Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 17:40

img445

BUGUN AQLIY O‘YINLAR ZAMONIMI?

Bir paytlar keksalardan: “Odamning yoshi ulg‘aygan sayin bolaligiga tez-tez qaytadigan bo‘lib qolarkan”, degan gapni eshitsam hayron bo‘lardim. Endi shu holatni o‘zim boshdan kechiryapman. Ayniqsa, nevaralarimning o‘zaro munosabatlari, mashg‘ulotlari-yu o‘ynayotgan o‘yinlarini ko‘rganimda shunday holatga tushaman. Bolaligim kechgan davr ko‘z oldimdan o‘ta boshlaydi.

Bugungi go‘daklarning nafaqat o‘yin va mashg‘ulotlari, o‘zaro gap-so‘zlari ham boshqacha. To‘g‘ri, davr o‘zgardi, fan-texnika kundan kun taraqqiy etmoqda. Lof emaski, har kun, har soatda, hatto daqiqa sayin bir moʻjiza yuz berib turibdi.

Shu kabi o‘zgarishlar jarayonini kuzata turib, bugungi bolalar hayoti bilan bizning bolaligimiz kechgan davr o‘rtasidagi tafovut ko‘z o‘ngimda yaqqolroq namoyon bo‘la boshlaydi. Ochig‘i, bizning bolalik paytimizda o‘yin­choqlarning turlari ham, do‘konlari ham bugungidek ko‘p emasdi. Hozir do‘konga kirsangiz, qo‘g‘irchog‘-u ovunchoqlarning xilma-xilligidan ko‘zingiz qamashadi. Bolaligimda bor-yo‘g‘i bir-ikkita qo‘g‘irchog‘im, sakratma arqonim, koptogim bo‘lardi. Lekin hech qachon zerikmaganmiz. Chunki mahallamiz bolalari bilan ommaviy o‘yinlarimiz bo‘lardi. Masalan, “bostirma” o‘ynardik: bolalar bittadan konfet qog‘ozini bir bo‘lak g‘isht ostiga bostirib, 3-4 metr masofada turib qo‘lidagi tosh bilan qandqog‘oz bostirilgan g‘ishtni nishonga olardi. Kim mo‘ljalni aniq olsa, qandqog‘oz shuniki bo‘lardi. “Bo‘yoqlar bahsi” o‘yinida bir bola sotuvchi, boshqasi xaridor bo‘lib, qolganlar turli rangdagi bo‘yoqlar bilan nomlanardi. Xaridor bo‘yoqni tanlagach, o‘sha bo‘yoq nomini olgan bola qochar, xaridor esa uni quvardi. Tutib olsagina “bola-bo‘yoq” xaridor tomonga o‘tardi. Shunga o‘xshash “Oq terakmi, ko‘k terak” o‘yinini ko‘pchilik eslaydi. Arqonda sak­rashni ayt­maysizmi?! Bir o‘zingiz sakrasangiz ham, guruh bo‘lib o‘ynasangiz ham hech jonga tegmasdi. To‘pni sakratib, bir-birimizga uzatib o‘ynash zavqi-chi? Boshqa joylarda qanday nomlanishini bilmadim-u, Toshkentda yassi toshni tepib o‘ynaladigan “sopalak” o‘yini bo‘lardi.

Asfaltga bo‘r bilan kataklar chizib, raqamlar bilan belgilab qo‘­yilardi. Keyin qo‘ldagi yassi toshni kataklarga otib, tosh tushgan katakka bir oyoqda sakrab borilardi. Bir oyoqni ko‘targan holda ikkinchi oyoq bilan toshni tepib, kataklar bo‘ylab yana orqaga qaytib kelinardi. “Beshtosh” qizlarning eng sevimli o‘yinlaridan edi: toshlarni qo‘l bilan sochib, ke­yin ularni chaqqon terib olish talab qilinardi. Yana shishaning qopqog‘iga loy to‘ldirardik va bo‘sh qopqoqlarni terib qo‘yib, navbati bilan uzoqdan mo‘ljallab urib, yutib olishga harakat qilardik. Uni “qopqoq o‘yini”, deb atardik. “Qarabtep” tepish o‘g‘il bolalarning o‘yini hisoblansa-da, ba’zi qizlar ham ulardan qolishmasdi. Bir parcha teriga qalay yoki qo‘rg‘oshin yopishtirilib, bir oyoqda, ba’zan tovonning yon tomoni bilan tepib o‘ynalardi. Bundan tashqari, faqat maktabda emas, mahallalarda ham futbol, voleybol o‘ynardik. Ayniqsa, o‘g‘il bolalar uchun futbol eng sevimli mashg‘ulot edi.

