25.07.2024 | 16:52
1180
“CHIN SEVISH”
Fitratning adabiy faoliyatini sharaflagan, pyesalarini qadrlagan shaxslar 20-yillar adabiy jarayonida oz emas edi. O‘z davrida o‘zbek dramalari va teatrining ahvoli haqida Vadud Mahmud maxsus maqolalar yozdi. “Chin sevish” shulardan biri. Muallifning fikricha, teatrda madaniy hordiq chiqarish uchun shart-sharoit qoniqarli darajada emas, kelgan kishi undan kayfiyati tushkun bo‘lib chiqib ketadi. Bunga “Chin sevish” aybdormi? Yo‘q! Uni kuchsiz pyesa deb bo‘ladimi? Yo‘q! Unday bo‘lsa gap nimada? Sababi ne? Hamma gap – tizginni o‘z qo‘llarida tutib qolgan kelgindi boshqaruvchilarning mahalliy xalq madaniy turmushiga ola qarashida, hukumat tomonidan zarur miqdordagi mablag‘ va asbob-uskunalar bilan yaxshi ta’minlanmagan teatrning tang ahvoldaligida. Vadud Mahmud asarning obro‘si tushib ketishini sira-sira xohlamaydi, teatrdagi sahnalashtirish bilan bog‘liq o‘sha nuqsonlarning tuzalib ketishini esa dil-dildan istaydi.
Vadud Mahmudning “Chin sevish”ga bag‘ishlab yozilgan maqolasi “Qizil bayroq” gazetasining 1921-yil 22-sentyabr sonida bosilgan edi.
TAHRIRIYAT

O‘zbek sahnalarida shu kungacha o‘ynalib kelgan pyesalarning eng kuchlisi, eng buyugi o‘tkur yozuvchimiz Fitratning hind turmushidan olib yozgan “Chin sevish” pyesasi ekanligini hamma iqror etsa kerak. Sahnamizda bir necha martaba borliq ko‘rsatgan bu besh pardali pyesa 17-sentyabrda yozliq “Turon” sahnasida o‘zbek davlat truppasi tomonidan yana o‘ynaldi.
Boshlang‘on ishning kundan-kun tuzalib, yaxshilanib borishi qonun kabi bo‘lsa-da, bizning hamma ishlarimiz kundan kun buzilib, yomon yo‘lg‘a kirib boradir. Shu kabi teatru ishlarimizning ham ancha ortga chekinganligini bu kun o‘ynalg‘on “Chin sevish”dagi hollar ochiq ko‘rsatadir.
Burun soat yettida ochiladir, deyilgan parda sakkizda ochilsa, hozir soat sakkiz-o‘n bo‘lmasdan ochilmayturg‘on; parda oralari esa, yana uzayg‘on. Demak bunda ham keyinga qarab taraqqiy etgan. Hozirgi teatrularg‘a bormoqchi bo‘lg‘onlarg‘a ko‘rpa-yostiqlarini-da ko‘tarib borish kerak bo‘lib qolgan. Chunki tongga yaqin chirog‘lar o‘chib qolg‘onda, bitaturg‘on o‘yinning parda oralarida uxlab olinsa bo‘ladir; quruq o‘runduqlarda parda ochilishini kutub, uxlovchilarning tanlari qiynalmaydir.
Bu kabi hollar shu kunlarda o‘ynalib turg‘on teatrularimizning har birida bo‘lib turadir. Pyesalarning so‘ng pardalari, tangri yorlaqab, o‘ynalib qolsa, yuzga yetar-yetmas kishi qoladir.
Hollar bunday yomon bo‘lg‘och, “qilay desa ishi yo‘q, yotay desa kasali yo‘q” kishilardan boshqa kim teatrug‘a kelsun?
Endi 17-sentyabrda o‘ynalg‘on “Chin sevish” pyesasiga kelaylik:
Tomoshachi o‘rtacha edi. Ovrupoliklarning teatrusida o‘ynalib bitaturg‘on choqda, parda ochildi. Kutishdan usag‘on xalq tinchlandi. Bukun mas’uliyatli ro‘llarni ado etuvchilarning ko‘pi ilgari ham shu ro‘llarda o‘ynag‘on artistlar bo‘lsa-da, ilgarigi o‘ynashlaridan yaxshi o‘ynay olmadilar…
So‘nggi parda o‘ynalib turg‘onda, chirog‘ o‘chib qoldi. Chunki vaqt kech bo‘lib qolg‘on edi. Suflyor chaqmoq (zajigalka) tutib so‘z bera boshlab davom etmakchi bo‘ldilar. Sahnadan zal yorug‘ bo‘ldi. Artistlarning aftlari, harakatlari sira ko‘runmas edi. “Chirog‘ topib o‘ynalsun” degan tovush xalq orasida ko‘tarilgandan keyin pardani tushurdilar. Shu vaqtda chirog‘ topuv mumkin emasligi belgili edi. Ilg‘ori chirog‘ tayyorlab qo‘yilmaganligini ham chirog‘ topa olmag‘onligini bildirib afv so‘radilar. Bunday quruq afvdan nima foyda?
“Teatru o‘ynamoqchi bo‘lg‘onlar hamma narsani tayyor qilg‘ondan so‘ng o‘ynasunlar, xalq bilan o‘ynashmasunlar” degan tovushlar yuksalib, xalq so‘ka-so‘ka tarqalishdilar…
Shuning uchun bunday oliy pyesalarni buzib o‘ynashdan saqlanuv kerak.
Bu asarlar to‘g‘risida kelgusida ko‘b narsalar yozilib, yuqori o‘run beriluviga ishonaman.
Vadud MAHMUD
B.NURMUHAMMAD nashrga tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



