Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.09.2025 | 15:50

img2669

ENDI USTOZ QADRI HAM AVVALGILARGA O‘XSHAMAS

– Faxriy unvon nafaqat mening, balki Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi, shogirdlar, ularning ota-onalari va hamkasblarimning umumiy yutug‘idir.

Inson bir yoshga ulg‘aysa yoki hayotida muhim voqea sodir bo‘lsa, beixtiyor ortda qolgan umriga bir nazar tashlaydi. Prezidentimiz qo‘lidan mukofotni olar ekanman, men ham o‘zimning, umuman, o‘qituvchilarning o‘tgan kunlariga nazar tashladim. 53 yildan buyon ta’lim sohasida mehnat qilyapman. Ko‘rgan-kechirganlarimdan kelib chiqib, ba’zi mulohazalarni aytishga ozmi-ko‘pmi ma’naviy haqqim bor, deb o‘ylayman.

Bilasiz, harbiylar 14-yanvar kuni ham o‘z postida sobit turadi. Ularning ishni yig‘ishtirib qo‘yib, bayramni nishonlashini tasavvur qilolmaymiz. 1-oktyabr esa taqvimda qizil bilan belgilangan. Shunga qaramay, yaqin-yaqingacha bu kunni oila bag‘rida, hamkasblar bilan bayramona davrada emas, paxta paykallari boshida qarshi olardik. O‘zimiz bo‘lsak ham bir navi edi, atrofimizda o‘quvchilar ham kattalarga bo‘ylashib paxta terardi. Ayrimlar “ixtiyoriy hashar” davriga romantik kayfiyat berishga harakat qilardi.

Lekin o‘z ishing qolib, mutlaqo boshqa ish bilan “ixtiyoriy-majburiy” shug‘ullanishda qandaydir romantika bo‘lishi fantastika emasmi? So‘z ustasi Avaz Oxunning “Sinf jurnali tabelchining qo‘lida turardi”, degan hazili tagida zil tarix borligi hech kimga sir emas.

Ming shukur, bugun zamon o‘zgardi, odamlarning dunyoqarashi o‘zgardi. Prezidentimiz tomonidan ustoz va murabbiylar mehnati yuksak qadrlanib, ta’limning barcha bosqichlari birday rivojlanish yo‘liga chiqdi. Maoshlarning ko‘tarilgani, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlangani bir bo‘ldi, jamiyatda o‘qituvchining obro‘-e’tibori ko‘tarilgani bir bo‘ldi. Bugun “o‘qituvchiman” degan so‘zni yelka qismay, ko‘krak kerib aytadigan bo‘ldik. Men faoliyatimni oddiy tarbiyachilikdan boshlaganman. Yillar davomida qilgan mehnatlarim 2016-yilda ilk bor davlat darajasida e’tirof etilib, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan edim.

Ixtisoslashtirilgan maktabimiz o‘quvchilari respublika va xalqaro fan olimpiadalari, kitobxonlik tanlovlari, sport bellashuvlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Yutuqlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Bugun ustoz va murabbiylarga berilgan imtiyoz va imkoniyatlar bu boradagi ishlarga qanot bag‘ishlamoqda. Ustoz sifatida shundan xursandmanki, bizning mehnatimiz nafaqat qadrlanmoqda, balki yoshlarimizning har bir yutug‘i jamiyat taraqqiyoti bilan uyg‘un baholanmoqda.

Bugun yuzlab, minglab shogirdlarim turli sohalarda mehnat qilib kelyapti. Ular orasida shifokor ham, muhandis, olima, davlat xizmatchisi ham bor. Shogirdlarim har gal “Ustoz, sizdan o‘rgandik”, deb minnatdorlik bildirsa, umrim zoye ketmaganiga xursand bo‘laman. Hayotimni ta’limga bag‘ishlab, shogirdlarimning muhabbati va mehrini topganimdan baxtiyorman.

Bugun yuksak ehtirom va e’zozdaman. Buning uchun muhtaram Prezidentimizga, xalqimizga cheksiz minnatdorlik bildiraman.

Hamidjon RAHIMOV,
O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 38-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324