16.04.2025 | 17:12
880
“YUR” VA “YURT” SO‘ZLARI HAQIDA
“Qari qarg‘a” degan she’rimda “Hamon yurt oralab yurar bir maqol” degan satrni yozayotganimda yurt va yur so‘zlaridagi uyg‘unlikni sezib qoldim.

Gap shundaki, qadimgi tilimizda fe’ldan ot yasovchi “-t” qo‘shimchasi bo‘lgan. “Qadimgi turkiy til” kitobida “ayir” ma’nosidagi adir so‘ziga –t qo‘shilib, adirt (farq) so‘zi yasalganligi haqida aytilgan. Hozirgi ajrat so‘zi shundan kelib chiqqan. Menimcha, chiqit so‘zi ham shunga yaqin. Shundan kelib chiqib, yurt so‘zini yur fe’lidan paydo bo‘lgan desa bo‘ladi. Qolaversa, “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da ham yurt so‘zi yur fe’lidan kelib chiqqan degan fikr bor. To‘g‘risi, men bu ma’lumotga yuqorida aytib o‘tgan mulohazalarimdan keyin duch keldim. Darhaqiqat, yurt har kimning yuradigan-turadigan joyidir.
Mahmud Koshg‘ariy yurt (jurt) so‘zi baland joylarda saqlanib qolgan bino qoldiqlari, devor tagi, qo‘rg‘on alomati hamda idish og‘zi ma’nosini anglatishi haqida aytgan. Koshg‘ariyda mavzumizga oid yana bir ma’lumot bor, unga ko‘ra, o‘g‘uzchada har narsaning atrofi ma’nosi jura (yura) so‘zi bilan ifodalangan. Ko‘p yillar avval menga yur fe’li yer so‘zidan paydo bo‘lgan bo‘lsa kerak, chunki yurganda yerda yuriladi-ku, degan o‘y kelgandi. Lekin ko‘plab manbalar mening bu farazimni rad etdilar.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-apreldagi 14-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