Bu o‘yinlarning barchasi yugurish, sakrash, tepish, qo‘l va barmoqlarni chaqqon harakatga keltirish, xullas, jismoniy mashqlarga asoslanardi. Har bir o‘yin abjirlikka, sezgirlikka o‘rgatar, bolalarning sog‘lom bo‘lishida katta ahamiyat kasb etardi. Yana ham ahamiyatlisi, o‘yinlar bolalarning boshini qovushtirar, jamoa bo‘lib harakat qilishga o‘rgatar, ahillikka odatlantirardi.

To‘g‘ri, bugunning bolalari ham zukko, aqlli, kompyuter, telefon, smartfon kabi vositalardan yaxshi xabardor. Nevaralarimning telefonni ipidan ignasigacha bilishini, kompyuter va boshqa texnik asbob-us­kunalardan bemalol foydalanishini ko‘rib havas qilaman. Lekin kun bo‘yi aksariyat o‘g‘il, qizlarning qo‘lidan telefon tushmasligini, farzand­larimiz, nevaralarimiz texnika “quli”ga aylanib qolayotganini ko‘rsam xavotirga tushaman.

Xo‘p, bugun farzandlarimiz zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta egallashyapti. Bu yaxshi. Biroq maktabda, hatto uyda ham aqliy mashg‘ulot bilan band bola qachon jismonan chiniqadi?! Ehtimol, ayrimlar farzandlarini sport to‘garaklarga berganlarini ro‘kach qilishlari mumkin. Lekin besh qo‘l barobar emas, farzandini to‘garakka berishga hammaning ham imkoniyati bo‘lavermaydi. Xullas, bolaning bolalarga xos o‘yinlari faqat uydagi aqliy mashg‘ulotlar, sport to‘garaklari bilan cheklanib qolmasligi kerak.

To‘g‘ri, bolaligimiz kechgan davr bilan bugunni qiyoslab bo‘lmaydi. Lekin hozir ham bolalarni chiniqtiradigan, hatto bizning bolalik davrimizdagidan ko‘ra mukammal, qiziqarli o‘yinlar bor. Sport anjomlari, bog‘cha yoshidan boshlab bolalarni chiniqtiradigan turli xil mashqlar to‘p­lamlari ko‘p.

Qirq yosh va undan oshgan kishilar ham, shubhasiz, jismoniy mashqlarga ehtiyoj sezadi. Bu borada kerakli tavsiyalar, qo‘llanmalar bor. Unda gap nimada? Asosiy masala jismoniy tarbiya borasidagi mavjud tavsiya va qo‘llanmalar amalga qanday tatbiq etilayotganida. Chunki bugun bog‘cha bolalaridan tortib, talabalargacha aqliy mehnat bilan band. Aksariyat bog‘chalarda bolalarga o‘yinchoq berib qo‘yiladi yoki qog‘oz-qalam berib surat chizdiriladi. Maktab va o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya soatlari bor, lekin mashg‘ulotlar har kuni o‘tkazilmaydi. Ishxonalarda ham hamma o‘z ishi bilan mashg‘ul, uy bekalari yumushlari va seriallardan ortishmaydi… Xullas, bugungi texnika taraqqiyoti davrida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga vaqt yetmaydi. Maktab o‘quvchilari qo‘shimcha mashg‘ulotlarga, repetitorga qatnaydi. Bu tashvishlar bolalarning nafaqat aqliy, balki jismoniy toliqishiga sabab bo‘ladi.

Xullas, inson har qanday yoshda ham jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi zarur, lekin buni qanday amalga oshirishni har kim o‘z imkoniyatidan kelib chiqib belgilashi lozim. Nazarimda, farzandlarimizning jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlarga ehtiyoji bor.

Gulchehra UMAROVA

“Jadid” gazetasi 2024-yil 22 -mart 13-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600