Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.12.2024 | 11:58

img554

“CHANG VA G‘UBOR BO‘LMASA…”

Nabotot dunyosining inson hayotidagi ahamiyati qanchalik muhimligi barchamizga yaxshi ayon. Ko‘kka bo‘y cho‘zib turgan salobatli dov-daraxtlar, ko‘kalamzor joylar ko‘zni yashnatishi bilan birga, havo musaffoligini ham ta’minlaydi. Yashayotgan makonni yashillikka burkash, bog‘-u bo‘stonlar barpo etish inson hayotiga mazmun bag‘ishlaydi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishlariga milliy yechim sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda, desak yanglishmaymiz.

Sayyora qizib boryapti, 2024-yilda iqlim bo‘yicha antirekord yangilanadi. Iqlim o‘zgarishi insoniyatni halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, birgina issiqdan har yili yarim million kishi halok bo‘ladi, jahon iqtisodiyoti esa trillionlab zarar ko‘radi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi BMT Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha Parij bitimi doirasida 2030-yilgacha uzoq muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora va harakatlarni kuchaytirish borasida olgan xalqaro majburiyatning amaliy yechimidir.

Darhaqiqat, bugungi global iqlim o‘zgarishlari sharoitida azaliy an’ana va qadriyatlarimiz asosida yashillikni ko‘paytirish, daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqaligina kelajak avlodga musaffo tabiatni yetkazishimiz mumkin.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko‘chatlarini, qalamchalarini ekish va respublikada 444 ta yashil bog‘lar barpo etish belgilanganligi bejiz emas. Zero, yashil olam – musaffo tabiat demakdir. Tabiiy drenaj vazifasini o‘taydigan ko‘p yillik daraxtlarning ekilishi hududdagi mikroiqlimni yumshatadi. Ayniqsa, shaharlarda va avtomobil yo‘llari chetida yashil hududlarni kengaytirish atmosferaga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytiradi. Borliqni yashillikka burkash aholi salomatligini saqlashning asosiy omillaridan biridir. Shuningdek, u global iqlim o‘zgarishlarining oldini olishdagi milliy yechim hisoblanishi bilan ahamiyatlidir.

Sirasini aytganda, so‘nggi yillarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar keng quloch yoydi. Chunki katta yo‘llar bo‘yiga o‘n qatordan daraxt ekish tashabbusi jiddiy hayotiy ahamiyatga ega. Kelajakda bu daraxtlar shovqinni yutish barobarida, mashinalardan chiqayotgan zaharli gazlarni ham tozalab beradi. Daraxtning shu kabi xususiyatlari, uning tabiatdagi o‘rni qanchalik muhim ekanini tushungan odam ushbu loyihaning ahamiyatini yurak-yurakdan his qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotiga ko‘ra, so‘nggi 30 yil mobaynida yer yuzasining 77,6 foizi quruqlashgan.  Yer va suvdan oqilona foydalanmaslik muammoni yanada og‘irlashtiradi. Buning oqibatida, qariyb 3 milliard aholi va jahonda oziq-ovqat ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pi suv tizimlariga tushayotgan mislsiz yuklamadan aziyat chekmoqda.

Shunday ekan, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga sodiqlik timsoli sifatida mamlakatimiz hududini bog‘-u bo‘stonga aylantirishga yo‘naltirilgan “Yangi makon” loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlarida faol ishtirok etish orqali Yangi O‘zbekistonning “yashil” taraqqiyoti uchun hissa qo‘shish barchamizning fuqarolik burchimizdir. Ushbu umummilliy tashabbus shaharlarimiz, mahallalarimizga fayz bag‘ishlash bilan birga, yurtimiz iqlimini moʻtadil saqlashga, pirovardida tabiatni asrash, aholi salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Buyuk bobomiz Ibn Sino bir paytlar “Agar chang va achchiq g‘ubor bo‘lmasa, inson ming yil yashaydi”, deb lutf etgan edi. Bu umrzoq tolega faqat va faqat tabiatni ko‘kalam, o‘z tabiatimizni ko‘rkam qilish bilangina erishiladi.

Xayrullo GʻAFFOROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi

“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-dekabrdagi 51-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img80

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img596

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img594