlik tanishlar hayron qolardi “Shunaqa yaqinmisizlar?” deb. “Yaqinmiz!” derdim.

Xullas, birlashish fursati kelganini hamma tushunib turibdi. Bo‘linganni bo‘ri, ayrilganni ayiq yeydigan davrlar allaqachon kelganini ham anglayapmiz. Shunday ekan, birlashishimiz, uyushishimiz shart!

Baxtiyor ABDUGʻAFUR,
yozuvchi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-apreldagi 14-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img104

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331