08.09.2026 | 15:00
1153
BUGUN BAYROQ KIMDA?
Bizda jadidlar asos solgan, yuz yillik tarixga ega san’atshunoslik fani bor. Bo‘lganda ham, uyg‘oq va tezkor san’atshunoslik. Masalan, nafaqat sahnaga qo‘yilgan spektakllarga, balki hali ijro qilinmagan pyesaga, hattoki san’atga oid voqea-hodisalarga ham munosabatlar bosilgan. Muhiddin Qoriyoqubovning qo‘shiqlari yoki Halima Nosirovaning sahnaga chiqishi yangi taqrizlar bilan kutib olingan.

Umumxalq bayramlari munosabati bilan o‘tkaziladigan maydon tomoshalari ham keng ko‘lamli mavzu. Oxirgi marta Bahodir Yo‘ldoshev rejissyorligida qo‘yilgan maydon tomoshalariga Shuhrat Rizayev taqriz yozgan edi, adashmasam. Lekin yangi avlod san’atshunoslari ichida maydon tomoshalariga professional fikr bildiradiganlar ko‘rinmayapti. Holbuki, maydon tomoshalari – qamrovi keng, katta san’at asaridir. Unda bir vaqtning o‘zida bir nechta san’at turlari sintez qilinadi. Shu jihatlari bilan uni ulkan estetik hodisa deyish mumkin. Xususan, poytaxtimizda o‘tadigan bosh bayram tantanalariga san’atshunoslar munosabati, professional taqrizning yo‘qligi, baribir, yaxshi emas. Faqat tarmoq faollarining tomoshabin sifatidagi taassurotlari mavjudligi ziyolilarni hushyor torttirishi kerak. Qolaversa, har bir ijodkor mehnatiga munosib baho olishni istaydi. Bu faqat rag‘bat, qalam haqi emas, balki mutaxassislarning maqolalarida ham o‘z aksini topadi. Balki bu yilgi Mustaqillik bayramining asosiy tantanasi bo‘yicha professionallar chuqur tahlilga kirishgandir. Ungacha baholi qudrat ko‘z oldimizda o‘tgan bayramni tahlil qilishga harakat qildik.
YANGI MANZIL – YANGI DAVR IFODASI
O‘tgan 35 yil ichida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan maydon tomoshalari lokatsiyasi bir necha bor o‘zgardi. Birinchi bor “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi maydonida, ma’lum vaqt Mustaqillik maydonida bo‘ldi. Keyin Milliy bog‘ga ko‘chdi. 2021-yildan bayram “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida nishonlana boshladi. Bu – Yangi O‘zbekistonni bunyod etish g‘oyasining ramziy ifodasini berdi. Joriy yilda shodiyonalar Yangi Toshkentda o‘tkazildi. Lokatsiyaning o‘zgarishi faqatgina tadbirni u yoqdan bu yoqqa olish emas, bu g‘oyaviy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy markaz o‘zgarayotgani belgisi, daraja ko‘tarilayotgani dalolatidir.
Tashkilotchilar faqat yangi bunyodkorlik samarasini xalqqa va jahonga ko‘z-ko‘z qilishni reja qilmagan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bayramda nutq so‘zlar ekan, jumladan, shunday dedi: “Bugun biz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turibmiz. Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik – biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi”. Demak, yangi lokatsiya yangi davr debochasiga guvoh va ushbu davr islohotlari kechadigan makon markazi o‘laroq tanlangan.
* * *
Yana bir e’tiborli jihati, tadbir ssenariysini tuzishda erkinlik va xalqchillik, zamonaviylik va retro taronalarga urg‘u berilgan. Avval odat bo‘lgan “bir artist faqat bir marta sahnaga chiqsin”, “faqat jiddiy qo‘shiqlardan repertuar tuzilsin” kabi qoliplar buzilgan. Yoshlar va ustozlar bir sahnani to‘ldirib turibdi. Ayniqsa, jahon opera san’ati ustalarining chiqishi bayram auditoriyasini jahon miqyosida kengaytirishga ham xizmat qilgan. Oxir-oqibat, tantanalar odamlarga quvonch bag‘ishlash uchun o‘tkazilmaydimi? Nazarimizda, bu yil ushbu vazifa har qachongidan-da a’lo uddalangan.
TO‘RT ASOS
Bir paytlar “Hurriyat” gazetasida “Bayroq – boyroqlarda” degan luqma chiqqan va bu istehzo 2000-yillar boshidagi jamiyatimiz manzarasiga baho sifatida jaranglaganday edi. Xo‘sh, bugun bayroq kimda? Yangi Toshkentda o‘tgan tantanali marosim mazmuniga qaralsa, bugun bayroq – xalqchil davlatda ekani anglashiladi. Prezident o‘sha 2016-yili aytganidek, davlat davlatchiligini qildi, mana endi, qat’iyat bilan o‘tkazilgan islohotlar o‘n yilligi natija berishni boshladi. O‘sdik, ravnaq topdik, kuchaydik.
