KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
Ruslan Nuriddinov Olimpiadadagi g‘alaba uchun berilgan pulni qayerga ishlatganini ma’lum qildi
Braziliyada o‘tkazilgan Olimpiada chempioni, bir necha bor og‘ir atletika bo‘yicha Jahon hamda Osiyo chempioni Ruslan Nuriddinov Olimpiada g‘olibligi uchun berilgan 200 ming AQSH dollarini qayerga ishlatgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda sportchi “Olamsport” nashriga bergan intervyuda to‘xtalib o‘tdi. “Har qanday sportchi “tunnelcha fikrlash sindromi”ga uchraydi. Biz sportchilar buyruq bo‘yicha ishlashga o‘rganib qolganmiz. Kimdir bizga yo‘nalish bersa, […]
18.07.2024 | 11:12
532
Toshkent-Andijon poyezdi Quvada ham to‘xtab o‘tadigan bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni Transport vazirligiga poytaxtdan Andijonga qatnaydigan poyezdlarning Farg‘on viloyati Quva hududida ham to‘xtab o‘tishini ta’minlash topshirig‘ini bergandi. Transport vazirligining xabar berishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida endi Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi “Quva” bekatida 2 daqiqa to‘xtaydi. 18-iyuldan boshlab 730/729-sonli poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
18.07.2024 | 09:37
256
Raqobat qo‘mitasi “Korzinka” tarmog‘ini aybdor deb topdi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘iga oid qo‘zg‘atilgan ishda uni aybdor deb topdi. 15-iyul kuni kompaniyaning “eng arzon narx” deb e’lon qilgan mahsulotlarining narxi boshqa supermarket va bozorlardagi narxlardan farq qilmasligi aniqlangach ochilgandi. Qo‘mita buni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deya ta’kidlagan. “Korzinka” “eng arzon narx” haqidagi reklamani qoidabuzarlik […]
17.07.2024 | 17:23
294
O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi ko‘tarildi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, dollar 1,91 so‘mga ko‘tarilib, 12 587,94 so‘m bo‘ldi. Yevro 59,98 so‘mga oshib, 13 776,24 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,80 so‘mga pastlab, 143,19 so‘mni tashkil etdi. Bundan avval dollar kursi yetti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket uch kun pastlab, 12 586,03 so‘m bo‘lgandi. Yevro […]
17.07.2024 | 16:47
305
Toshkentda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi ochiladi
18-iyul kuni Tashkent City Mall savdo markazida jadidlarning ta’lim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bag‘ishlangan “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli multimedia ko‘rgazmasi ish boshlaydi. Ko‘rgazmada Germaniyaga o‘qishga yuborilgan turkistonlik talabalarning tarixi ochib berilgan. Maxsus “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi uchun savdo markazidan 1400 kvadrat metrdan ortiq maydon ajratildi. Namoyishdan tarix fanlari nomzodi Bahrom Irzayev tomonidan to‘plangan arxiv materiallari […]
17.07.2024 | 15:02
647
Oʻzbekiston toshqindan jabr koʻrgan Qirgʻizistonga 203 tonna insonparvarlik yordami yubordi
Oʻsh shahridagi “Dostuk” chegara nazorat oʻtish punktida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, mamlakat bosh konsuli Zafarbek Axmedov va Qirgʻiziston rasmiylari insonparvarlik yordamini topshirdi. Yordam tarkibidan xoʻjalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar oʻrin olgan. Oʻsh viloyatida kuchli yomgʻir yogʻishi sababli sel-suv toshqinlari yuzaga kelgandi. Sel-suv toshqini oqibatida Qora-Suv tumanining Qirgʻiz-Chek, Asan-Chek, Doʻstlik hamda Torgoy-Bulak […]
17.07.2024 | 15:01
224
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga keladi
Sadir Japarov 18-19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Foto: Prezident matbuot xizmati Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18-19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Qirg‘iziston rahbari prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Tomonlar “o‘zaro manfaatli barcha sohalarda” hamkorlik masalalarini muhokama qiladi. Ikki davlat rahbarlari Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi […]
17.07.2024 | 13:30
300
Yevroittifoq davlatlari Afg‘onistonda elchixonalarini ochishi mumkin
Yevropa Ittifoqiga a’zo bir nechta davlatlar Afg‘onistonda 2021-yilda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin yopilgan elchixonalarini qayta ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bryussel rasmiylari taraqqiyot loyihalarini amalga oshirish va ayollar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, strategik mavjudlikni o‘rnatish uchun Afg‘onistonda jismonan hozir bo‘lish zarurligini tan ola boshlagan. Elchixona ochishga qiziqish bildirgan davlatlar qatorida Bloomberg nashri Italiyani ham tilga […]
17.07.2024 | 12:28
272
Qurilish vaziri Botir Zokirov lavozimidan ozod etildi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘lig‘idagi muammo sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi, uning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov esa Qurilish vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Zokirov 2019-yil sentabridan buyon qurilish vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi rahbari vazifasini uning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov bajaruvchi bo‘lib, u […]
17.07.2024 | 12:09
343
Prezident 10 ta tuman va shahar hokimlarini ishdan oldi
Iqtisodiy oʻsishga bagʻishlangan yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻrish haqida gapirdi. Shuningdek, Qoraoʻzak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, Gʻozgʻon shahri hokimlarini ishdan olish boʻyicha bosh vazir Abdulla Aripovning taklifi qoʻllab-quvvatlandi. Davlat rahbari, shu bilan birga, yutuqlar haqida ham gapirib oʻtdi. […]
