Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.11.2024 | 15:57

img2475

DRAMA

Drama adabiy janrlardan biri hisoblanadi. Dramatik asar dialoglar shaklida qurilib, sahnada namoyish etish uchun mo‘ljallanadi. «Drama» atamasi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan. Yunonlar teatr namoyishlari va boshqa ko‘ngilochar tomoshalarni shunday atashgan.

Teatr san’atining o‘zi miloddan avvalgi V asrda Qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, u diniy e’tiqodlardan kelib chiqqan. Qadimgi yunonlarda Dionis eng ulug‘lanadigan xudolardan biri bo‘lib, u bilan bog‘liq bayramlar doimo karnavallar bilan nishonlanardi. Ana shunday ko‘ngilochar tadbirlar teatrga asos soldi va qadimgi yozuvchilar sahna uchun mo‘ljallangan pyesalar yozishni boshladi. O‘sha davrda dramaning faqat ikki janri mavjud edi: komediya va tragediya. Ilk dramaturglardan biri Esxil bo‘lib, u «Zanjirband Prometey», «Oresteya», «Fivaga qarshi yettilik» kabi mashhur tragediyalarni yaratgan.

O‘rta asrlarda drama o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. Adabiyotning bu turi rivojlanishda davom etib, unda ko‘plab yangi janrlar paydo bo‘ldi: adabiy drama, misteriya (diniy mavzudagi drama), moralite (odob-axloqqa oid drama), Commedia dell’arte (niqoblar kiygan aktyorlar ishtirokidagi drama). Bularning barchasi din bilan bog‘liq bo‘lib, xristianlik qadriyatlarini targ‘ib qilardi.

XV asrga kelib, Uyg‘onish davrida teatrlarda yana qadimgi mualliflarning asarlari sahnalashtirildi va vaqt o‘tishi bilan teatr san’ati, keyinchalik esa drama ham dunyoviy tusga kirdi.

XX asr boshlarigacha о‘zbek xalq dramaturgiyasida asrlar qa’riga kirib boruvchi uzoq о‘tmishda og‘zaki pyesalar shaklida hukm surdi.

“Padarkush” spektaklidan lavha

Madaniyatimiz tarixi bilan rivojlanib kelgan bu san’at turi sinkritik aralash mohiyatga molik xalq teatri bilan bir butunlikda, ayniqsa qiziqchilik va qо‘g‘irchoq teatrlari hamda turli ommaviy sayl-tomoshalar bag‘rida yashadi. XIX asr oxirlarida Turkistonda teatr truppalarining paydo bо‘lib, Toshkentda birinchi teatr tashkil etildi. Yangi teatrga qiziqish uni mahalliy xalq orasida targ‘ib etish bilan qо‘shildi. Iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi о‘zgarishlar ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan maydonga chiqqan jadidchilar nuqtai nazaridagi yozuvchilar tomonidan yevropacha dramatik asarlarning paydo bо‘lishiga olib keldi. Mahmudxо‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi mazkur yo‘nalishdagi birinchi asarlardan hisoblanadi.

“Baxtsiz kuyov” spektaklidan lavha

Shu bilan birga Hamzaning “Zaharli hayot”, “Ilm hidoyati” asarlari yozma dramaturgiya namunalari sifatida etirof etildi. Nusratilla Qudratillaning “Tо‘y”, Badriyning “Juvonmarg”, “Axmoq”, Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” pyesalari Yevropa tipida tashkil etilgan professional о‘zbek teatrining shakllanishiga xizmat qildi. Hoji Mо‘yin Shukrulloning “Mazluma xotin”, “Eski maktab yoki yangi maktab”, “Kо‘knori”, “Juvonbozlik qurboni”, “Isloh va maktab haqida kengash majlisi” asarlari ham drama janrini boyitibgina qolmay, teatr repertuari va tomoshabinlar ehtiyoji uchun xizmat qildi.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596