29.01.2026 | 16:19
3372
“DARIG‘O, SARMOYA YO‘Q…”
1883–1964-yillarda yashagan toshkentlik jadid Mo‘minjon Muhammadjonov taqdir taqozosiga ko‘ra kechroq – o‘ttiz yoshlar atrofida uylangan va buning eng katta sababini dasti qisqalik – kambag‘alchilikda deya bilgan. U yosh yigitlarning kechikib uylanishi yoki umuman uylanmay o‘tishini to‘ylarga sarflanadigan ortiqcha xarajatga bog‘lagan.

Toshkentdagi turli marosimlar qancha mablag‘ talab qilishini o‘z kundaliklarida yozib borgan va 1926-yilda bu qaydlarini “Turmush urunishlari” (Bir mullabachchaning xotira daftari) nomi bilan kitob holida nashr ettirgan.

Ma’lumki, jadidlar dabdabali ma’rakalarga qarshi kurashganlar. Adib Abdulla Qodiriy bu mavzuda “To‘ylarimiz” sarlavhali satirik g‘azal yozgan. “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlaridan ham ortiqcha to‘y xarajatlari borasida muhim xulosalar chiqarish mumkin. Masalan, Otabekning Marg‘ilondan uylanishini olaylik. Qodiriy o‘z romanida to‘y ancha bechiqim o‘tganini pisanda qilgan. “Mehrobdan chayon”da Anvarning uylanishida ham kamchiqimlik seziladi.
Mo‘minjon Muhammadjonovning “Turmush urunushlari” asari “O‘tkan kunlar”dagi beva bo‘zchining xotini o‘lganidan keyin boshqa uylanmagani, “Mehrobdan chayon” romanidagi qorovulning so‘qqabosh o‘tib ketayotganini bir qadar izohlaydi.
Akademik shoir Gʻafur Gʻulom bir she’rida dasti qisqa oshiqlarni “devorning teshigidan yaxshi ko‘rganining hovliga chiqishini poylagancha kiprigiga o‘rgimchak in qurganlar ham bor”, deya ta’riflagan.
Oshiq bor, ma’shuqa bor, darig‘o, sarmoya yo‘q…
Olloyor BEGALIYEV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 23-yanvardagi 4-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
114
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