17.07.2024 | 11:22
294
Shavkat Mirziyoyev: 2024-yilning birinchi yarmida YIM 6,4 foizga ko‘paydi
Prezident raisligida iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi – 3,8 foizga o‘sdi. Budjet daromadlari ham 113 trillion […]
17.07.2024 | 10:51
333
Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
O‘zbekistonda atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li (1824−1878) tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Xivadagi Sherg‘ozixon va Qutlimurod inoq madrasalarida tahsil olgan “bu ulug‘ siymo nafaqat mamlakatda, balki butun mintaqada xalqchil shoir, yetuk muallim va ustoz, mohir xattot sifatida shuhrat qozongani ayniqsa e’tiborga molikdir. Uning go‘zal asarlari turkman, qozoq, qirg‘iz […]
17.07.2024 | 10:01
560
“Eng arzon narx” dasturida hech qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymadik deb hisoblaymiz — “Korzinka”
Korzinka supermarketlar tarmog‘i Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining “eng arzon narx” iborasi qo‘llangan reklama bilan bog‘liq da’volariga javoban bayonot bilan chiqdi. Avvalroq “Korzinka” tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atilgani haqida yozgandik. 16-iyul kuni Korzinka tarmog‘i bosh direktori Rud Pedersen qo‘mita rahbariyati bilan uchrashib, may oyida boshlangan “Kundalik xaridlar uchun eng arzon narxlar” dasturi haqida […]
16.07.2024 | 18:20
367
Toshkent viloyatining togʻli hududlariga 160 ta avtobus qatnaydi
Toshkent viloyatida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanayotgan 19 ta korxonaga “Toshshahartransxizmat” AJdan olib kelingan kichik sigʻimli “ISUZU” rusumli 160 dona avtobuslar berilgan. Hozirda ushbu avtobuslardan 105 tasini yoʻnalishlarga joylashtirish natijasida jamoat transporti bilan qamrab olinmagan 25 ta yoʻnalishda 110 ta aholi yashash punktida avtobuslar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
16.07.2024 | 17:53
449
Skuter, moped va velosipeddagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanadi
O‘zbekistonda kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped) boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Mazkur qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped) boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, foto […]
16.07.2024 | 15:53
336
Tadbirkorlar jamoat joylari va ijtimoiy obyektlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etadi
Sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil etiladigan joylarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi. Foto: Kun.uz “Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan jamoat joylari, ijtimoiy obyektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi. Prezidentning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2024 […]
16.07.2024 | 13:52
249
Yettita viloyatda sel xavfi e’lon qilindi
17−22-iyul kunlari yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori […]
16.07.2024 | 13:45
293
Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy etdi
15-iyuldan Tailand hukumati 93 davlat, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Mamlakat Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, muqaddam Tailandga fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 57 ta edi. Ro‘yxatga yangi kiritilgan 36 ta davlat qatorida Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston ham bor. Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga […]
16.07.2024 | 13:01
408
O‘zbekistonda BYD Seagull va E2 elektromobillari ishlab chiqariladi
BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlar bilan O‘zbekistonda yangi BYD avtomobil modellarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. 27-iyundan boshlab zavodda BYD Chazor va Song Plus avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Prezidentga 10-iyuldagi taqdimotda O‘zbekiston BYD bilan B, C va budjet avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishib olgani aytilgandi. Gap BYD Seagull va E2 haqida bormoqda, ularning birinchi namunalari allaqachon […]
16.07.2024 | 11:15
296
“Huquqshunoslik fanlaridagi testlarda o‘quv dasturidan chetga chiqilmagan” — Bilimni baholash agentligi
Bilim va malakalarni baholash agentligi OTMga kirish uchun huquqshunoslik fanlaridan test topshirgan abituriyentlarga kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar tushayotgani toʻgʻrisidagi eʼtirozlar yuzasidan bayonot berdi. Bir kun avval huquqshunos-bloger Xushnudbek Xuyodberdiyev testlarda huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar darsliklarda mavjud bo‘lmagan maʼlumotlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyat qilgani haqida yozgandi. Agentlik test sinovlarida foydalanilgan savollar prezident qarorida belgilangan vazifalardan […]
16.07.2024 | 11:11
385
Bankomatlar orqali 90 trln so‘m miqdoridagi mablag‘lar naqdlashtirilgan
Markaziy bank taqdim etgan sharhda ko‘ra, 2024 yilning birinchi yarim yilligida bank kartalariga 468 trln co‘m mablag‘lar kirim qilingan bo‘lib, bu 2023 yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshgan. Shuningdek, ushbu davrda bank kartalaridagi 107 trln so‘m pul mablag‘lari naqdlashtirib olingan. Naqdlashtirilgan mablag‘larning 90 trln so‘mi bankomatlar orqali yechib olingan. Bank kartalarga kelib tushgan […]
16.07.2024 | 10:31
292