Davlatchilik nima o‘zi? Prezident nutqi milliy davlatchiligimiz ijtimoiy tafakkurining shonli tarixi, hozirgi bosqichi va ertasi haqida muayyan tasavvur beradi: “Biz 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan o‘z davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik. Aslida, buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.
…Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda”.
Ushbu ezgu va yuksak g‘oya sahnada qanday ifoda topdi? Subyektiv kuzatuvda to‘rt asos e’tiborimni tortdi.
Birinchisi, bayroqlarimiz. O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva yozgan edi:
Yurt bayrog‘in
har joygamas,
Ko‘nglingga ek.
Ko‘ksingga o‘y!
Yaqingacha ham yurt bayrog‘i deganda, mustaqil O‘zbekistonning davlat ramzlaridan biri tushunilardi, xolos. Tarix haqida gap ketsa, Amir Temur tug‘i yodga olinardi. Biroq endi qarashlar tubdan o‘zgardi. Milliy o‘zlikni anglash davrida yurt bayrog‘i tushunchasi uch ming yillik davlatchilikka tegishli bayroqlarni o‘zida mujassam etdi. Tantanada baland ko‘tarilgan 16 ta bayroqning har biri shu xalqning iftixori, ajdodlar merosi va buyuk vorislik dalilidir.
Butun konsert davomida davlat bayrog‘i e’tibor markazidan tushmadi. Xalqimiz ham buni g‘urur va iftixor bilan qarshi oldi. Ko‘pincha: “Turkiya va Ozarbayjonda bayroqqa munosabat boshqacha. Bizda nega unday emas?” degan kuyunchak savollar quloqqa chalinardi. Bu masalada: “Mana, bizda ham bayroqqa ehtirom bor”, deb kampaniyabozlikni boshlab yuborish mumkin edi. Lekin milliy iftixor asta-sekin xalqning qalbiga kirib borishi, odamlarning o‘zi tashabbuskor bo‘lishi yo‘lida oqilona siyosat yuritildi.
Mana, bayroqni hazrat Kubroday ishonch bilan tutadigan xalq shakllandi. Ayniqsa, “Bayroqni kim ko‘taradi?” degan savol har bir vijdonli fuqaro yuragida aks sado berganiga, shaxsan, men ishonaman.
Ikkinchisi, Shayboniyxon endi o‘gay emas. Yana bir og‘riqli masalaga e’tibor berildi. Ya’ni, tarmoqlarda bahs mavzusi bo‘layotgan holatga uzil-kesil nuqta qo‘yildi. Shayboniylar davlati milliy davlatchiligimizning uzviy bo‘lagi sifatida namoyish etildi. Biz Shayboniylarning ham vorislarimiz. Ular o‘gay emas. Davlatdor va zotdor ajdodlarimizning ichki ziddiyatlarini o‘rta asrlardan bu kunlarga sudrab olib o‘tmaymiz. Tarixiy jarayon deb qaraymiz.
Uchinchisi, Boburiylar davlatining ham vorislari – biz. Asosiy bayramda boburiylar saltanati ham eslandi, tug‘lar hilpiradi. Shoh Zahiriddin Boburga rasmiy doiralarda shoir va olim sifatida o‘rin berilgan edi. Endi u podishohi turkiy bo‘lib, Yangi Toshkentning bosh rasmiy tantanasida ot surdi: maydon uzra boburiy tug‘ni ko‘rarkan, hayajonning zo‘ridan: “Aytgum, bu kun, u manim, manim”, deb yubordim.
To‘rtinchisi, o‘zbekcha raqs qaytdi. Xorazm “Lazgi”si jangovar to‘n kiydi, to‘g‘rirog‘i, asliga qaytdi. Biz Kavkaz xalqlarining jo‘shqin va shiddatli, erkakcha o‘yinlariga rom bo‘lib yurganimizda, baletmeysterlar o‘zlikka qaytarishni uddaladi. Bu kayfiyat, uslub trend darajasiga chiqishidan umidimiz bor.
Bu satrlar, albatta, bir tomoshabinning taassurotlari. Agar ushbu bayram haqida professional taqrizlar e’lon qilinsa, yana qancha timsol qatlari ochilib, ma’no javohirlari yuzaga chiqadi. Vaqt kutmaydi, biz esa kutamiz, aziz san’atshunoslar!
Otabek BAKIROV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 4-sentyabrdagi 36-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



