Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 07:36

img367

SHOH VA SHOIRGA YUKSAK EHTIROM

Andijonda o‘zbek mumtoz ada­biyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ish­langan adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yozuv­chilar uyushmasi viloyat bo‘li­mi hamkorligida tashkil etilgan tad­birda shoir va yozuvchilar, yurti­miz­dagi va xorijlik boburshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Bobur haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ulug‘ shoirga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

So‘ng viloyat teatrlari san’atkorlari tomonidan Bobur hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Keng sahnaga mahzun musiqa sadolari ostida salobatli, lekin yuz-ko‘zlarida g‘am-anduh namoyon Bobur Mirzo kirib keldi. U o‘z davrining nohaqlik, adolatsizlik, boshidan o‘tkazgan azob-uqubatlari haqida bitgan g‘azallaridan birini o‘qiy boshladi.

Charxning men ko‘rmagan javru jafosi qoldimu?!

Xasta ko‘nglum chekmagan dardu balosi qoldimu?!

Meni xor ettiyu qildi muddaiyni parvarish,

Daxri dunparvarning o‘zga muddaosi qoldimu?

Meni o‘lturdi jafoyu javr birla ul quyosh,

Emdi tirguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?

Oshiq o‘lg‘ach, ko‘rdum o‘lumni o‘zumg‘a, ey rafiq,

O‘zga ko‘nglumning bu olamda harosi qoldimu?!

Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,

Tengri uchun de, bu olamning safosi qoldimu?

Shundan so‘ng tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rin­bosari, shoir Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston Respublikasi mada­niyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan mam­lakatimizda keyingi yillarda xalqimizning boy madaniy merosi, ayniqsa, buyuk bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab allomalar tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyati, mada­niyatini yuksaltirishdagi o‘rni va roli nihoyatda muhim ekanligi ta’kidlandi.

– Zahiriddin Muhammad Boburning serqirra ijodi juda katta tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi­ning birinchi o‘rinbosari, shoir Minhojiddin Mirzo. – Ayniqsa, uning shoh sifatida amalga oshirgan bunyodkorlik, ilm-ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, shoir, ijodkor sifatida butun dunyoga ma’lum va mashhurligi har bir yurtdoshimiz qalbini faxr-iftixorga to‘ldiradi.

Ulug‘ bobomizning adabiyot, tarix, tilshunoslik, huquqshunoslik, musiqa va geografiyaga oid asarlari bizga tariximiz haqida juda ko‘p ma’lumotlar berish bilan birga, o‘sha davr yozma manbalarini o‘rganishimizda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Bobur nomli xalqaro jamoat fondi Qirg‘izis­ton bo‘limi rahbari, professor Begijon Ahmedov, boburshunos olim Hamidullo Boltaboyev Bobur hayoti va ijodi, o‘lmas asarlari, boburiylarning Hindiston, umuman, jahon taraqqiyotidagi o‘rni va roli, bugungi kunda Bobur ijodini o‘rganish, tadqiq etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi.

Adabiy tadbirda Andijondagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar, shuningdek, Andijon davlat universiteti talabalari, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan Boburning g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.

Tadbir yakunlangach, Andijon shahrining Navoiy, Amir Temur shoh ko‘chalari bo‘ylab yoshlarning “Bobur izdoshlarimiz” shiori ostida yurishi o‘tkazildi.

Adabiy tadbir kunning ikkinchi yarmida viloyat hokimligida “Zahiriddin Muhammad Bobur ilmiy-adabiy merosining uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda tutgan o‘rni” mavzusidagi ilmiy anjuman doirasida davom etdi.

Anjumanda Bobur ijodining o‘ziga xos qirralari, ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, tadqiq etish, bugungi avlodni tarbiyalash, tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni, roli va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag‘ishlangan bu kabi tadbirlar viloyatdagi mehnat jamoalarida, ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tdi.

Faxriddin UBAYDULLAYEV, O‘zA muxbiri.

2024-yil 16-fevral 8-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596